|
Oila pedagogikasining metodologik asoslari. Oila pedagogikasining shakllanish jarayonlari haqida
|
bet | 69/152 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #131775 |
Bog'liq Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika9.2.Oila pedagogikasining metodologik asoslari. Oila pedagogikasining shakllanish jarayonlari haqida.
Axloq kishilarning xulі-atvor normalari va qoidalarini, ularning o’z-o’ziga boshqa kishilarga, mehnatga, jamiyatga munosabati kabi axloqiy tushunchalarni o’z ichiga oluvchi ijtimoiy ongning shakllaridan biridir. axloq tarixiy xususiyatga ega, chunki u kishilik jamiyatida avlodlar tomonidan to’plangan axloqiy tajribalar va munosabatlarni aks ettiradi. Axloq ilmiy yaxshilik bilan yomonlik o’rtasidagi muammolar haqida bahs yuritib, insonlarning kamolatga erishish yo’lini yoritib boradi. Har bir inson bir olam bo’lgani kabi uning axloq odobi ham juda murakkab olam desak yanglishmaymiz. Chunki shaxsning ichki va tashqi olamini o’rganish, bilish, tahlil qilish g’oyatda murakkab, bu ruhiyat bilan bog’liіq holatdir. Axloqli, odobli komil insonda odamiylikning eng yaxshi xislatlari: mehr-muhabbat, rahm-shavqat, adolatu-diyonat, hayoyu-iffat, imon-e’tiqod kabilar mujassam bo’ladi, ayni paytda shu xislatlarning aksi-beburd, axloqsiz kimsalar fe’lida ko’rinadi. Har bir xalqning nufuzi va obro’-shuhrati kishilarning axloq -odobi, yaxshi xislat fazilatlari bilan belgilanadi.
Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat o’z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim degan g’oyani ilgari surgan edilar. Ular o’z fikrlarini farzand tarbiyasi jamiyat ma’nfaatlari bilan bog’liq deb isbotlamoqqchi bo’lganlar. Shunga ko’ra bola tarbiyasi bilan asosan davlat shug’ullanishi kerak, degan g’oya ilgari surilgan. Ammo, sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan asosan ota-ona shuqullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e’tibor berganlar.
Eramizdan avvalgi 528-529 yillar orasida buyuk mutafakkir Zardusht tomonidan yaratilgan “Avesto” kitobida ham ta’lim-tarbiyaga, axloq -odobga oid qator g’oya va qarashlarni ko’rish mumkin. “Avesto”da ta’kidlanishicha, tarbiya hayotning tayanchi, shu boisdan har bir yoshni yaxshi o’і ish va yozishga o’rgatish lozim. Uni yosh paytidanoq mehnat qilib, mehnatning tagi rohat ekanligini anglatish uchun daraxt ko’chati o’tkazishga, uy-ro’zQor qurollari yasash, yerga ishlov berish va chorva bilan shug’ullanishga o’rgatilishi shart. Zotan uning fikricha yaxshi va ezgu ishlar yaratish uchun kishi mehnat qilishi zarur, o’z qo’llari bilan moddiy noz-ne’matlar yaratmas ekan, u yashash lazzatini ham his qilmaydi, hayotning qadriga ham yetmaydi.
U yuqoridagi fikrni davom ettirib, “Inson nafaqat mehnati tufayli o’zini va oilasini boq adi, balki unda yerga va yurtga bo’lgan muhabbati ham paydo bo’ladi. Zotan har bir inson o’zi o’sibІulІaygan zaminni, mamlakatni eng yazshi va go’zal mamlakat deb tushunmoQi kerak”. Uning bu fikrlaridan har bir inson faі at o’zining emas balki farzandlarini ham mehnatsevar і ilib tarbiyalashi lozim. Chunki mehnatsevar bo’lmasdan turib, o’z yerini, o’z Vatanini seva olmasligi tabiiy.
Qur’oni Karim, Hadisi Shariflarda oila va oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiyaga oid bir butun izchil іarashlar tizimi mavjud bo’lib, u o’z ichiga oilaning shakllanishi, rivojlanishi va mustaxkamlanishiga іaratilgan barcha jihatlarni іamrab oladi. Bu іarashlar ilohiyot nuqtai nazaridan o’rtacha qo’yilsada ular kishilarning turmush tarzlari, oilaviy munosabatlari talabidan kelib chiі ganligi uchun ham kundalik turmushga muvofiі dir. Islomda oilaviy tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari ham ko’rsatib o’tiladi. Bu xususiyatlar musulmonchilik talablaridan kelib chiqqan bo’lib, insonni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash haqidaga umumiy g’oya bilan bog’liq . Musulmon oilalarida kuyov va kelinning avlod-ajdodlarining kelib chiі ishini o’rganish, jismoniy va ma’naviy poklikga e’tibor berish an’anaga aylangan. Islomiy ma’naviyatda bolani oilada axloqiy tarbiyalash haqidagi іarashlar insoniylikga, ezgulikga va yaxshlikga da’vat etgan uchun ham umuminsoniy mazmunga egadir. Shunga ko’ra, islom musulmonlariga xos bo’lgan diniy іadriyatgina bo’lib qolmasdan, balki umuminsoniy іadriyatdir. Milliy mustaqillik natijasida dinga va diniy qadriyatlarga bo’lgan munosabat tubdan o’zgardi va u oilada bolalarni axloqiy tarbiyalashning muhim omillaridan biriga aylanib, oilada tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga yordam bermoqda.
Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya, oila va oilaviy tarbiya haі idagi іarashlari islom mafkurasi va uning qobiQida shakllangan. Sharі mutafakkirlari ijodida aks etgan umuminsoniy g’oyalar islomiy ma’naviyat bilan hamohangdir.
Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida oila va oilada farzand tarbiyasi masalalariga katta e’tibor berganlar. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Muhammad qoshІariy, Yusuf Xos Xojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Xusayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning іator asarlarida bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari o’rtaga qo’yilgan va ularni hal etish yo’llari ko’rsatib berilgan.
Oilada bola tarbiyasi masalasi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy qarashlarida ham mavjuddir. Uning aytishicha, “Ota-onalar ikki xil: tug’ilish otasi va ta’lim berish otasi: birinchisi jismoniy hayot sababli, ikkinchisi ruhiy hayot sababli”. Shunga ko’ra ularni o’zviy birlikda olib іarash tarbiya ishida muhim ahamiyatga molikdir. Uning quyidagi so’zlari anchayin ibratlidir: “Zamondan yaxshiroq ta’lim beruvchi muallimni, insondan yaxshiroq talim oladigan o’quvchini ko’rmadim”. Uning bu so’zlaridan bir tomondan ijtimoiy muhitni bola tarbiyasi uchun hal і iluvchi ta’sirini anglasak, ikkinchi tomondan inson shaxsi ta’lim natijasida kamolotga erishib borishi mumkinligini sezamiz.
|
| |