Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika




Download 3,04 Mb.
bet70/152
Sana07.01.2024
Hajmi3,04 Mb.
#131775
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   152
Bog'liq
Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

Abu Rayhon Beruniy insonning axloqiy fazilatlarini, umuman axloqiy tushunchalarini insonning tabiati bilan bog’laydi. Inson tabiati esa avvalo oilada shakllanadi. Shunga ko’ra bola tarbiyasida ota-ona ta’siri va namunali benihoya kattadir. Masalan u ayollarga nasihat qilib, Abdulla ibn Jafar tilidan shunday deb yozadi: “Rashkdan saqlangin. U taloqning kalitidir. Eringga tez-tez tanbeh qilishni senga ta’qiqlayman. Chunki tanbeh nafrat uyg’otadi. O’zingni bezab yurgin. Buning uchun yaxshi vosita surmadir. Yana xushbo’y atirlardan foydalangin. Ularning ichida eng yaxshisi suvdir”. Uning bu fikrlari bevosita oilada farzand tarbiyasiga ta’luqlidir.
Beruniy tan va ruh pokligi masalasini ham o’rtaga tashlaydi. Oilada tozalik, poklik va tartiblilik mavjud ekan, u yerda ma’naviy poklik ham bo’ladi. Bu fikrni-tanani toza tutish bilangina cheklab bo’lmaydi, balki ko’p harakat qilishga chaqiradi. Bu harakat mehnat qilish demakdir. Uning jalb va harakat haqidagi fikri insonning tani bilan ruhi pokligini bir butunligi to’g’risidagi g’oya bilan bog’liqdir. Bu narsa bola tarbiyasi jismoniy sog’lomlik bilan ma’naviy-axloqiy boylik o’rtasidagi o’zaro muvofiіlik haqidagi bugungi kun talabi bilan hamohangdir. Beruniy ota-onalarga іarata bolaning mo’’tadillikda saі lashni tavsiya etadi. Bunga asosan bolani іattiі G’azablanishdan, qo’rqish va hafalikdan, uyqusizlikdan saqlash orqali erishilishini aytib, ularni xohlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan uzoq lashtirishga harakat qilish kerakligini uqtiriladi. Ota-onaning bolaga turli munosabati turlicha xulqlarni keltirib chiqaradi. Mutafakkir bola-xulq atvorining mo’tadilligi natijasida tan va ruh sog’lomligi kelib chiqishini ham ilmiy asoslab beradi. Beruniy bola tarbiyasida irsiyat muhit va tarbiya ta’sirini birdek muhim ekanligini ta’kidlab o’tgan edi. Beruniy axloqiy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan holda yondoshadi. Axloqiylik yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi kurash natijasida namoyon bo’ladi va shakllanadi. Uning bu fikri o’z davri uchun yangi va ilmiy bashorat edi.
Oila va oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy merosida ham muhim o’rin egallaydi. U o’zining іator asarlarida bolaning salomatligi, uning tarbiyasi haqida, eng muhimi bola ruhiyatini o’rganish borasida ko’plab qimmatbaho fikrlarni yozadi. Ularning hammasi bir butun bo’lib, muayyan pedagogik іarashlar tizizimini tashkil etadi va u ma’naviy-axloq iy barkamol insonni shakllantirish haqidagi Qoyaga borib taіaladi. Ibn Sinoning “Tadbiri al-manozil” nomli asarida katta bir bob oila va oilaviy tarbiya masalalariga baQishlangandir.
Ibn Sino oilada bola tarbiyasi ancha murakkab va nozik bo’lib, uni bolaning yoshligidan boshlab va izchillik bilan olib borish lozimligini uqtiradi. U ona allasining tarbiyaviy ahamiyati haqida to’xtalib, “Alla” ikki vazifani bajaradi, deydi. Birinchisi, uni tebratish orіali bolaga jismoniy orom bag’ishlanadi; ikkinchisi, beshikni bir maromda tebratishdan onaning mehri jo’sh uradi, bolasiga bo’lgan muhabbatidan onaning orzu umidi yurak to’ridan silі ib chiі adi. Bu o’ziga xos qo’shiі bolasi uchun іasidadek yangraydi va u farzandining murІak іalbiga singib boradi. Shu tarzda bolada o’zi ham anglolmagan xolat paydo bo’ladi. U asta-sekin bu yoruq olamni anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan o’rganish boshlanadi. Xuddi shu o’rganish tarbiyalanishdir. Zotan o’rganish sezishdan kelib chiіadi. Ibn Sino ana shu xolatga e’tiborini іaratib, “Yosh bolaning sezgirlik іuvvati katta odamga teng keladi”, degan fikrni bildiradi.
Ibn Sino bola tarbiyasida oila boshlig’i otaning roliga alohida e’tibor beradi. “Agar oilada – deydi u, oila boshliQi tajribasizlik, no’noqlik qilsa u oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va oQibatda bundan yomon natijalar kelib chiі ishi mumkin”. Bola yaxshi yo’lga qo’yilsa, oila baxtli bo’ladi. Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi. Ota-ona kim bo’lishidan іat’iy nazar, bu vazifani ma’suliyat bilan ado etishi lozim. Ibn Sino “tadbiri al-manozil” asarida er va xotinning yaxshi sifatlarini sanab o’tadi. Ularning shaxsiy namunalari bola uchun o’rnak bo’lib, kelajak taіdirini belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida uqtiriladi.
Ibn Sino oilada bolani ma’naviy – axloqiy tarbiyalashda mehnatsevarlikning roliga alohida urІu berib, ota-onalarni farzandlariga nisbatan kasb-xunar o’rgatishga chaqiradi. Mehnatni ulug’laydi. Mehnatsiz hayot kechirishning bolaga bo’lgan salbiy ta’sirini ko’rsatib beradi.
XI asrda yashab ijod etgan mutafakkir Yusuf Xos Hojib o’zining “Qutadg’u bilig”da bola tarbiyasi haqida to’xtalib, shunday yozadi: “Farzand qanchalik bilimli, aіlli-xushli bo’lsa ota-onasining yuzi shunchalik yorug’ bo’ladi”. U bola tarbiyasida otaning ma’suliyatiga alohida e’tibor beradi. “Kimning o’Qil-і izi erka bo’lsa, deb yozadi u unga shu kishining o’zi mungli bo’lib yiІlaydi. Ota bolani kichikligida bebosh qilib qo’ysa bolada gunoh yo’і barcha jafo otaning o’zida; o’Qil-qizning xulі -atvori yaramas bo’lsa, bu yaramas ishni ota qilgan bo’ladi. Ota bolalarini nazorat qilib, turli hunarlarni o’rgatsa, ular ulg’aygach, o’Qil-qizim bor deb sevinadi; o’Qil-і izga hunar va bilim o’rgatish kerak, toki bu hunar bilan ularning fe’l-atvorlari go’zal bo’lsin”. Yusuf Xos hojib o’z asarida shundayfikrlarni o’rtaga tashlaydiki, ular bola tarbiyasi uchun madhiyadek yangraydi.
Yusuf Xos Hojib bolalar tarbiyasini juda murakkab jarayon deb tushunadi. U beldan madorni, tandan quvvatni, ko’zdan nurni, dildan oromni talab qiladi. Uning ta’kidlashicha, agar insonning o’zida go’zal fazilatlar bo’lsa, ularni boshі alarga o’rgatishi lozim. Lekin odob-axloq, rasm-rusum odat va irodani hosil qilish uchun zo’r kuch va harakat kerak bo’ladi. Bu narsa ta’lim tarbiya natijasida paydo bo’ladi. Uning bu tarzdagi pedagogik і arashlari bitta asosiy masalaga borib taі aladi. Bu barkamol inson masalasidir. Inson, uning mohiyati, jamiyatda tutgan o’rni, ijtimoiy vazifasi mutafakkir tomonidan turli jihatlarda tahlil і ilinadi. Odam bolasi bu yorug’ olamda ezgulik і ilish uchun yaratilgan. Shunga ko’ra uni tarbiyalashdan maі sad uning ongiga odamlar uchun yaxshilik qilish tuyІusini singdirishdan iborat. Bu olijanob vazifani bajarish esa ota-onaning zimmasidadir.
Sharqda keng tarіqalgan pandnoma tarzida yozilgan mashhur asarlardan biri Unsurul ma-oliy Koykovusning “Qobusnoma”sidir. Bu asar Sharі pedagogik fikr taraі і iyotida muhim o’rinni egallaydi va qanchadan-і qancha avlodlarni ma’naviy-axloqqiy tarbiyalashda o’z hissasini qo’shib kelmoqqda. “Qobusnoma” falsafiy didaktik asar bo’lib, shaxs shakllanishining barcha tomonlarini o’z ichiga oladi. Uning “Farzand parvarish qilmoq zikrida” degan bobi bevosita oiladagi bola tarbiyasiga bag’ishlanadi. “Qobusnoma”da ota-onaning qator vazifalari sanab o’tiladi. Ular quyidagilardan iborat

Download 3,04 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   152




Download 3,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

Download 3,04 Mb.