• Tayanch tushunchalar
  • - MAVZU. OILA PEDAGOGIKASI VA UNING MILLIY O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI




    Download 3,04 Mb.
    bet67/152
    Sana07.01.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #131775
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   152
    Bog'liq
    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    9- MAVZU. OILA PEDAGOGIKASI VA UNING MILLIY O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
    REJA:

    1. Oila fuqarolik jamiyati institutlarining asosiy bo‘g‘ini.

    2. Oila pedagogikasining metodologik asoslari. Oila pedagogikasining shakllanish jarayonlari haqida.

    3. O‘zbekistonda oila pedagogikasining asosiy vazifalari. Oilaning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi. Oila tarbiyasi. Bolalar tarbiyasida oila, maktab, mahalla xamkorligi.

    4. Oilaviy qadriyatlarning shaxs tarbiyasiga ta’siri.Oilaviy hayot sohasi tarbiya muhiti sifatida.

    5. Tarbiya jarayonidagi mediatsiya institutlari.



    Tayanch tushunchalar: Oila fuqarolik jamiyati institutlarining asosiy bo‘g‘ini. Oila pedagogikasining metodologik asoslari. Oila pedagogikasining shakllanish jarayonlari


    9.1 Oila fuqarolik jamiyati institutlarining asosiy bo‘g‘ini.
    Oila – an’anaviy tarbiyaning asosiy instituti bo’lib hisoblanadi. Bola yoshlik davrida oilada olgan ta’lim – tarbiyasini butun umri davomida saіlab qoladi. Bola hayotini asosiy qismini oilada o’tkazadi, o’zining ta’sir kuchiga ko’ra hech qanday tarbiya vositasi oila bilan bellasha olmaydi. Oilada bola shaxsini asoslari tarkib topdiriladi maktabga borganda esa bola shaxs sifatida shakllangan bo’ladi. Oila bolalarga insoniy va salbiy ta’sir etish omili bio’lashi bola shaxsiga ijobiy ta’sir etish shundan iboratki, oilada bolaga eng yaqin insonlardan - ota, ona, buvi, buva, aka, opalardan tashqari kim ulardek bolani yaxshi ko’rib, u haqida qayg’urmaydi. Shu bilan birga bola shaxsini shakllantirishga, ularga tarbiya berishda oila salbiy ta’sir ham ko’rsatishi mumkin.
    Oila – bu o’ziga xos jamoadir u tarbiyada asosiy o’o’inga egadir.
    Oilani o’ziga xos tarbiyaviy ahamiyatini hisobga olgan holda, oilani bolaga ijobiy ta’sirini oshirib, salbiy ta’sirini kamaytirish zarur. Buning uchun esa tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan, ichki oilaviy ijtimoiy-psixologik omillarni aniq belgilash lozim. Bolani tarbiyalashda asosiysi ota-ona bilan bola o’rtasida qalban yaqinlikka va ahloqiy boylikka erishishdir.
    Ota-onalar hech qachon tarbiya jarayonini o’z holiga tashlab qo’ymasligi kerak, ayniqsa katta bo’lsa boshlagan bolani o’z holiga tashlab qo’yymasligimiz kerak. Bola oilada birinchi hayotiy tajribani organadi, kuzatadi va o’zini turli xil vaziyatlarda qanday tutish kerakligini o’rganadi.Biz bolani nimaga o’rgatsak uni aniq, hayotiy misollar bilan mustahkamlash kerak, bola kattalarni aytgan gaplari amalda ham bir xil bo’lishini ko’rishi kerak. (masalan: agar bola har kuni ota-onasi tomonidan yolg’on gapirish mumkin emasligini eshitsa-yu, leki ota-ona o’zi sezmagan holda shunga qoidaga rioya qilmasalar, bola tarbiyasiga darz ketadi). Har bir ota-ona farzandlarida o’zlarni davomchilarini ko’radi. Farzandlarini o’zlari hohlagan inson bo’lishlarini hohlaydilar.

    Download 3,04 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   152




    Download 3,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - MAVZU. OILA PEDAGOGIKASI VA UNING MILLIY O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

    Download 3,04 Mb.