Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrir




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/136
Sana31.01.2024
Hajmi2,8 Mb.
#149178
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   136
Bog'liq
4979 197 2017. 6-son

1
Усова А. В. Формирование у школьников обобщенных умений и навыков при 
осуществлении межпредметных связей // Межпредметные связи естественно-
математических дисциплин. – Москва: Просвещение. 1980. – С. 61. 
2
Нуриллаев Б. Н. Физикадан экспериментал кўникмаларни шакллантириш ва 
ривожлантиришда муаммоли масалалардан фойдаланиш. // Педагогик таълим. 

2005.

 №4. – Б. 39-41. 


PEDAGOGIKA 
2017, 6-son
 
 
65 
belgilashlar orasidagi aloqalarni va asboblardan foydalanish shartlarini 
kо‘rmaydi. Har xil о‘xshash obyektlar bilan ishlashdagi harakatlar va amallar, 
asosan, о‘zgarmaganligi (saqlanganligi) sababli bunday faoliyatni bir necha 
takrorlashlardan keyingina talabalar ulardagi umumiylikni kо‘ra boshlaydi.
Keng kо‘nikmalar talabaning о‘xshash obyektlar bilan turli bog‘lanishda 
(aloqalarda) faoliyat bajarish qobiliyatini aks ettiradi. Mazkur kо‘nikmalar tor 
kо‘nikmalarga xos bо‘lgan amal va harakatlarni sintez qilish natijasida hosil 
bо‘ladi, masalan, talabalar reostat, lampadagi belgilashlarni о‘qish va tatbiq 
qilish kabi tor kо‘nikmalarni о‘zlashtirgandan sо‘ng, ular shunday ishlarni 
dazmol, payvand kabi asboblar ustida bajaradilar. Asta-sekin bunday belgilashlar 
barcha asboblarda mavjud ekanligini anglaydilar (asbobni tavsiflovchi muhim 
kattaliklarni kо‘rsatish barcha fizik asboblar uchun umumiydir). Shunday qilib, 
tor kо‘nikmalar (reostat, lampa va boshqa asboblardagi belgilashlarni о‘qish va 
tatbiq qilish) keng sodda kо‘nikmaga asbobning pasport ma’lumotlarini о‘qish va 
shunga asoslangan holda, keng murakkab kо‘nikma asboblardan foydalana olish 
kо‘nikmasiga о‘tadi. 
Tor kо‘nikmalardan kengroqlariga о‘tish, ayniqsa, о‘lchash amallarini 
shakllantirishda yaqqol kuzatiladi. Bunday о‘tishlar tarqoq, ya’ni asta-sekinlik 
bilan har xil talabalarda turlicha rо‘y berishi mumkin. Sodda kо‘nikma harakatni 
kо‘chirishga asoslangan lokal
faoliyatni bajarish qobiliyatiga aytiladi. Sodda 
kо‘nikmalarni shakllantirishda nazariya instruktiv xarakterdagi bilimlarga 
nisbatan kamroq ishlatiladi. Ular orasidagi nisbat turli sodda kо‘nikmalar uchun 
turlicha bо‘ladi. Ba’zi bir sodda kо‘nikmalar faoliyatning takrorlanishi bilan ong 
tomonidan kam nazorat qilinadi. 
Murakkab kо‘nikmalar berilgan faoliyat mazmuniga ma’lum qoidalar 
asosida bog‘langan va tashkil qilgan sodda amallar majmuasi (о‘lchash, kuzatish, 
tushuntirish, elektr zanjirlarini yig‘ish va h. k.) bо‘lib, ularning yig‘indisi bilan 
aynan teng emas. Murakkab kо‘nikmalarning о‘ziga xos tomoni shundan 
iboratki, u namoyon bо‘layotgan faoliyatning о‘zigagina xos bо‘lgan harakat va 
amallari mavjud bо‘lmaydi. Bu faoliyat unga xos bо‘lgan sodda kо‘nikmalarning 
harakat va amallari orqali yuzaga chiqadi. Murakkab kо‘nikmalar eksperimental 
kо‘nikmalarning mukammal turidir. Aynan shunga asosan, bitta sodda kо‘nikma 
ikkinchisini rivojlantirishda ishtirok etadi. 



Download 2,8 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   136




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish