|
Algebra va matematik analiz asoslari
|
bet | 3/16 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 337,5 Kb. | | #259763 |
Bog'liq ALGEBRA VA MATEMATIK ANALIZ ASOSLARIIll qism. Ta'lim mazmuni
1. To'plamlar nazariyasi va matematik mantiq elementlari (10 soat)
To'plam haqida tushuncha. Bo'sh va qism to'plamlar. To'plamlar ustida amallar. Sonli to'plamlar. Chekli va cheksiz to'plamlar. Mantiqiy amallar (implikatsiya, konyunksiya, dizyunksiya, ekvivalentlik). Mavjudlik va ixtiyoriylik kvantorlari.
2. Haqiqiy sonlar (30 soat)
Natural sonlar. Tub va murakkab sonlar. Arifmetikaning asosiy teoremasi. Tub sonlar to'plamining cheksizligi. O'zaro tub sonlar.Bo'linish alomatlari. EKUB (eng katta umumiy bo'luvchi) va EKUK(eng kichik umumiy karrali). Evklid algoritmi. Natural sonning
bo'luvchilar soni. Qoldiqli bo'lish, qoldiqlari bir xil sonlar. Taqqoslama va uning xossalari. Matematik induksiya metodi. To'la va to'lamas induksiya. Bo'linishga doir masalalarga matematik induksiya metodini qo'llanilishi.
Ratsional sonlar. Butun sonlar. Oddiy kasrlar. O'nli kasrlar.Davriy kasrlar. Davriy va oddiy kasrlar orasidagi bog'lanish.
Davriy bo'lmagan cheksiz o'nli kasrlarning mavjudligi. Irratsional sonlar. Kvadrati 2 ga teng bo'lgan ratsional sonning mavjud emasligi-frratsional sonlarni taqqoslash. jrsoni. Son o'qi. Sonli oraliqlar. Sonning absolut qiymati (moduli). Son modulining xossalari. Son modulining geometrik ma'nosi. Haqiqiy sonlar va ular ustida amallar. Haqiqiy sonning taqribiv qiymati. Haqiqiy sonning butun va kasr qismi. Son tushunchasini rivojlanishi: NcZcQcR. Nisbat, proporsiya, hosila proporsiyalar, protsent (foiz) va murakkab protsentlar.
3. Kompleks sonlar (10 soat)
Son tushunchasining rivojlanishi: natural, butun, ratsional, haqiqiy sonlar. Kompleks sonlar va ularning algebrik ko'rinishi. Kompleks sonlar ustida amallar. Qo'shma kompleks sonlar. Kompleks sonlarning geometrik tasviri, trigonometrik ko'rinshi. Trigonometrik ko'rinishdagi kompleks sonlarni ko'paytirish, bo'lish va darajaga ko'tarish. Muavr formulasi. Kompleks sondan ildiz chiqarish.
|
| |