|
I. DASTURNI AMALGA OSHIRISH
|
bet | 2/16 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 337,5 Kb. | | #259763 |
Bog'liq ALGEBRA VA MATEMATIK ANALIZ ASOSLARII. DASTURNI AMALGA OSHIRISH O'UYIDAGILARNI NAZARDA TUTADI:
o'quvchilarning mantiqiy va matematik tafakkurini rivojlantirish;
o'quvchilarni matematik masalalar yechishning umumiy usullariga o'rgatish;
o'quvchilarning fazoviy, abstrakt tasawurlarini kengaytirish va rivojlantirish;
— o'quvchilarda kelgusi ta'lim bosqichida matematika fanini o'rganishni davom ettirish uchun yetarli zamin yaratish, pirovard natijada ta'limning uzluksizligini ta'minlash.
Dasturda algebra va matematik analiz asoslari, uning rivojlanish jarayoniga alohida e'tibor berildi. Haqiqiy sonlar, kompleks sonlar, chiziqli algebra mavzulari bu yo'nalishni biroz bo'lsada o'quvchiga tanishtiradi va kelgusida ularning oliy matematika bo'yicha oladigan bilimlariga turtki, dastlabki bosqich vazifasini o'taydi.
Rivojlanishning bugungi taraqqiyoti nuqtayi nazaridan o'rta maxsus ta'lim muassasalari uchun matematika dasturiga oliy matematika elementlari, xususan, differensial va integral hisob elementlari, ehtimollar nazariyasi va statistika elementlari kiritilishi maqsadga muvofiq. Bu rivojlangan davlatlar tajribasida sinovdan o'tgan.
Dastuming mazmuni bevosita matematika keng tatbiq qilinadigan sohalar — fizika, iqtisodiyot, texnika, kimyo, biologiya, tibbiyot bilan bog'liq. Shu nuqtayi nazardan ushbu dastur kelajakda o'qishni davom ettiradigan o'quvchilarni bilimlar bilan qurollantirishga xizmat qiladi.
II. DASTURNING XUSUSIYATLARI VA USLUBIYATI
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli asosida uzluksiz ta'lim yotadi. Shundan kelib chiqqan holda akademik litseylarning matematika chuqur o'rgatiladigan yo'nalishlari uchun «Algebra va matematik analiz asoslari» kursi bo'yicha ushbu o'quv dasturi ishlab chiqildi. Bundan quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilingan:
uzluksizlik va uzviylikni ta'minlash;
mavzu va boblarning mantiqiy ketma-ketligini saqlash;
rivojlangan davlatlardagi matematika chuqur o'rgatiladigan o'quv yurtlaridagi an'anaviy bilim standartlarini hisobga olish;
Qo'yilgan talablarni bajarish maqsadida dastur tuzilishi jihatdan ikki qismga ajraladi.
I qism
To'plamlar nazariyasi va mantiq elementlari.
Haqiqiy va kompleks sonlar.
Ko'phadlar va algebraik ifodalar.
Algebraik tenglama va tengsizliklar.
Darajali, ko'rsatkichli, logarifmik va trigonometrik funksiyalar.
I- qismga kiritilgan asosiy mavzular bo'yicha o'quvchilar o'rta umumiy ta'limda ma'lum tushunchalarga ega bo'lishadi. Lekin unda hali o'quvchi ushbu mavzular bo'yicha chuqur va keng bilim olishga ham jismonan, ham intelektual tayyor bo'la olmaydi. Shuning uchun dasturning I-qismini yaratishda quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilingan:
o'quvchilarning maktabda matematikadan olgan bilimlarini har tomonlama kengaytirish, misol va masalalarni chuqurlashtirish natijasida intelektual salqiyatlarini yanada oshirish;
mavzu va uslublarni umumlashtirish va matematik madaniyatni shakllantirish;
dasturning II-qismini o'zlashtirish uchun bilimlar zaminiga ega bo'lish.
II qism
Nostandart funksiyalar.
Sonli ketma-ketlik va uning limiti.
Funksiyaning limiti, uzluksizligi va hosilasi.
Integral
Diferensial tenglama.
Kombinatorika elementlari.
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlari.
Chiziqli algebra asoslari.
Dasturning II qismi dasturning I qismining mantiqiy davomi bo'lib, unda keltirilgan mavzular umumiy o'rta ta'limdagi matematik bilirn doirasiga nisbatan yangi, lekin ta'limning keyingi bosqichi bakalavriatga zamin hozirlaydi. Bu qismga quyidagi talablar qo'yiladi:
o'quvchilar I qism mavzulari asosida o'z bilimlarini rivojlantirishi, bunda yangi matematik tushunchalarga asoslangan matematik nazariyalar bilan tanishuvi;
mavzularning mantiqiy ketma-ketligini ta'minlash;
o'quvchilarda matematik bilim, malakalarni chuqur va ongli ravishda shakllantirish;
o'quvchilarda mustaqil izlanishga va o'z bilimlarini amaliyotga qo'llashga zamin hozirlash;
kelgusi ta'lim sistemasi bosqichlari bilan uzluksizlikni ta'minlashga erishish.
O'quvchilar II qismni o'zlashtirish davomida bevosita kichik ilmiy izlanishlar olib borishlari va bilimlarini mustaqil kengaytirish imko-niyatlariga ega bo'lishlari lozim.
Bu esa o'quvchilarning keyingi oliy ta'lim bosqichida yetarli bilim olishga va bu bilimlarni tatbiq etishga zamin yaratadi.
|
| |