IJTIMOIY ADAPTATSIYA (Yunoncha «adapto» - moslashish) – anomal bolalarning individual va guruhli xulqlarini jamoatchilik qoidalari va qadriyatlari tizimiga mos kelishini ta’minlash. Anomal bolalar uchun ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish qiyin, sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga mos ravishda javob qaytarish qobiliyati past, shu bois murakkab talablarni bajarishga ularning layoqati yetmaydi. Ijtimoiy adaptatsiya bolalarga ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi.
OILAVIY TARBIYA Reabilitatsiya ni samarali tashkil etish omili. Oila va maktabning hamkorlikdagi harakatlari anomal bolani ijtimoiy faoliyatga jalb etish, uning mehnat qobiliyatlarini aniqlash va imkoniyat darajasida kasb ko‘nikmalarni shakllantirishni ta’minlaydi
Shuningdek, Wikipedia.org internet ensiklopediyasida maxsus ta’limga muhtoj shaxslar quyidagi turlarga bo‘lingan: aloqa faoliyatining buzilishi (ko‘r, kar, soqov), aqliy faoliyatning buzulishi, jismoniy imkoniyati cheklanganlik (mo‘rt suyak kasalligi, yarim miya falaji, mushak distrofiyasi kabilar) va rivojlanishida nogironlik belgilari mavjud insonlar1.
Aqliy va psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan o‘quvchilarni Korreksion o‘qitish.
Psixik rivojlanishdan ortda qoluvchi bolalarning psixologik-pedagogik tavsifnomalari. Tadqiqotlar predmetlarni o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilar orasida psixik rivojlanishi ortda qolgan, yaqqol ifodalanmaydigan sensorli, intellektual, nutqiy buzilishlarga ega bolalar mavjudligi, buning sababi markaziy nerv tizimi shikastlanishining asorati, minimal miya diafunksiyalari ekaniligini ko‘rsatadi. Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar predmetlarni o‘zlashtira olmaydиган o‘quvchilarning taxminan 50 foizini tashkil etadi.
PROQ (Psixik rivojlanishi ortda qolgan) ni bolalar rivojlanishini ko‘rsatuvchi anomaliya sifatida o‘rganish ХХ asrning 50-yillarning oxirida boshlanib, 60-70-yillarda keng ommalashdi.
Tadqiqotchilar (G.B.Shoumarov, K.S.Lebedinskaya) PROQning quyidagi to‘rt variantini keltiradilar:
|