|
Algebra va matematik analiz asoslari
|
bet | 1/16 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 337,5 Kb. | | #259763 |
Bog'liq ALGEBRA VA MATEMATIK ANALIZ ASOSLARI
ALGEBRA VA MATEMATIK ANALIZ ASOSLARI*
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonuniga muvofiq o'rta maxsus ta'lim (akademik litsey) umumiy o'rta ta'lim asosida faoliyat ko'rsatadigan uch yillik o'quv muassasalaridir. Ushbu «Algebra va matematik analiz asoslari* fani o'quv dasturi akademik litseylar uchun chuqurlashtirilgan o'quv dasturi sifatida e'tirof etiladi.
Dasturni tuzishda O'zbekiston Respublikasining «Ta'limto'g'risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Vazirlar Mahkamasining 199g_ yii 5-yanvardagi «Uzluksiz ta'lim tizimi uchun davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to'g'risida»gi 5- sonli, 1998-yil 13- maydagi «O'zbekiston Respublikasida o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 204- sonli va 2000-yil 16- oktabrdagi «O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida»gi 400- sonli qarorlari asos qilib olindi.
Ushbu o'quv dasturi O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining «Matematika» fani bo'yicha o'quv-metodik kenga-shida muhokama qilingan va namunaviy o'quv dasturi sifatida tavsiya etilgan.
TUSHUNTIRISH XATI
Ushbu algebra va matematik analiz asoslari fani bo'yicha o'quv dasturi akademik litseylar uchun mo'ljallangan va O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi «Uzluksiz ta'lim tizimi uchun davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to'g'risida»gi 5- sonli qarori hamda akademik litseylarning o'quv rejasiga, asosan, tuzilgan bo'lib, o'quvchilarning tanlab olgan ta'lim yo'nalishi bo'yicha (aniq fanlar, tabiiy fanlar) bilim saviyalarini oshirish va fanni chuqur o'rganishga qaratilgan ko'nikmalarini o'zlarida shakllantirish kabi talablarga muvofiq ishlab chiqilgan.
Akademik litseylarda matematika fanini o'qitish mazmunini chuqurlashtirish va kengaytirish, uning amaliy yo'nalishini kuchaytirish va matematikaning tatbiq qilish usullariga o'rgatish jihatlariga dasturda alohida e'tibor qaratilgan.
|
| |