• Tushuntirish
  • Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika




    Download 3,04 Mb.
    bet59/152
    Sana07.01.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #131775
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   152
    Bog'liq
    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    Suhbat – faoliyatini endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta’lim metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash ko‘p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o`quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi, o`quvchilarga ular yuzasidan batafsil o‘ylash uchun vaqt ajratishi, o`quvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur o‘rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv yo‘l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat o`quvchilarga oldindan ma’lum bo‘lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, o`quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladilar. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi. Suhbat ko‘proq o`quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko‘rinishlarda, ya’ni, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbat tarzida tashkil etiladi.
    Kirish suhbati o`quv ishlarining boshida tashkil etiladi. Uni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad hal etilishi zarur bo‘lgan ishlar mohiyatining o`quvchilar tomonidan anglab yetilganligini tekshirib ko‘rishdan iborat.
    Yakuniy suhbat o`quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
    Katexizism (qisqa bayonli) suhbat – o`quvchilarning boshlang‘ich bilim darajasi va ularning yangi mavzuni o‘zlashtirishga tayyorgarligini aniqlash uchun dars avvalida yoki so‘nggida qo‘llaniladi.
    Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo‘naltiriladi. Savollar shunday ketma-ketlikda berilishi zarurki, ular o`quvchilarni mustaqil fikrlash, ularda faollikning yuzaga kelishini ta’minlash, ularni tahlil qilishga undash, dalillarni ilgari surishga rag‘batlantirsin.
    Tushuntirish o`quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan odatda nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o`quv materialining bir qadar qiyin o‘rinlariga alohida urg‘u berilib, mazmuni ochib beriladi. Tushuntirish samarasi ko‘p hollarda o‘qituvchining ko‘rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi.
    Ma’ruza mazmuni murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalardan tashkil topadi va u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi, bir vaqida o`quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o‘rgata boradi.
    Maktab ma’ruzasining samaradorligini ta’minlash shartlari quyidagilardan iborat: ma’ruza rejasini tuzish; o`quvchilarni ma’ruza mavzusi, rejasi bilan tanishtirish; ma’ruza bandlarini mantiqiylik va ketma-ketlikda bayon etish; har bir bandini qisqacha xulosalash; ma’ruzaning bir qismidan ikkinchisiga o‘tishda mantiqiy aloqadorlikni ta’minlash; ma’ruzani muammoli va hissiy tarzda bayon qilish; bunja nutq imkoniyati, misollar, aniq dalillar va qiyoslashlardan foydalanish; o`quvchilarning bilish faoliyatini mahorat bilan boshqarish; ma’ruzaning muhim jihatlarini ochib berish; o`quvchilar ma’ruzaning asosiy o‘rinlarini yozib borishlariga imkon yaratish; muhim o‘rinlarni ta’kidlab ko‘rsatish; ma’ruza mazmunini ko‘rgazmali tarzda (namoyish, illyustrasiya, videofilm va boshqalardan foydalangan holda) yoritish.
    Ta’lim sifatini oshirishda ko‘rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega. Ko‘rgazmali metodning quyidagi turlari mavjud:

    Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko‘rsatmalilik tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko‘rinadi. Inson miyasining 30 foiz hajmini ko‘rishni, faqat 3 foizigina eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil etadi. Pedagogik-psixologik yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo‘ladiki, shaxs tomonidan o‘zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko‘rish reseptorlari yordamida o‘zlashtiriladi. Demak, o‘zbek xalqi tomonidan ko‘p bora qo‘llaniladigan “Yuz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi” maqoli ilmiy asosga ega ekan.


    Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so‘ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. Ko‘rsatish ko‘p holatlarda o‘rganilayotgan obyektlarning subyekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasiga chizish yoki o‘qituvchining maxsus jihozlar yordamida ko‘rsatib berishi hisobiga amalga oshadi.


    Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada ko‘proq didaktik samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har doim ham mumkin bo‘lavermaydi. Shu bois o‘qituvchilar tabiiy predmetlarni namoyish qilishda sun’iy muhitga murojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan hayvonot bog‘ida, turli o‘simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish) yoki sun’iy ravishda yaratilgan obyektlar (maket, model, mulyaj, skelet va boshqalar)dan foydalaniladi.
    Metod yordamida o‘qituvchi o`quvchilarni mustaqil ravishda obyektlarni o‘rganish, zaruriy o‘lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni o‘rnatish, shuningdek, hodisalarning mohiyatini anglab yetishga bir so‘z bilan aytganda faol bilish jarayoniga yo‘naltirishi lozim. Namoyish samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining bilish jarayoni mohiyatan o`quvchilarning yoshiga mos holda to‘g‘ri tanlanishi hamda mumkin qadar ularning diqqatini namoyish etilayotgan predmetning muhim jihatlariga yo‘naltirishiga bog‘liqdir.Tasvirlash (illyustrasiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog‘liq bo‘lsada, didaktikada alohida o‘rganiladi.

    Namoyish va tasvir metodlari o‘zaro bog‘liqlikda bir-birini to‘ldirgan holda qo‘llaniladi. Agar hodisa va jarayonni o`quvchi yaxlit holda qabul qilishi zarur bo‘lsa namoyishdan foydalanish, agar hodisa mohiyati hamda uning unsurlari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni anglash talab etilsa illyustrasiyaga murojaat qilinadi.Tasvirning samarasi ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatuv texnologiyasi qay darajada o‘zlashtirilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘rsatmalardan foydalanishning bilish jarayonidagi didaktik ahamiyati o‘rganilayotgan obyekt mohiyatini to‘laqonli yorita olishi bilan belgilanadi. Aslida illyustrasiyalar oldindan tayyorlanib, dars jarayonida zarur o‘rinlarda kerakli hajmda ko‘rsatiladi, aks holda ular sonining oshib ketishi o`quvchilarni hodisa mohiyatini anglashda chalg‘itadi. Ayrim hollarda tarqatma materiallar (fotosurat, jadval, tabiiy obyektlar va boshqalar) yoki texnik vositalar xizmatidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.


    O‘rganilayotgan mavzuning mazmuniga bog‘liq bo‘lgan narsa, hodisa va voqealarni hamma vaqt sinf sharoitida namoyish qilish mumkin bo‘lmaydi. Shuning uchun ham o‘tilayotgan mavzuning xarakteriga qarab, ekskursiya metodidan ham foydalaniladi. Mazkur metod sinf sharoitida – dars jarayonida qo‘llaniladigan ta’lim metodlaridan iubdan farq qiladi.


    Ekskursiya bir vaqtning o‘zida mustaqil ta’lim turi ham sanaladi.


    Ko‘rgazmali metodlardan foydalanishda quyidagi shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir: ko‘rgazmalilikning o`quvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga mos kelishi; namoyish etilayotgan obyektlar barcha o`quvchilarga yaxshi ko‘rinib turishi; namoyishda uning boshlang‘ich bosqichi va asosiy jarayon (holat)larning ajralib turishi; tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini chizib ko‘rsatish asosida tashkil etilishi; namoyish va illyustrasiya o`quv materialining mazmuni bilan uyg‘un bo‘la olishi lozim.

    Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar – maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatmani o`quvchilar e’tiboriga havola etadi.


    Amaliy ishlar metodi o`quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar yordamida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi:

    Qayd etilganidek, ushbu metodlar o`quvchilarda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yordam beradi. Aynan amaliy faoliyat jarayonida nazariy bilimlar harakatdagi shaklga ega bo‘ladi.


    Mashq – aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini egallash yo‘lidagi ko‘p marta takrorlanishlar bo‘lib, mashqsiz ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og‘zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa turlarga bo‘linadi.
    Yozma mashqlar – ta’limning tarkibiy qismi sifatida zaruriy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida qo‘llaniladi. Diktant, insho, masala, misol, shuningdek, referat yozish va tajriba mohiyatini yoritish ham yozma mashqlar sirasiga kiradi.
    Grafikaviy ishlar jihatlariga ko‘ra yozma ishlarga o‘xshash bo‘lib, ulardan asosan texnik jarayonlar (ya’ni geografiya, fizika, matematika, chizmachilik, rasm hamda texnologik ta’lim)da keng ko‘lamda foydalaniladi.
    Mashqlarning bajarilish samarasi quyidagi shartlar hisobga olinganda birmuncha yuqori bo‘ladi: mashqlarni bajrishga nisbatan ongli yondashish; bajarish qoidasini bilish; vaqt bo‘yicha takrorlanishning to‘g‘ri taqsimlanishi.
    Mashqni bajarishni tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat: o‘qituvchining faoliyat maqsadi va mazmunini tushuntirishi; topshiriqni bajarish ketma-ketligini ko‘rsatishi; o‘qituvchi nazorati ostida o`quvchilar tomonidan o`quv harakatining dastlabki bajarilishi; zarur ko‘nikma va malakalar shakllangunicha o`quv harakatlarning ko‘p bora takrorlanishi.
    Ayrim holatlarda o`quvchilar ovoz chiqarib o`quv harakatlarini takrorlashlari va bajarishlari lozim bo‘ladi. Ular izohli mashqlar deb nomlanadi va bajariladigan harakatlarning mohiyatini anglagan holda ko‘nikma va malakalarni egallashga imkon beradi.
    Laboratoriya ishlari o`quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o‘tkazish metodlari bo‘lib, ular ko‘proq tabiiy fanlar asoslarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu metod o`quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko‘rish, o‘lchash ishlarini amalga oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko‘nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu harakatlar o`quvchilarning yuqori darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va o‘lchash ishlarini tashkil etish bilan takomillashtirilib boriladi.
    Laboratoriyadan amaliy ishlarning farqi shundaki, bu metod o`quvchilarning mavjud nazariy bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo‘naltirilgan faoliyatini tashkil etishga xizmat qiladi. U o`quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish, bilish faoliyatini nazorat qilish hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish borasidagi ko‘nikmalarini shakllantirish kabi funksiyalarni bajaradi.Amaliy mashg‘ulotlarda o`quvchilarning bilish faoliyati quyidagi besh bosqichda tashkil etiladi:

    Zamonaviy ta’lim tizimida o`quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar negizida amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda didaktik o‘yinlardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, o‘yin ham ijtimoiy faoliyat ko‘rinishi sanaladi.







    Download 3,04 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   152




    Download 3,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    Download 3,04 Mb.