• Ota-onalarni ikkinchi vazifasi
  • Ota-onalar o’rtasidagi mojaroli vaziyatlar




    Download 3,04 Mb.
    bet68/152
    Sana07.01.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #131775
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   152
    Bog'liq
    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    Ota-onalar o’rtasidagi mojaroli vaziyatlar. Ota-onalar o’rtasidagi mojaroli vaziyatlar – bu ota-onalar tomonidan bola tarbiyasiga turlicha yondashuvdir. Mojaroli vaziyatlarni hal etish uchun quyidagilarga rioya qilish kerak.
    Ota-onalarni birinchi vazifasi - umumiy qarorga kelish, bir-birini ishontirishdir, aga ota yoki ona biror-bir qarorni qabul qilishdan oldin ikkinchi tomonni fikrini ham hisobga olishi lozim.
    Ota-onalarni ikkinchi vazifasi – bola ota-onalarini qarashlarida ma’yuslikni ko’rmasligi kerak, muammolarni alohida muhokama qilish zarur.
    Bola juda tez aytgan fikrlarni o’lashtiradi va o’ziga xos holda ulardan foydalanadi.Ota-onalar qaror qabul qilishda birinchi o’ringa o’zlarini qarashlarini emas, balki bolaga foyda keltirishni o’ylashlari kerak. Kattalar va bolalar o’rtasidagi muloqotda quyidagilarga amal qilish lozim. Bolani qanday bo’lsa, shunday holda qabul qilish kerak. Kattalar bolalar ko’zi bilan muammolarga qarashlari va ularni holatlarini bilishlari kerak. Ota-onalar farzandlarini, ularni hech narsaga (hunukligi, sho’xligi, epchill emasligiga) masdan yaxshi ko’radilar. Bola qanday bo’lsa, shundayligicha qabul qilinadi. Agar bola ota-onalarni xoxish va istaklariga mos bo’lsa ya’ni yaxshi o’qisa, a’lo xulіli bo’lsa, agarda bola ota-onalarni talabalariga javob bermasa, bunda bolalarni ota-onalar o’zlaridan uzoqlashtiradilar va ularni munosabatlari yomon tomonga o’zaro boradi. Bu esa sezilarli qiyinchiliklarni keltirib chiіaradi, bola ota-onalariga ularni mehribonliklariga ishonmaydi.
    Ayrim oilalarda bola ota-ona tomonidan umuman qabul qilinmaydi. Ular bolaga nisbatan befarq bo’ladilar va uni o’zlaridan itaradilar (masalan: ichkilikka berilgan oila). Lekin yaxshi tinch oilalarda ham bolaga nisbatan befarqlik holatlari uchraydi (masalan: kutilmagan farzandni tug’ilishi, ona chiroyli lekin qizi xunuk bu esa onani g’ashiga tegadi).
    Oilada bolani tarbiyalashda uchraydigan xatoliklar turli tumandir. Ular orasida keng tarіalganlaridan biri ota-onalarning xaddan tashіari obro’talabliklari, xukmronlikka intilishlaridir. Bolaning har bir іadami nazorat ostiga olinsa, uning xulqidagi mustaqillik yo’ііa chiіariladi. Bolada o’z kuchiga va imkoniyatlariga ishonch yo’qoladi. Ichki istak va intilishlar shakllanmasdan itoat qilish talablari bilan boshlab turadi.
    Oilaviy tarbiyadagi xatolikning turlaridan yana biri, bolalarning erka bo’lishi, ularga nisbatan biror talabning yo’іligi bilan boqliі. Bu holda ota-onalar ba’zan bolalarning imkoniyatlariga yetarli baho berishmay va ularning ko’pgina ishlarini o’zlari bajarishadi. Natijada bolada mustaqillik, mehnat qilish ishtiyoqi, topshirilgan ishga ma’suliyat hissi rivojlanmaydi. Bola o’z ishini tanlay olmaydi, uni oxirigacha yetkaza olmaydi, erksiz bo’lib qoladi.
    Qiyinchiliklarning yana biri shundan iboratki, ota-onalar tarbiyada hamma narsa sababli va shartli ekanligini, tarbiya uzoq jarayon bo’lib, bu jarayonda bir qator o’zaro uzoq jarayon bo’lib, bu jarayonda bir qator o’zaro bog’liq bo’lib, vosita va uslublar bo’lib, ulardagi biror bo’limning tushib qolishi tufayli jarayonning normal o’tishi buzilishi va tarbiya natijasi buzilishini tushunmaydi. Ota-onalar bu holning muhimligini hisobga olmay, ko’pincha, bola «birdan» buzilib qoldi, deb arz qiladilar. Bolalarni oiladagi tarbiyasidagi xatolarning bir turi ona yoki ota, buvi, buva va boshqalar tomonidan tarbiyada yagona talabalarning yo’qligidir. Bunday oilalarda bolalar kattalarning qarama-qarshi fikrlariga moslashishga xarakat qiladi. Bu esa bolada ikkiyuzlamachilik. Xushomadgo’ylik vash u kabi salbiy xislatlarning shakllanishiga sabab bo’ladi.
    Oilada bola shaxsini shakllantirishda oila boshliqlari bilan bolalarning o’zaro yaxshi munosabati, oiladagi bolalarning o’zaro munosabatlari turli tarbiyalangani ota-onaning bolalar tarbiyasiga barobar jonkuyarligi, oilada o’rnatilgan turli tartib va yaxshi odatlar, ota-onaning mehnatga, ijtimoiy hayot xodisalargia turli munosabatda bo’lishlari muhimdir. Bola tarbiyasida ota – onaning bir – biriga munosabati, o’zlarini tuta bilishlari muhimdir, oilada muomalaning barcha qoidalariga amal qilinishi lozim. Kattalarga hurmat, kichiklarni avaylash, bir –biriga mehribonlik, ayniqsa ayollarni izzat qilish odatga, qoidaga aylanib borishi kerak.
    Bolalarga onani hurmat qilishni, unga mehribon bo’lishni o’rgatish otaning muhim vazifasi.
    Odatda o’g’il bola otasiga, qizlar esa onasiga o’xshashga, ulardagi yaxshi xislatlarni o’ziga singdirishga harakat qiladi. Ota ham, ona ham, bolani tarbiyalashga o’z hissalarini qo’shadilar. Ona mehribon, ko’ngilchan bo’lsa, ota – kuch qudrat, jasurlik, bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishi uchun qayg’ursa, ona – yurish - turish, muomala, his to’yg’u, nafosat uchun tashvishlanadi. Ota ham ona ham bolaning aqliy, axloqiy jismoniy kamoloti uchun baravar javobgar, chunki, ularning birdan - bir maqsadi shaxsni tarbiyalashga qaratilgandir. Bola shaxsini shakllanishida sog’lom oilaviy muhit katta ahamiyatga egadir. Oilada ota – onalar o’rtasidagi o’zaro hurmat, ishonch va vafo – sadoqat bolalar quvnoq, xushchaqchaq o’sishlariga, normal tarbiyalanishlariga, xonadonda sog’lom muhit yaratilishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
    Oila a’zolari hurmatini o’rniga qo’yishlari, bir – birlari uchun jon kuydirishlari, yaxshi munosabatda bo’lishlari kerak. Oilada hamisha samimiyat va ko’tarinki ruh hukmron bo’lsa, oila a’zolarining kayfiyatiga ijobiy ta’sir etadi. Qaysi olida nohaqlik, asabiylik, hukmron ekan, unda halovat ham bo’lmaydi. Oiladagi arzimagan janjal ham dastavval bolalarning psixik holatiga ta’sir qiladi, ularda yomon odatlar hosil bo’lishiga olib keladi. Bolalar ulg’aygach, ular ham qush uyasiga ko’rganini qiladi qabilida ish tutishadi. Ota – ona bir – birini behurmat qilmasligi, obo’o’larini tushirmasligi, oilaviy nizolarni bola yo’q vaqtida bartaraf etishlari shart. Bola yomon yoki yaxshi hulіli, fe’l atvorli bo’lib tug’ilishmaydi. Uning o’sib borishi jarayonida oila muhiti, ota – onaning, kishilarning, atrof – muhitdagi munosabatlarning ta’siri hal qiluvchi rol o’ynaydi. Oiladagi totuvlik, hamjihatlik, bu o’zaro hurmat va yordam, shirinsuhanlik, mehnatsevarlik va to’g’rilik bolaga ijobiy ta’sir qiladi.

    Download 3,04 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   152




    Download 3,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ota-onalar o’rtasidagi mojaroli vaziyatlar

    Download 3,04 Mb.