|
Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika
|
bet | 62/152 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #131775 |
Bog'liq Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika8.5. Everestik metodlar
Evristik ta’lim metodini qo’llashda o’qituvchi tomonidan turli vositalar yordamida yangi bilimlarni izlab topish talab etiladi. O’qituvchi bilimlarning bir qismini o’quvchilarga ma`lum qiladi, qolganini esa o’quvchilar bilish topshiriqlarini yechish jarayonida savollariga javoblar topish asosida o’zlashtiradi, o’zlari bilimlarni mustaqil egallashadi.
O’qituvchi tomonidan qo’yilgan masalani bir necha qarashlarga ajratilishi, ularni bajarishda o’quvchilarning ketma-ketlikka rioya etishlari muhim metodik jihat sanaladi. Shu bois mazkur metod qisman izlanuvchan metod ham deb ataladi.
O’quvchilarda fanning turli sohalaridan iloji boricha kengroq ma’lumotlarni o’zlashtirishi bilan birga ularda mustaqillik, hayotga ijodiy munosabat malakalarini tarkib toptirishi kerak. Ana shu maqsadda o’qitishni o’quvchilarning u yoki bu shakldagi ta’limiy faoliyati tadqiqotni eslatadigan, o’quvchilar uchun “kashfiyotlar” bilan tugaydigan, ya’ni ular mustaqil holda xulosa chiqaradigan va qandaydir amaliy vazifani hal qiladigan metodlarga asoslanish taklif etiladi. Evristik ta‟lim texnologiyalari ta‟lim jarayonida o’quvchilarni zarur bilimlarni o’zlari izlanib topishi, ijodiy fikrlashi, mustaqil ishlashi, bilim va ko’nikmalarni yangi vaziyatlarda qo’llashi, xulosa chiqarishlariga yo’naltiradigan pedagogik texnologiyalardandir.
“Evristika” so’zi qadimgi yunon tilidan olingan bo’lib, “izlayman”, “kashf qilaman” degan ma’noni bildiradi. “Didaktik evristika” atamasi “evristika” atamasidan ma’no bo’yicha farqlanadi. Keng ma’noda evristika – insonlarning izlanayotgan sohalar: kibernetika, psixologiya, kriminalistika, tibbiyot, falsafa va boshqalarda yangi natijalar olish maqsadida qilayotgan ijodiyoti, ijodiy faoliyati haqidagi fan. Fan sifatida evristika yangilikni kashf etish jarayonlarini tushuntirish, tizimga solish va bashorat qilishni maqsad qilib qo’ygan.
Didaktik evristikaning esa maqsadi esa – o’quvchi va o’qituvchilarning ta’lim mahsullarini yaratishga qaratilgan faoliyati orqali ularning individual imkoniyatlarini ochib berishdir. Evristik ta’lim asoslari tarixi qadimgi yunon olimi Suqrot nomi bilan bog’lanadi.
Qadimgi Gresiyada evristika deganda Suqrot amaliyotga tadbiq etgan o’qitish usuli tushunilgan. Bu usul bo’yicha o’qituvchi o’quvchini savollar berish orqali masalaning yechimini mustaqil topishga olib kelgan. Evristik o’qitishga doir turli yondashuvlar Platon, Arximed, R.Dekart, A.Puankare, Ya.A.Komenskiy, J.Dyui va boshqalarning ishlarida o’z aksini topgan. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab evristika masalalari bilan Yu.K.Kulyutkin, O.K.Tixomirov, I.Myuller, P.Ya.Galperin, S.O.Gruzenberg, I.M.Rozet, Ya.A.Ponomaryov, V.N.Pushkin, G.S.Altshuller, J.Adamar kabi olimlar shug’ullanishgan. Rus olimi V.I.Andreev tomonidan evristik metodlar tizimlashtirilgan, ularni qo’llash tamoyillari va qoidalari o’rganilgan.V.I.Andreev tomonidan ishlab chiqilgan evristik o’qitish asoslari fizikani o’qitish jarayonida tajribadan o’tkazilgan. A.V. Xutorskoy tomonidan esa bu tadqiqotlar davom ettirilib, evristik o’qitish metodlarini barcha fanlarga tadbiq etish tizimi taklif etilib, evristik ta’lim nazariyasi – didaktik evristika asoslari ishlab chiqilgan.
Informatikani o’qitishda o’rganilayotgan ob’ektning yangi qirralarini ko’ra bilishga o’rgatadi, mustaqil fikrlashga, ijodiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi. Evristik metodlardan bir nechasi bilan tanishamiz.
|
| |