• PEDAGOGIKA 2017, 6-son 67
  • Усова А. В., Бобров А. А




    Download 2,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet65/136
    Sana31.01.2024
    Hajmi2,8 Mb.
    #149178
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   136
    Bog'liq
    4979 197 2017. 6-son

    1
    Усова А. В., Бобров А. А. Формирование учебных умений и навыков учащихся на уроках 
    физики. – Москва: Просвещение. 1988. 

    С. 40. 


    PEDAGOGIKA 
    2017, 6-son
     
     
    67 
    talaba uy sharoitida ikkita chо‘g‘lanma lampalarni ularning о‘zidagi yozuvlariga 
    qarab (230 V, 60 W va 230 V, 100 W) qaysi biri kо‘proq yorug‘lik va issiqlik 
    berishini ajrata oladi. Bu lampadagi belgilashlarni о‘qish va undan foydalanish 
    kabi tor kо‘nikmalar shakllanganligini bildiradi. Agar lampadagi belgilashlar 
    orasidagi aloqalar asosida lampaning nominal qarshiligini (sovuq holatdagi 
    qarshiligi) ma’lum vaqt ichida qancha energiya sarf qilishini aniqlay olsa, 
    talabada keng va murakkab kо‘nikmalar shakllangan bо‘ladi. 
    Laboratoriya sharoitida, masalan, talaba jilgichli reostat bilan ishlashda 
    reostatdagi 0,5A, 100 Om yozuvni kо‘rib, uning qanday elektr zanjirida 
    ishlatilishini bilsa va reostatlar orasidagi farqlarni ajrata olsa, tor kо‘nikmalarni 
    о‘zlashtirgan bо‘ladi. Agar reostatdan qanday maqsadlarda foydalanish 
    mumkinligi, bunday vaqtda reostatni zanjirga qanday ulash kerakligini bilsa, 
    talabada keng va murakkab kо‘nikmalar shakllangan bо‘ladi. 
    Shunday qilib, psixologik va didaktik nuqtai nazardan eksperimental 
    kо‘nikmalarni shakllantirish quyidagilardan iborat bо‘ladi: ortiqcha va ikkinchi 
    darajali amallardan xolis bо‘lish evaziga harakatlar aniq, tejamli va mukammal 
    bо‘lib boradi, ishni bajarish uchun kam vaqt sarflanadi, harakatlar tuzilmasi 
    о‘zgaradi, ya’ni mayda, tugallangan amallar birlashib, yaxlit holatga kelishi yuz 
    beradi, bajarilayotgan harakatni anglash darajasi ortadi, ba’zi turlari ma’lum 
    bosqichda aqliy faoliyatning asta-sekin qisqarishi harakatning ong tomonidan 
    nazorati kamayadi, muammoli vaziyatda ong avvalgi darajada qatnashadi, biror 
    harakat mazmunan о‘xshash boshqa harakatga kо‘chiriladi va kо‘nikma yangi 
    bilimlar bilan boyiydi, ularni bog‘lovchi va turli vaqtda, turli mavzularda 
    о‘zlashtirilgan aloqalar tо‘laroq namoyon bо‘ladi, aynan bitta maqsadga erishish 
    uchun muayyan sharoitdan kelib chiqqan holda, turli kо‘nikmalardan foydalanish 
    qobiliyati shakllanadi.



    Download 2,8 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   136




    Download 2,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Усова А. В., Бобров А. А

    Download 2,8 Mb.
    Pdf ko'rish