|
Ta’lim muassasasining Ustavi quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega
|
bet | 77/152 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #131775 |
Bog'liq Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogikaTa’lim muassasasining Ustavi quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega:
Ta’lim muassasasi haqidagi qisqacha ma’lumotlar.
Ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari.
Ta’lim muassasasini boshqarish:
ta’lim muassasasini boshqarishning oshkoralik, demokratik va o‘z-o‘zini boshqarish asosida amalga oshirilishi;
Pedagogik jamoa Kengashi;
Direktorning huquq va burchlari;
Direktorning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining huquq va burchlari;
Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining huquq va burchlari.
O‘quv-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish:
ta’lim mazmunining davlat ta’lim standartlari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlari asosida belgilanishi;
o‘quv jarayonini tashkil etish;
iqtidorli yoshlar bilan ishlash;
ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish tartibi;
qo‘shimcha pulli mashg‘ulotlarni joriy etish;
kunlik ish tartibi (seminar, mashg‘ulotlarning davom etishi, tanaffuslar, uy vazifalarini berish tartibi va h.o.).
O‘qituvchining huquq va burchlari.
O‘quvchining huquq va burchlari.
O‘quv-ishlab chiqarish ta’limi ustalari, ma’muriy hamda yordamchi xodimlarning huquq va burchlari.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va mas’uliyatlari.
Ta’lim muassasasining moddiy va moliyaviy xo‘jalik ta’minoti.
10.3.Ta’lim muassasasining ichki boshqaruvi.
Pedagogik Kengash - ta’lim muasasasasining boshqaruv organi. Ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, muassasa faoliyati bilan bog’liq barcha tashkiliy masalalami muvofiqlashtirish, o’qituvchi va o’qituvchilaming kasbiy mahorati va ijodkorliklarini o'stirish maqsadida pedagogik xodimlami birlashtiruvchi pedagogik Kengash faoliyat ko‘rsatadi. Pedagogik Kengash ta’lim muassasasi jamoasining yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
Pedagogik Kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
Ta’lim muassasasining tayyorlangan muhim hujjatlarini muhokamadan o‘tkazadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi;
Ta’lim muassasasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda uni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilaydi;
Ta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlami qabul qiladi;
Ta’lim muassasasi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha yot-yo‘riqlami ishlab chiqadi;
Pedagogik jamoaning ma’lum yo’nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va yaknniy xulosa chiqaradi;
Ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi uchun o‘z vakolati doirasida me’yoriy talablami ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi.
|
| |