• Tartibga solish - muvofiqlashtirish funksiyasi
  • Boshqaruv metodlari.
  • Iqtisodiy metodlar
  • Nazorat-tashxis funksiyasi




    Download 3,04 Mb.
    bet74/152
    Sana07.01.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #131775
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   152
    Bog'liq
    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    Nazorat-tashxis funksiyasi. Nazorat - bu boshqaruv jarayonining faol bosqichlaridan bin bo‘lib, s boshqaruvning barcha funksiyalari bilan bog‘liq boMadi. Umumiy holda nazorat rejalashtirilgan natija bilan haqiqiy erishilgan natijalarni o‘zaro solishtirish jarayoni bo‘lib, u faoliyatning muvaffaqiyatini aniqlashga imkoniyat yaratadi.
    Tartibga solish - muvofiqlashtirish funksiyasi pedagogik tizimning holatini zaruriy, belgilangan darajada ushlab turish, uni yangi sifat darajasiga ko‘tarish va pedagogik jarayonda yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklami tuzatish hamda pedagogik jarayon ishtirokchilarining xatti-harakatlarini tartibga solish uchun xizmat qiladi.
    Mazkur fimksiyalami amalga oshirishda boshqaruv metodlari muhim ahamiyat kasb etib, ular boshqaruv jarayonida xodimlar faoliyatini tashkil etish va ulami muvofiqlashtirishda qoTlaniladigan ta’sir etish yo‘llari va usullarining yig‘indisi hisoblanadi.
    Boshqaruv metodlari. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart- sharoitlarda ta’lim muassasalarini boshqarishga ko‘p darajada mos keladigan metodlaming to‘rt asosiy guruhi: iqtisodiy, tashkiliy- ma’muriy, ijtimoiy-psixologik va axborotlar to‘plasb metodlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
    Iqtisodiy metodlar o‘zaro bog'liq bo‘lgan iqtisodiy ko'rsatkichlarning yig‘indisini tavsiflab, bar bir ishchi va butun muassasa uchun aniq me’yorlar belgilash bilan birgalikda zamonaviy talablar darajasida faoliyat ko‘rsatishlari uchun sharoitlar yaratadi. Ta’lim muassasasi faoliyatini takomillashtirish, innovatsion jarayonlami kuchaytirish, ya’ni xodimlarning innovatsion faoliyatlarini tashkil etish, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining faolliklarini rivojlantirishda iqtisodiy metodlardan foydalaniladi.
    Rahbarlar tomonidan boshqaruv jarayonida, xodimlarning faoliyati batafsil o‘rganilgandan keyin, faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirish uchun bajariladigan vazifalar rejalashtiriladi. Bunda rahbarlar o‘z xodimlarining faoliyatlari natijalariga ko‘ra rag‘batlantirish, mukofotlash, jazolash (jarima solish) yoki moddiy yordam ko‘rsatishlarida boshqarishning mazkur metodidan foydalanishlari zarur boiadi. Iqtisodiy qayta tashkil etishlar mazkur metodlami kuchaytirishga yo‘naltiriladi.

    Download 3,04 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   152




    Download 3,04 Mb.