• 8. Darajali, korsatkichli va logarifmik funksiyalar (30 soat)
  • 9. Trigonometrik funksiyalar (50 soat)
  • Funksiya va grafiklar (24 soat)




    Download 337,5 Kb.
    bet5/16
    Sana03.06.2024
    Hajmi337,5 Kb.
    #259763
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    ALGEBRA VA MATEMATIK ANALIZ ASOSLARI

    7. Funksiya va grafiklar (24 soat)
    Dekart koordinatalar sistemasi. Funksiya tushunchasi, aniqlanish va qiymatlar sohasi, berilish usullari. Sonli funksiyalar: juftligi, toqligi, monotonlik, chegaralanganlik, nollari, ishora o'zgarmaslik oraliqlari, davriyligi. Jadval bilan berilgan funksiya ifodasini topish. Teskari funksiya tushunchasi. O'zaro teskari funksiyalar. Funksiyalar ustida amallar. Murakkab funksiya va unga oid misollar. Funksiya grafiklarini almashtirish. y = ax + b, y = ax2 + bx + c, y = (ax + b)/(cx + d) funksiyalar va ularning xossalari, grafiklari. Asimptota. y=|x|, y={x}, y—[x] funksiyalar va ularning xossalari. Funksiyalarni elementar tekshirish.
    8. Darajali, ko'rsatkichli va logarifmik funksiyalar (30 soat)
    Darajali funksiya. u = xa, n G N; u — x?, p G Q. Ularning xossalari va grafiklari. Ko'rsatkichli, logarifmik funksiyalar, xossalari, grafigi. Sonning logarifmi. Asosiy logarifmik ayniyatlar. Ko'paytma, bo'linma va darajaning logarifmi. Bir asosdan boshqa asosga o'tish formulasi. Logarifmlash va potensirlash. O'nli va natural logarifmlar, ularning xossalari. Ko'rsatkichli va logarifmik ifodalarni ayniy almashtirishlar.
    Ko'rsatkichli tenglama va tengsizliklar. Logarifmik tenglama va tengsizliklar. Ko'rsatkichli va logarifmik tenglamalar sistemalari.
    9. Trigonometrik funksiyalar (50 soat)
    Birlik aylana. Burchak va yoy tushunchasi. Burchakning gradus, radian o'lchovlari. Ixtiyoriy burchakning sinusi, kosinusi, tangensi, kotangensi va ularning ba'zi burchaklardagi qiymatlarini hisoblash. Asosiy trigonometrik ayniyatlar. Keltirish formulalari. Trigonometrik funksiya-larning juft-toqligi, davriyligi. Eng kichik musbat davr. Keltirish formulalari. Trigonometrik yarim burchak uchun formulalar. Trigonometrik funksiyalarni yarim burchak tangensi orqali ifodalovchi formulalari. Trigonometrik funksiyalar ko'paytmasidan yig'indiga, yig'indidan ko'paytmaga o'tish formulalari. f(x)=asinx + bcosx ni almashtirish. Trigonometrik ifodalarni ayniy shakl almashtirishlar. Teskari trigonometrik funksiyalar, xossalari va ularning srafiklari. Teskari trigonometrik funksiyalar ustida trigonometrik amallar, trigonometrik funksiyalar ustida teskari trigonometrik amallar. Teskari trigonometrik funksiyalarni ayniy almashtirishlar. Sodda trigonometrik tenglamalar. Trigonometrik tenglamalarning turlari va ularni yechish usullari. Umumiy usullar: ko'paytuvchilarga ajratish, yangi o'zgaruvchi kiritish. Xususiy usullar: darajani pasaytirish, bir xil argumentga keltirish, yordamchi burchak kiritish, chegaralanganlik xususiyatidan foydalanish, universal almashtirish, o'zgaruvchilarni almashtirish, bir jinsli va bir jinsliga keltiriladigan tenglamalarni yechish usuli va boshqa usullar. Trigonometrik tenglamalar sistemasi. Trigonometrik tengsizliklar. Teskari trigonometrik funksiyalar qatnashgan tenglama va tengsizliklar.



    Download 337,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 337,5 Kb.