Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrir




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/136
Sana31.01.2024
Hajmi2,8 Mb.
#149178
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   136
Bog'liq
4979 197 2017. 6-son

PEDAGOGIKA 
2017, 6-son
 
 
66 
Sodda va murakkab kо‘nikmalar orasida tarkibiy farqlar ham mavjud. 
Murakkab kо‘nikmaning tuzilmasi, harakatlar tarkibi va ularni bajarish ketma-
ketligini anglash, faoliyat bajarilayotgan sharoitlarni tahlil qilish, vositalarni 
tanlash, rejalashtirish, faoliyat natijalarini tahlil qilish kabi komponentlar bilan 
tо‘ldiriladi. Murakkab kо‘nikmada nazariy bilimlarning salmog‘i ortadi. Tor 
kо‘nikmalarning 
yig‘indisidan 
iborat 
bо‘lgan 
sodda 
kо‘nikmalar 
umumlashtirishning birinchi darajasini tashkil qiladi. 
Keng kо‘nikmalar tor, sodda va murakkab kо‘nikmalarning birlashmasi va 
umumlashmasidan iborat. Shuningdek, yuqori darajali umumlashtirish ham 
mavjud, masalan, tajribani qо‘yish kо‘nikmalari. Bunda asboblardan foydalanish, 
kuzatish va о‘lchash kabi amallarni olib borish ham murakkab kо‘nikmalarga 
kiradi. Eksperimental kо‘nikmalar murakkab о‘zaro aloqalarda shakllanadi va 
yaxlit faoliyatni ta’minlagan holda biri-birini tо‘ldiradi. Yetakchi kо‘nikmalar asos 
soluvchi bо‘lib, uyg‘un birlikda boshqalarini shakllantirishda xizmat qiladi. 
Ta’limda, о‘quv materialining mazmuniga bog‘liq bо‘lmagan hamda u bilan 
cheklangan kо‘nikmalar mavjud. Ular, mos ravishda, umumiy va mavzular 
bо‘yicha kо‘nikmalar deb ataladi. Adabiyotlarda umumiy kо‘nikmalar 
umumlashgan kо‘nikmalar nomi bilan yuritiladi. «Umumlashgan kо‘nikma deb, 
keng sohadagi masalalarni hal qilishda, chunonchi, nafaqat bitta predmet 
doirasida, balki boshqa о‘quv fanlarida, hamda amaliy faoliyatda foydalanish 
mumkin bо‘lgan kо‘nikmalarga aytiladi»
1

Umumiy eksperimental kо‘nikmalar fizikaning barcha mavzularini 
о‘rganishda shakllanadi va qо‘llaniladi. Ular istalgan mazmundagi о‘quv 
materialida asosiy (universal) kо‘nikma bо‘lib hisoblanadi. Umumiy 
eksperimental kо‘nikmalar keng kо‘nikmalarni о‘z ichiga oladi hamda sodda va 
murakkab kо‘nikmalar kabi shakllanadi. Fizika kursidagi mavzular bо‘yicha 
kо‘nikmalar, mohiyati jihatidan muhim guruhni tashkil qiladi, ularni 
shakllantirishda bir qancha umumiy kо‘nikmalar qatnashadi. Ular mavzular 
bо‘yicha kо‘nikmalar uchun asos hisoblanadi.
Eksperimental 
kо‘nikmalardan 
laboratoriya 
mashg‘ulotlarida, 
uy 
eksperimentlarini bajarishda va kundalik turmushda foydalaniladi. Masalan, 

Download 2,8 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   136




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish