PEDAGOGIKA
2017, 6-son
97
Sifatiy masalani nazariy bilimlarni tekshirish uchun tuzilgan savoldan
farqlash lozim (masalan, amper nima, Om qonuni qanday qoidaga ega). Bundan
maqsad o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, bu savollarga
javoblar tayyor holda kitobda bor va o‘quvchi faqatgina ularni eslashi lozim.
Sifatiy masalada shunday savol qo‘yiladiki, unga javob kitobda tayyor holda
bo‘lmaydi. O‘quvchi bu sifatiy masalaning javobini masala shartining berilishi va
o‘zining fizikadan olgan bilimlariga asoslanib, sintez qilib berishi kerak.
1
Sifatiy
masalani yechish fizikani o‘qitish jarayonida nazariya va amaliyot birligi haqidagi
didaktik tamoyilni amalga oshirishga yordam beradi. Xususan, eksperimental
masalalarni qo‘llash o‘quvchilarda fizik uskunalar bilan ishlashda bilim va
ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Ishlab chiqarish mazmuniga ega bo‘lgan sifatiy
masalalar o‘quvchilarni texnika bilan tanishtiradi, ularning dunyoqarashini
kengaytiradi, ularni amalyotga tayyorlaydi. Sifatiy masalalarni qo‘llash fizik
nazariyalarni yaxshiroq tushunishga, to‘g‘ri fizik tasavvurlarning shakllanishiga
yordam beradi va o‘quvchilar bilimida nazariy qism shakllanishiga to‘sqinlik
qilmaydi.
2
Shunday qilib, sifatiy masalalarni yechish hodisalarni tahlil qilish va
sintezlash zaruratini tug‘diradi, ya’ni mantiqiy fikrlash, o‘quvchilarni aniq, badiiy,
texnik savodli va qisqa so‘zlashga o‘rgatadi.
Tadqiqotimizning tajriba-sinov ishlari Buxoro viloyati Romitan shahrining
umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Romitan tumanining 19-umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida 60 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Unda o‘quvchilarning fizika fani
bo‘yicha mantiqiy fikrlash va sifat ko‘rsatkichlarini organish asosida tajriba-
nazorat sinflarini tanlab oldik. Tajriba o‘tkazishda maktab fizika fani
o‘qituvchilari, tadqiqotchi va iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.
Jadvalda berilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, o‘quvchilarda
mantiqiy motivatsiyani shakllantirishda nazorat va tajriba guruhlarida muhim
farqlarni ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqot ishi natijasida eksperimental guruhda yuqori
mantiqiy motivatsiyaga ega bo‘lgan o‘quvchilar soni 27,8 foizga oshdi.
1