|
Algebra va matematik analiz asoslari
|
bet | 4/16 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 337,5 Kb. | | #259763 |
Bog'liq ALGEBRA VA MATEMATIK ANALIZ ASOSLARI4. Ko'phadlar (6 soat)
Natural ko'rsatkichli daraja. Birhad va ko'phadlar. O'isqa ko'paytirish formulalari va ularning umumlashmalari. Ko'phadlar ustida amallar: qo'shish, ko'paytirish, bo'lish va qoldiqli bo'lish. Evklid algoritmi. EKUB.
5. Algebraik ifodalar (20 soat)
Ratsional ifodalar va ular ustida shakl almashtirishlar. n-darajali ildiz, n-darajali arifmetik ildiz. Ratsional ko'rsatkichli daraja va uning xossalari: daraja ko'rsatkichlarini qisqartirish va ildizlarni umumiy daraja ko'r-satkichiga keltirish, ko'paytma, bo'linma va darajadan ildiz chiqarish; ifodalarni ildiz belgisi ostidan chiqarish va ildiz belgisi ostiga kiritish; ildizni darajaga ko'tarish; ildizdan ildiz chiqarish. Maxrajni ildizdan qutqarish. Irratsional ifodalarni shakl almashtirish. ^A±^B ko'rinishdagi ifodalar.
6. Algebraik tenglamalar va tengsizliklar (50 soat)
Tenglamalar haqida tushuncha. Ayniyat, tenglamaning ildizi, teng kuchli tenglamalar. Chiziqli, kvadrat tenglamalar va ularga keltiriladigan tenglamalar. Ko'paytuvchilarga ajratish usuli. Bikvadrat tenglama. Yangi o'zgaruvchi kiritish usuli. Ko'phadning ildizlari. Bezu teoremasi. Gorner sxemasi. Butun koeffitsiyentli ko'phadning ildizlarini topish. Simmetrik ko'phadlar va uning ba'zi tatbiqlari. Algebraik tenglamalarning kompleks ildizlari. Algebraning asosiy teoremasi (isbotsiz). Viyet formulalari. Qaytma tenglamalar. Yuqori darajali tenglamalarni yechishning ba'zi usullari. Ko'p noma'lumli tenglamalar sistemasi haqida tushuncha. Chiziqli tenglamalar sistemasi va ularni yechish usullari: o'rniga qo'yish, algebraik qo'shish, Gauss usuli. Determinant va uning xossalari. Kramer usuli. Chiziqli bo'lmagan tenglamalar sistemalari. Ikki noma'lumli tenglamalar sistemasini grafik usulda yechish. Matnli masalalar.Parametrik tenglama va tenglamalar sistemasi. Sonli tengsizlik va uning xossalari. Tengsizliklarni yechish. Tengsizliklarni isbotlash. Koshi tengsizligi. O'rta arifmetik va o'rta geometrik miqdorlar orasidagi munosabatlar. Birinchi va ikkinchi darajali bir noma'lumli tengsizliklarni yechish. Kvadrat tengsizliklarni grafik usulda yechish. Yuqori darajali tengsizliklarni yechish, oraliqlar usuli. Tengsizliklar sistemalari. Ikki o'zgaruvchili tengsizliklar sistemasini yechishning grafik usuli. Parametrik tengsizliklarni yechish. Modul qatnashgan tenglama, tengsizliklarni yechish. Ratsional tenglama va tengsizliklar. Irratsional tenglama va tengsizliklar. Chet ildiz, ildizning yo'qolishi. Irratsional tenglamalar sistemasi. Tenglamalarni taqribiy yechish usullari (oraliqni ikkiga bo'lish, Al Koshiy usuli).
|
| |