• 10- MAVZU. TA’LIM MUASSASASI MENEJMENTI
  • Tayanch tushunchalar
  • 10.1.Ta’lim muassasasi menejmenti haqida tushuncha. Ta’lim muassasasini boshqarish. Ta’lim muassasasini boshqarish. Boshqarish
  • Menejment
  • Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika




    Download 3,04 Mb.
    bet72/152
    Sana07.01.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #131775
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   152
    Bog'liq
    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    NAZORAT SAVOLLARI

    1. Oila pedagogikasining shakllanish jarayonlari nima?

    2. O‘zbekistonda oila pedagogikasining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

    3. Oilaning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi. Oila tarbiyasi. Bolalar tarbiyasida oila, maktab, mahalla xamkorligi?



    10- MAVZU. TA’LIM MUASSASASI MENEJMENTI

    1. Ta’lim muassasasi menejmenti haqida tushuncha. Ta’lim muassasasini boshqarish.

    2. Ta’lim muassasasi Ustavi – rahbarlik va boshqaruv tizimini aniqlovchi hujjat.

    3. Ta’lim muassasasining ichki boshqaruvi.

    4. Ta’lim muassasasida metodik ishlarni tashkil etish. Ta’lim sifati monitoringi.



    Tayanch tushunchalar: boshqarish, menejment, boshqaruv funksiyalari, boshqaruv metodlari, boshqaruv uslublari. Pedagogik Kengash, Metodika : Kengashi, Metodika birlashmasi, kadrlami qayta tayyorlash va malakasini oshirish, metodik xizmat ko‘rsatish, yosh o‘qituvchilar bilan ishlash.
    10.1.Ta’lim muassasasi menejmenti haqida tushuncha. Ta’lim muassasasini boshqarish.

    Ta’lim muassasasini boshqarish. Boshqarish ma’lum bir obyektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir ko‘rsatish demakdir.


    Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish deb esa pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag‘batlantirish, natijalami nazorat va tahlil qilishga aytiladi.



    Ta’lim muassasalarini boshqarish tushunchasi ta’lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ulaming unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o‘zaro hurmat bilan tavsiflanadi.


    Menejment - mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir.
    Olimlar ta’lim menejmetining bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham ta’kidlab o‘tishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:

    • ta’lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so'zi bilan aniqlanadigan ma’naviy o‘lcbovga ega;

    • ta’lim menejmenti - bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar katta rol o‘ynaydi);

    • menejment mazmunida o‘z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o‘zaro dialektik birligi;

    • ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.

    Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, endilikda ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o‘tildi. Davlat-jamoatchilik boshqaruvining maqsadi - ta’lim muassasalarining dolzarb masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda ota- onalarga ta’lim dasturlarini, turlarini, ta’lim muassasalarini tanlashda huquq va erkinlik berishni kengaytirishdan iborat.

    Download 3,04 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   152




    Download 3,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    Download 3,04 Mb.