|
Algebra va matematik analiz asoslari
|
bet | 8/16 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 337,5 Kb. | | #259763 |
Bog'liq ALGEBRA VA MATEMATIK ANALIZ ASOSLARITUSHUNTIRISH XATI
«Geometriya» — matematika bo'yicha chuqurlashtirilgan dasturlar majmuasiga kiruvchi o'quv fani bo'lib, uning uchun o'quv rejasida 240 soat ajratilgan.
Ma'lumki, 2000- yildan ortiq vaqt davomida geometriya ikki vazifani: amaliy ehtiyojlarni qondirish uchun o'lchashlar va yasashlar usullarini berish hamda chuqur va sof mantiqiy mushohada qobiliyatini tarbiyalash vazifasini bajarib keldi. Tomonlari 3, 4 va 5 birlikka teng uchburchak to'g'ri burchakli bo'lishi — insoniyat tarixidagi eng birinchi tafakkur mevalaridan biri bo'lsa, Evklidning «Negizlar» kitobi birinchi rosmana ilmiy risola va ayni paytda darslik boigan deyish mumkin.
Bu kitob mantiqiy mushohada va mukammal bayon uslubining namunasi bo'lib xizmat qilgan. 70-yillarda bir guruh uslubiyatchilar tomonidan o'rta maktab geometriya dasturi «algebralashtirilguncha» bu fanni o'qitish Evklid uslubiga asoslanib kelgan va o'zini har tomonlama oqlagan edi. Hozir mutlaq ko'pchilik matematiklar bu an'anadan chekinish muvaffaqiyatsiz chiqqan deb hisoblaydi. Shu bois ushbu dastur muayyan hajmda geometriyadagi Evklid ruhiga asoslanadi. Bu akademik litsey o'quvchilarini mantiqiy va abstrakt mushohadaga o'rgatishga, geometrik tasawurini rivojlantirishga, hisoblashga va yasashga oid masalalar orqali analitik tafakkurini shakllantirishga imkon beradi.
Shu bilan birga eski dasturga kirgan vektor, koordinatalar, geometrik almashtirishlar kabi mavzularga ham yetarli o'rin ajratilgan. Faqat ular bu yerda butun geometriyani bayon qilish vositalari deb emas, balki masalalar yechish va amaliy tatbiqlarda qurol sifatida o'rganiladi.
Bundan tashqari, jahon tajribasidan kelib chiqib, hozirgacha respublikada umumta'lim dasturlariga kiritilmagan, lekin mazmuniga muvofiq elementar geometriya doirasida o'rganilishi mumkin bo'lgan konus kesimlari, chizma geometriya elementlari, determinantlar kabi noan'anaviy mavzularga ham o'rin berildi.
Mualliflar fikricha dastur so'nggi 15—20-yil davomida kuzatilib kelinayotgan oliy o'quv yurtlarining birinchi kurs o'quvchilari oliy matematika kurslarini o'zlashtirishga tayyor emasligi muammosini hal qilishga imkon beradi va respublikamizda yuqori malakali ilmiy xodimlar tayyorlashni yuqori saviyaga ko'tarishga xizmat qiladi.
Tabiiy, dastur bugun endi ko'pchilik o'qituvchilar unutgan yoki umuman o'rganmagan uslubiyatga tayangani uchun uni amalga oshirishda muayyan qiyinchiliklar uyg'otishi mumkin. Shu nuqtayi nazardan dasturni sinab ko'rish jarayonida bildiriladigan tanqidiy fikr — mulohazalar bajonu-dil qabul qilinadi.
Dasturda, asosan, aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha soatlarning mavzular bo'yicha taqsimoti keltirildi. Iqtisodiyot yoki tabiiy fanlar yo'nalishi uchun soatlar taqsimoti o'quv rejasiga muvofiq belgilangan hajmda, shu
yo'nalishning xususiyatlaridan kelib chiqib o'quv-pedagogik kengash qarori bilan belgilanishi mumkin.
|
| |