• 8.6. Ta’lim metodlarini tanlab olish shartlari
  • Evristik “eksperimentlar” metodida




    Download 3,04 Mb.
    bet64/152
    Sana07.01.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #131775
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   152
    Bog'liq
    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    4.Evristik “eksperimentlar” metodida tanlangan ob‟ekt ustida eksperimentlar, tajribalar o„tkazilib xulosalarga kelinadi. Informatikani o„qitishda bu metoddan foydalanib, buyuk ajdodlarimiz tomonidan kashf etilgan matematik formulalarni, qoidalarni konkret qiymatlarda sonli eksperimentlarda tekshirish vazifasi o„quvchilarda qiziqish uyg„otishi tabiiy. Natijalar hozirgi zamonaviy yaxborot texnologiyalaridan foydalanib olingan qiymatlar bilan solishtiriladi. Bir necha asrlar avval olingan ilmiy natijalarning to„g„riligini o„zlari aniqlaganlarida, o„quvchilarda milliy g„urur, iftixor tuyg„ulari uyg„onadi.
    Hozirgi vaqtda o‘qituvchilar qo‘lida barcha o`quv fanlari bo‘yicha didaktik o‘yinlarning ishlanmalari mavjud, ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yaratilgan o`quv dasturlarda turli didaktik o‘yinlarning ro‘yxati yetarli darajada ko‘rsatilgan. Ta’limning globallashuvi ta’limiy va rivojlantiruvchi xarakteriga ega va yo‘nalishi jihatidan xilma-xil bo‘lgan kompyuter o‘yinlarining maktab amaliyotiga jadal kirib kelishini ta’minlamoqda. Didaktik o‘yinlar o`quvchilarga ijtimoiy-foydali mehnat hamda o‘qish ko‘nikmalarini faol o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlarning ahamiyati uning natijasi bilan emas, balki jarayonning mazmuni va uning kechishi bilan belgilanadi. O‘yinlar bolalarni ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ularning turli psixologik zo‘riqishlarini kamaytiradi. Didaktik o‘yinlardan foydalanilganda o`quvchilarning manfaatdor bo‘lishlari ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan taqdirdagina ularni taqdirlash mumkin. Aksincha, metodik jihatdan puxta asoslanmagan hamda shunchaki tashkil etilgan o‘yin ijobiy natija bermaydi.
    8.6. Ta’lim metodlarini tanlab olish shartlari
    Pedagogika fanida o‘qituvchilarning amaliy tajribasini o‘rganish va umumlashtirish asoida ta’lim metodlarini tanlashga o`quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog‘liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim: zamonaviy didaktikaning yetakchi g‘oyalari, ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning umumiy maqsadlari; o‘rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o‘ziga xosligi; xususiy fanlar metodikasining o‘ziga xosligi va umumdidaktik metodlarni saralashga qo‘yiluvchi talablarning o‘zaro aloqadorligi; muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni; u yoki bu mavzuni o‘rganishga ajratilgan vaqt; o`quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi; o`quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi; o`quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlanganlik darajasi, jihozlar, ko‘rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi; o‘qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik darjasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari; o`quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o‘rnatilganligi.
    O‘qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma-ketlikda og‘zaki, ko‘rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshqarish metodlarini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlarini tanlash borasida aniq yechimlar qabul qiladi.

    Download 3,04 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   152




    Download 3,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Evristik “eksperimentlar” metodida

    Download 3,04 Mb.