|
Korreksion pedagogikaning kategoriyalari
|
bet | 84/152 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #131775 |
Bog'liq Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogikaKorreksion pedagogikaning kategoriyalari.
KORREKSIYA (Yunoncha tuzatish) bolaning psixik va jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish, yo‘qotish va pasaytirishni nazarda tutadi.
KORREKSION-TARBIYAVIY ISHLAR kategoriya sifatida shaxsning anomal rivojlanishi xususiyatlariga ko‘ra umumiy pedagogik ta’sir ko‘rsatish chora-tadbirlari tizimidan iborat. Korreksion–tarbiyaviy masalalarida sinf va sinfdan tashqari ishlarning barcha tur va shakllaridan foydalaniladi. Korreksion –tarbiyaviy ishlar anomal bolalarni o‘qitish jarayonida amalga oshiriladi va mehnat tarbiyasini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Mehnat ta’limi jarayonida faqat kasbiy malakalari emas, balki o‘z ishlarini rejalashtirish ko‘nikmalari, og‘zaki ko‘rsatmalarga amal qilish malakasi, ishning sifatini tanqidiy baholash va boshqa malakalari tarbiyalanadi. Kamchiliklarini tuzatish yordamida anomal bolalarning normal rivojlangan bolalar bilan aloqalari uchun sharoitlar yaratish muhimdir. Bir qator hollarda anomal bolalar uchun davolash-korreksion tadbirlar (davolash jismoniy mashqlari, masala, artikulyar va nafas olish gimnastikasi, dori-darmonlar qabul qilish va boshqalar) ni tashkil etish zarur bo‘ladi.
KOMPENSATSIYA (Yunoncha «compensatio» – o‘rnini to‘ldirish, tenglashtirish) organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funksiyalarining o‘rnini to‘ldirish yoki qayta qurishdir. Kompensatsiya jarayoni oliy nerv faoliyatining zahira imkoniyatlariga tayanadi.
IJTIMOIY REABILITATSIYA (Yunoncha «rehabilitas» – layoqati, qobiliyatini tiklash) tibbiy-pedagogik mazmunida anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlari darajasida ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, uni ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb etishni anglatadi. Bu rorreksion pedagogika nazariyasi va amaliyotida asosiy vazifa hisoblanadi.
Reabilitatsiya nuqsonlarini yo‘qotish va yumshatishga yo‘naltirilgan maxsus tibbiy vositalar hamda maxsus ta’lim, tarbiya va kasbiy tayyorlash yordamida amalga oshiriladi. Reabilitatsiya jarayonida kasallik oqibatida buzilgan funksiyalarning o‘rni to‘ldiriladi. Reabilitatsiya vazifalari anomal bolalarning turli kategoriyalari uchun maxsus o‘quv muassasalari tizimida hal etilib, unda o‘quv jarayonini tashkil etish xususiyatlari bolalarning anomal rivojlanishi xususiyatlariga qarab belgilanadi.
|
| |