• 11- MAVZU. KORREKSION PEDAGOGIKA ASOSLARI REJA
  • Tayanch tushunchalar
  • Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika




    Download 3,04 Mb.
    bet81/152
    Sana07.01.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #131775
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   152
    Bog'liq
    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    NAZORAT UCHUN SAVOLLAR

    1. Pedagogik Kengashning vazifalari nimalardan iborat?

    2. Ta’lim muassasasida metodik ishlar qay tarzda amalga oshiriladi?

    3. Metodik Kengash va metodik btrlashmalarning faoliyati haqida gapirib bering.

    4. Pedagog kadrlar malakasini oshirishdan maqsad nima? U qanday amalga oshiriladi?

    11- MAVZU. KORREKSION PEDAGOGIKA ASOSLARI


    REJA:



    1. Korrektsion pedagogika pedagogik fanlarning tarmog‘i sifatida.

    2. Korrektsion (maxsus) pedagogikaning asosiy vazifalari, tamoyillari va metodlari.

    3. Anomal bolalar va ularning umumiy tavsifi.

    4. Aqliy rivojlanishi, eshitish, ko‘rish, nutqida nuqsoni bor bolalar.

    5. O‘zbekiston Respublikasida anomal bolalarning ijtimoiy holati.



    Tayanch tushunchalar: Korreksion pedagogika, maxsus pedagogika, Anomaliya, Aqliy rivojlanish, surdopedagogika, oligafrenopedagogika tiflopedagogika, logopediya


    11.1. Korreksion pedagogika pedagogik fanlarning tarmog‘i sifatida.
    Ta’lim tizimi oldida ta’lim va tarbiya jarayonida har bir bolaning har tomonlama barkamol o‘sishini ta’minlashdek muhim va mas’uliyatli vazifa turadi. Maktabning pedagoglar jamoasi bu murakkab vazifani bajara borib ba’zan ayrim bolalarning o‘qishida qiyinchiliklari borligini ko‘radi, bu qiyinchiliklar bolalarning kamol topib borishdagi kamchiliklari oqibatida tug‘iladi, bunday kamchiliklar maktabda shu bolalarning o‘zlashtirmasliklariga olib keladi.
    Bolalarning kamol topib borishidagi kamchiliklar yoki anomaliya, g‘oyat xilma-xildir. Ular bolalarning psixofizik kamol topib borishining turli tomonlarida namoyon bo‘lib borishi: eshitish – nutq sistemasida, ko‘rib idrok etishda, intellektual, emotsional – irodaviy harakatlanish sohasiga taalluqli bo‘lish, turli darajada va turli sabablar tufayli kelib chiqishi mumkin.
    Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo‘lgan o‘quvchilarni Korreksion o‘qitish va tarbiyalash bilan Korreksion pedagogika (defektologiya) shug‘ullanadi.


    Maxsus ta’lim (maxsus yordamga muhtojlar ta’limi, ko‘makchi ta’lim nomlari bilan ham ma’lum) -bu maxsus metodlar orqali maxsus ta’limga muhtoj insonlarga induvidal farq va ehtiyojlarini to‘g‘ri yo‘naltirish imkonini beruvchi amaliyotidir.


    Ushbu tadbir alohida ehtiyojli shaxslarga jamiyatda yuqori muvaffaqiyatlarga erishishlari uchun maxsus ta’lim orqali yordam berish amaliyotiga asoslanadi (1784 yil Parijda birinchi maxsus maktab tashkil etilgen. Bu maktab xalqaro DisJeunes Aveugles instituti tarkibida bo‘lgan. Bu maktab dunyodagi birinchi ko‘rlar maktabi edi. Birlashgan qirollikda birinchi karlar maktabi barpo etilgan. 19-asrda imkoniyati cheklangan yoki normal insonga xos bo‘lmagan holatdagi insonlar uyda yashirin holda o‘qitilgan va bu haqidagi ma’lumotlarni Charls Dikens asarlarida uchratish mumkin).

    Download 3,04 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   152




    Download 3,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    Download 3,04 Mb.