|
O‘zbekistonda oila pedagogikasining asosiy vazifalari. Oilaning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi. Oila tarbiyasi. Bolalar tarbiyasida oila, maktab, mahalla hamkorligi
|
bet | 71/152 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #131775 |
Bog'liq Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika9.3.O‘zbekistonda oila pedagogikasining asosiy vazifalari. Oilaning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi. Oila tarbiyasi. Bolalar tarbiyasida oila, maktab, mahalla hamkorligi.
Mamlakatimizda ijtimoiy-iіtisodiy va ma’naviy-madaniy jabhalarda amalga oshirilayotgan tub isloxotlar jarayonida oila masalasiga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Albatta bu bejiz emas, chunki porloq ertamiznnng tamal toshlari oilada qo’yiladi.
Mamlakatimizda 1998 yilning «Oila yili» deb e’lon qilinishi va shu munosabat bilan «Oila manfaatlarini ta’minlash borasida 1998 yilda amalga oshiriladigai chora-tadbirlar Davlat Dasturi» ning qabul qilinishi va amaliyotga tadbiq etilishi, Oliy Majlisning XI sessiyasida keng umumxalq muhokamasidan sung «Oila Kodeksi» ning bir ovozdan qabul qilinishi, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 2 fevraldagi 54-sonli іaroriga binoan Respublika «Oila» ilmiy-amaliy Markazining tashkil etilganligi hukumatimiz tomonidan oila farovonligi, tinch-totuvligi va barіarorligini ta’minlashga bo’lgan e’tiboridan dalolatdir.
Mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish davlatimiz siyosatining ustivor yo’nalishlaridan biri ekan, u quyidagi asosiy yunalishlarni o’z ichiga qamrab oladi:
-oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, oila manfaatlari huquqiy himoya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalik huquqlarini muhofaza qilish;
-oilaning ijtimoiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, oila a’zolarining sog’ligini muhofaza qilish va ta’lim darajasini oshirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash;
-oilaning iіtisodiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, oilaning daromadlarini, oila a’zolarining ish bilan ta’minlash darajasini oshirish, ro’zg’or yumushi va turmush sharoitlarini yaxshilash, kam ta’minlangan oilalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash;
-oilaning ma’naviy-ahloqiy asoslarini va madaniy
manfaatlarini takomillashtirsh uchun shart-sharoitlar yaratish;
-oilaning sog’lom, aіl-zakovatli yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirish har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalashda oila va jamiyatning vazifalarini takomillashtirish;
- oila muammolarini ilmiy va ijtimoiy tadqiі, etish, oila, xotin-qizlar va bolalarning iіtisodiy va ijtimoiy ahvolini ko’rsatuvchi statistika hisobotini to’plash va takomillashtirish.
Darhaqiqat, Vatanimiz mustaqilligining qisqa davri ichida oila, onalik va bolalikni huquqiy manfaatlarini qonuniy muxofaza qilish, fuqarolarning huqіqiy madaniyatini oshirish, oilaning ijtimoiy-iіtisodiy manfaatlarini ta’minlash, uy mehnati va madaniy-maishiy turmush sharoitini yaxshilash, oilaning ma’naviy-ahloqiy asoslarini takomillashtirish, ko’p bolali, kam ta’minlangan, nochor oilalarni, nogironlarni, іarovchisiz keksalar, yolQizlarni, etim-esirlarni ijtimoiy qo’llab іuvvatlash, oilada ma’naviy va jismoniy barkamol shaxsni shakllantirish borasida keng іamrovli ishlar amalga oshiriladi.
Darhaqiqat, oila a’zolarining huquqiy savodxonligi va ma’naviy madaniyatini shakllantirish; har tomonlama sog’lom turmush tarzini qaror toptirish; oilaning ijtimoiy va iqtisodiy barqarorligi, farovonligiga erishish; oilada tadbirkorlikni keng yo’lga qo’yish; nogironlikning turli ko’rinishlarini oldini olish chora-tadbirlarini belgilash; oilada komil insonni tarbiyalash; yoshlarni umuinsoniy va milliy qadriyatlar mushtarakligida mustaqil hayotga tayyorlash tizimini yaratish va amalga oshirish zamirida oila masalalari bilan shug’ullanuvchi mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlari, oila, mahalla, maktab va jamoatchilik hamkorligini mustahkamlash; oilada sog’lom psixologik muhit yaratish zamirida oilada ba’zan uchraydigan jinoyatchilik, nikohning bekor qilinishi, giyohvandlik, nosog’lom e’tiqod, maishiy nopoklik, axloqsizlikning turli ko’rinishlarga yo’l qo’ymaslik kabi masalalar bugungi kunda oilalarni jamiyat talablari darajasida shakllanishi uchun zamindir.
Mamlakatimizda adolatli, huquqiy demokratik jamiyat іurish jarayoni shaxdam іadamlar bilan borayotgan bir sharoitda qonun ustivorligini ta’minlash zamirida oila a’zolarining huquqiy madaniyatini shakllantirish oila manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ustivor yo’nalishlaridan biriga aylanib qoldi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan іabul qilinayotgan Јonunlar, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Јarorlari, oila-nikoh munosabatlari, xotin-qizlar va bolalar huquqlari bo’yicha xalqaro konvensiyalar va deklaratsiyalar va boshqa huquqiy xujjatlarning mohiyatini chuqur anglash hamda o’z faoliyatlari jarayonida amal qilishga erishish jamiyatning huquqiy savodxonligini oshirishning garovidir. Buning uchun oilaning turli qatlamli a’zolari huquqiy ongi va dunyoqarashi darajasini o’stirish mexanizmini yaratish va amaliyotga keng tadbiі etish zarur. Chunki, huquqiy madaniyat darajasi yuksak jamiyatda oila, ona, ota va bola huquq va burchlari hamma vaqt Konstitutsiya bilan himoya qilinib, oila ajrimlariga, oilada uchraydigan sharqona ahloq normalariga zid sodir etiladigan ba’zi hatti harakatlarga yo’l іuyilmaydi.
Bu borada davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar butun dunyo tinchliksevar xalіlarning diііat-e’tiborini jalb qilmoqda. Jumladan, mustaqilligimizning qisіa davri ichida respublikamizda inson huquqlari bo’yicha Milliy Markaz, Oliy Majlis huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari Monitoringi instituti, Adliya vazirligi qoshidagi huquqiy yordam ko’rsatish Markazi, Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili-Ombudsmanning tashkil etilganligi oila, ota, ona va bola huquqiy manfaatlarini himoya qilishga іaratilgan muhim іadamlardir. Inson huquqlarini himoya qilish institutlarining asosiy maіsadi oila deb atalmish kichik jamiyatning huquqiy madaniyatini oshirishga, ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
Mamlakatimizda oila huquqlari xalqaro huquq normalariga mos ravishda muhofaza etilmoqda. Mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan oila-nikoh munosabatlari, xotin-qizlar va bolalar huquqlari bo’yicha xalqaro hujjatlar va deklaratsiyalarining ratifikatsiya qilinishi buning yaqqol namunasidir. Jumladan,Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi (BMT Bosh Assambleyasining 1948 yil 10 dekabrdagi 217 A(SH) rezolyusiyasi), Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari to’g’risidagi konvensiya (BMT Bosh Assambleyasining 1952 yil 20 dekabrdagi 640-son rezolyusiyasi), Bir xil qiymatdagi ish uchun erkaklar va xotin-qizlarga teng haі to’lash to’Іrisidagi (100) Konvensiya (XMT Bosh Konferensiyasining 34-sessiyasida 1951 yil 29 iyunda іabul qilingan), Onalikni ximoya etishga іaratilgan (103} konvensiya (Jeneva, XMT tomonidan 1952 yil 28 iyunda іayta ko’rib chiqilgan), Bolalar huquqlari to’Іrisidagi Konvensiya (BMT 43 Bosh Assambleyasi tomonidan 1989 yil 20 noyabrda), Fuqarolik huquqlari va siyosiy huquqlar to’Іrisidagi xalіaro pakt (BMT Bosh Assambleyasining 1966 yil 16 yanvardagi 2200-rezolyusiyasi), Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini tugatish to’Іrisidagi Konvensiya (BMT Bosh Assambleyasining 1979 yil 18 dekabrdagi 34, 180-son rezolyusiyasi), Bolalarning yashashini, himoyalanishini va rivojlanishini ta’minlash to’g’risidagi umumjahon Deklaratsiyasi, boshqa mamlakatlarga bolalarni uQirlab ketishning fuqarolik jihatlari to’g’risidagi Gaaga konvensiyasi (Gaaga 1980 yil 25 oktabr), 1995 yilda Pekinda 4-Butunjahon xotin-qizlar konferensiyasida qabul qilingan xotin-qizlarning ahvoli bo’yicha asosiy harakatlar dasturi mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni xalqaro normalariga mos holda muhofaza qilish borasidagi dastlabki muhim qadamlardir, maqsad har bir fuqaroning, har bir oila a’zosining huquqlarini himoya etilishini xalqaro huquq normalari doirasida yo’lga qo’yishga erishishdir
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekistonda oila pedagogikasining asosiy vazifalari. Oilaning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi. Oila tarbiyasi. Bolalar tarbiyasida oila, maktab, mahalla hamkorligi
|