O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi. Ta’lim tamoyillari va




Download 3,04 Mb.
bet51/152
Sana07.01.2024
Hajmi3,04 Mb.
#131775
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   152
Bog'liq
Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi. Ta’lim tamoyillari va

qonuniyatlari.

Bilim olishning muhim komponenti motiv, ya’ni, ta’limiy xarakterdagi harakat, faoliyatni tashkil etishga nisbatan rag‘batni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir.


O‘qishning keyingi komponenti o‘quv harakatlari (operasiyalari) sanalib, ular anglangan maqsadga binoan amalga oshiriladi. O‘quv harakatlari o‘quv jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Harakatlar tashqi (kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko‘rinida bo‘lishi mumkin. Tashqi o‘quv harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar o‘tkazish); perseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish) hamda nutqdan foydalanish kiradi.
Ichki (mnemonik, yunonchadan “mnemonikon” eslab qolish madaniyati) harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va tashkil etish, shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari kiradi.
Har qanday bilimni o‘zlashtirishda o‘quvchilardan idrok etish madaniyatiga ega bo‘lish va o‘quv materialini anglab yetish talab etiladi. Pedagogik jarayonda o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning ma’nosini yetarli darajada tushunmay, faqat tovushlar birligi sifatida qabul qilinishi va yodlab olinishi xavfilidir.
Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining tuzilishi. O‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini samarali boshqarish uchun bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining mohiyati hamda bilimlarning egallash bosqichlaridan yetarlicha xabardor bo‘lish. Bilimlarning egallash quyidagi bosqichlarda kechadi:


Ta’limning gnoseologik asoslari. O‘quv jarayonini mantiqiy qurilishi ta’lim mazmunining gnoseologik xususiyatlariga bog‘liq.


Muhammad al-Xorazmiy (IX asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta hissasini qo‘shgan. U birinchi bo‘lib koinot obyektlarining harakatlari hamda yerdagi nuqtalarining joylashishini jadval ko‘rinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish va tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi tamoyili, alohida va umumiy, induksiya va deduksiyalarning mohiyatini aniqlashtirdi; matematik masalalarni yechishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda.


Al-Kindiy (IX asr) ilmiy bilishning uch bosqichli konsepsiyasini ilgari suradi. Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va rasional bilish tarzida ikkiga ajratadi. Sezib bilishning predmeti va obyekti barcha jism va moddiy narsalar hisoblanadi. Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi.”Faqatgina aql tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab chiqishga qodir”, - deb hisoblaydi Kindiy.
Abu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy g‘oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi. Biror narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma’lum holatini o‘rganadi, mavjud bilimlarini o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilimlarga yo‘naltiradi. Alloma fanlar klassifikasiyasi, bilish faoliyatini tashkil etishga oid tavsiyalarni ishlab chiqadi. “Yaxshi nazariyotchi bo‘lish uchun deydi, - Abu Nasr Forobiy, - qaysi fan bilan shug‘ullanishidan qat’iy nazar quyidagi uchta shartga amal qilish kerak: 1) fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi; 2) ushbu tamoyil va ma’lumotlar asosida zarur xulosani chiqarishi, ya’ni, mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak; 3) xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil qilishni, shuningdek, haqiqatni yolg‘ondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi zarur.
Abu Rayhon Beruniy Beruniy (XI asr) bilishni uzluksiz, to‘xtovsiz davom etadigan jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning haqiqiy mohiyati, hozircha noma’lum bo‘lgan jihatlarini kelajakda bilib oladi.
Abu Ali ibn Sinoning (XI asr) bilish nazariyasida sabab haqidagi ta’limot alohida o‘rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin, tashqi holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yo‘li bilan anglanishi mumkin deb hisoblaydi.
Chex pedagogi Y.A.Komenskiy XVII asrda ta’lim jarayonining mohiyatini ilmiy asoslashga urindi. Alloma bolaning aqliy, jismoniy o‘sishini tabiiy qonuniyatga muvofiq kelishi g‘oyasini asoslangan holda ta’lim jarayoni, uning tuzilishi, tamoyil va metodlari belgilaydi. Y.A.Komenskiy ushbu g‘oyasi G‘arb olimlarining ta’lim jarayonining gnoseologik asoslarini ko‘rsatish, o‘quv jarayoniga tabiiy va ijtimoiy qonuniyatlar ta’sirini yoritishga urinishlaridan biridir.
XVIII asrda fransuz olimi Jan Jak Russo ham insonning tabiat va jamiyatdagi o‘rni haqidagi falsafiy g‘oyalar asosida ta’lim mohiyatini ochib berishga uringan. Uning fikricha, ta’lim jarayonining mohiyati bolaning atrof-muhitni bilishiga asoslanadi.
O‘quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy xarakter kasb etishiga ko‘ra ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko‘ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko‘ra faqat alohida tarkibiy qismlariga tegishli bo‘lgan qonuniyatlar esa xususiy deb ataladi.

Download 3,04 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   152




Download 3,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi. Ta’lim tamoyillari va

Download 3,04 Mb.