|
Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrirBog'liq 4979 197 2017. 6-sonPEDAGOGIKA
2017, 6-son
62
dinamometrni tо‘g‘ri joylashtirish, asbob kо‘rsatishini hisobga olish va о‘lchash
xatoliklarini aniqlash
1
va boshqalar.
Eksperimental kо‘nikmalar о‘ziga xos tizimdan iborat bо‘lib, u aqliy va
amaliy faoliyat kо‘rinishlari (turlari) bо‘yicha tasniflanadi. Har bir eksperimental
kо‘nikmani ma’lum xatti-harakatlar va jarayonlar tizimi yordamida ifodalash
mumkin. Masalan, eksperimentni rejalashtirish (loyihalash) kо‘nikmasi
eksperiment natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish, asosan, intellektual (aqliy)
amallardan iborat bо‘lsa, о‘rganilayotgan obyektni tanlash, asbob-uskunalarni,
jihozlarni tayyorlash, tajriba о‘tkazish, asosan, amaliy harakatlar(amallar)dan
tashkil topadi. Har bir eksperimental kо‘nikma amallardan, amallar esa
jarayonlardan iboratdir. Jarayon kо‘nikmaning eng kichik elementi bо‘lib,
jarayonni yana kichik qismlarga bо‘lish maqsadga muvofiq emas
2
.
Ta’limda kо‘p sonli va kо‘p qirrali kо‘nikmalar shakllantirilgan bо‘lishi
lozim. Kо‘nikmalarni shakllantirish jarayonining samaradorligini orttirish uchun
umumiy yoki о‘xshash xususiyatlarga ega bо‘lgan kо‘nikmalarni guruhlarga
ajratib о‘rganish maqsadga muvofiq. Didaktikaga oid ishlarda kо‘nikmalar
umummantiqiy, umumilmiy, bibliografik va tashkiliy-ta’limiy guruhlarga
ajratilgan
3
. Bundan tashqari, kо‘nikmalar tarkibi va tuzilishi jihatidan oddiy,
murakkab, yuqori darajali; amal qilish chegarasiga kо‘ra, tor va keng, umumiy va
maxsus; о‘quvda amal qilish vazifasi bо‘yicha tashkiliy, amaliy, intellektual,
psixologik turlarga ajratiladi.
Fizika ta’limida murakkabligi va kо‘p qirraligiga qaramasdan kо‘nikmalar
aniq ifodalangan uchta turga ajratiladi
4
. Ular intellektual, maxsus, umumо‘quv
kо‘nikmalaridir.
Intellektual
kо‘nikmalarni
umumо‘quv
va
maxsus
kо‘nikmalardan alohida ajratib bо‘lmaydi. Intellektual kо‘nikmalar umumо‘quv
va maxsus kо‘nikmalarning ichiga singib boradi, ularni shakllantirish uchun asos
1
|
| |