|
“Ramziy akslantirish” metodi
|
bet | 63/152 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #131775 |
Bog'liq Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika1. “Ramziy akslantirish” metodi. Ushbu metodda ob‟ekt o’quvchilar tomonidan hissiy-ramziy nuqtai nazardan tadqiq qilinadi. Tanlangan ob’ekt va uning ramzi orasidagi bog’lanishlar izlanadi, ob’ektning grafik, belgili, so’zlar orqali biror ko’rinishda ramzini yaratish talab etilib, eng asosiysi, bu ramzni talqin etish, asoslab berish hisoblanadi. Metodning maqsadi o’zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to’plangan ma‟lumotlarni umumlashtira olish, ularni rasm, chizma ko’rinishida ifodalay olishga o’rgatish, tahliliy va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirish, yaratuvchanlik, tasavvurni shakllantirishdan iborat. Informatikaning “Grafik muharrirlar” mavzusiga oid topshiriqlar:
A) “O’z shahringiz gerbini yarating”; B) “O’z shahringiz bayrog’ini yarating”; V) “Matematika fani emblemasini yarating”; G) “Informatika emblemasini yarating”.
2. “Evristik savollar” metodi Bu metodda tanlangan hodisa yoki ob’ekt to’g’risida ma‟lumot to’plash maqsadida 7 ta tayanch so’roq so’zlari asosida savollar tuzish talab etiladi. Kim? Nima?Qaerda?Qachon?Qanday?Qay tarzda?Nima uchun?so’roqlari bilan boshlanuvchi savollar tuzish va ularga javob topish jarayonida yangidan-yangi “Qachon va qay tarzda?” “Kim va qachon?”, “Kim va nima uchun?” kabi savollar yuzaga keladi. Bunda eng original, betakror savollar va aniq javoblar yuqori baholanadi. Maqsad – o’rganilayotgan ob’ektning mazmun-mohiyatiga chuqur kirib borish, o’quvchilarning tahliliy va mantiqiy fikrlash malakasini oshirishdan iborat. Informatika faniga oid topshiriqlar: A) “Axborot tushunchasiga oid evristik savollar tuzing”. B) “Algoritm tushunchasiga oid evristik savollar tuzing”.
3.“Obrazli akslantirish” metodida ob’ekt hissiy-obrazli tadqiq qilinadi. O’quvchi tanlangan ob’ektni tahlil qilish yoki kuzatish natijasida uning o’z tasavvuridagi matnli yoki grafik ko’rinishdagi obrazini yaratishi talab qilinadi. Ushbu metoddan ko’zlangan maqsad o’quvchilarda obrazli tafakkurni, tahliliy fikrlashni rivojlantirish, ularning tasavvuri, xayoloti va dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlashga o’rgatishdir. Informatikaning Power Point bo’limiga oid topshiriq sifatida “obrazli akslantirish” evristik metodi asosida Vatan haqidagi she’rlarga mos, uning mazmunini grafika, ovoz, animatsiyalar yordamida yoritib beruvchi animatsion rolik tayyorlash vazifasini qo’yish mumkin. Masalan, O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning: Yomg’ir yog’ar shitirlab, Nurmi, ipaktolalar, Bahor kelsa qiqirlab, Qirga chiqar lolalar, Lolalar har joyda bor Bizda bori qayda bor! Bizning bo’ston qayda bor, Shohimardon qayda bor, So’lim Surxon qayda bor, Samarqand non qayda bor-a, O’zbekiston qayda bor?! Kabi misralar o„rinolgan “Qaydabor” she‟riga yoki xuddi shundayona Vatan madhi etilgan «Rimni alishmasman beda poyangga», «Parijning eng go„zal restoranlarin, bitta tandiringga alishmasman men», «Bahorda Baxmalda tug„ilgan qo„zing, arab ohusidan azizroq menga» degan ta‟sirchan ta‟riflardan iborat «Iqror» kabi she‟rlarga mos taqdimotlar yaratish jarayonida o„quvchilarda milliy g„urur, tug„ilib o„sgan aziz Vatani va uning
so„lim tabiati, tarixi, qadriyatlari bilan faxrlanish tuyg„ulari shakllantiriladi. Yana bir topshiriq. “Kompyuterda grafik ob‟ektlar bilan ishlash” bo„limiga topshiriq sifatida biron bir o„zbek xalq maqolining mazmuniga mos rasmlar tanlab, fotokollaj tayyorlash, ya‟ni bir necha rasmlardan foydalanib, yagona yaxlit tasvir hosil qilish vazifasi o„quvchilarga topshiriladi. Maqollar xalq og„zaki ijodining ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo„lgan janridir. Har biri tilimiz ko„rkini, nutqimiz nafosatini, aql-farosat va tafakkurimiz mantiqini namoyish etgan va namoyish eta oladigan bunday badiy satralari xalqimizning ko„p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining bamisoli bir oynasidir. Maqollarda ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, etik va estetik tuyg„ulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashganligi sababli, ulardan ta‟lim jarayonida foydalanish o„quvchilarda yuksak ma‟naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirishga xizmat qiladi.
|
| |