Ta’lim metodlari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
“Ta’lim metodi” tushunchasi bilan birga ko‘p hollarda “metodik usul” (sinonimlari – pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo‘llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini chog‘ishtirish orqali joriy etiladi. Ta’lim faoliyatida qo‘llaniladigan usullarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi:
didaktik maqsad asosida;
ta’lim mazmuni asosida;
o`quvchilarning o`quv ko‘nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida;
o‘qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.
8.2.Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondoshuvlar
Didaktikada munozaralarga sabab bo‘layotgan yana bir muhim obyekt ta’lim metodlarining tasnifidir. Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo‘yicha tizimlashtiriladi.
8.3. Ta’lim metodlarinining mohiyati
Ta’lim metodlarining turlari va vazifalari. Didaktik jarayon tuzilmasiga ko‘ra ta’lim metodlari quyidagi uch guruhga ajratiladi
Yuqorida ko‘rsatilgan metodlar quyidagi tarzda ham nomlanadi:
O`quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari.
O`quv-bilish faoliyatini rag‘batlantirish va motivlash metodlari.
Nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlari.
O`quvchiga bilimlarni yetkazish shakliga ko‘ra ta’lim metodlari:
Og‘zaki bayon qilish metodlari.
Ko‘rgazmali metodlar.
Amaliy metodlar kabi turlarga ham ajratiladi.
Ta’lim metodlari tizimida muhim o‘rin tutadigan og‘zaki bayon qilish metodlarining o‘zi ham quyidagi turlarga ajratiladi:
Og‘zaki bayon qilish metodlari o`quvchilarning umumiy madaniyati, mantiqiy fikrlashi hamda bilish qobiliyatini rivojlantirish bilan bog‘liqdir. Ugbu metodlar o`quvchining nutq boyligini oshirish va xorijiy tillarni o‘rganishdagi ahamiyati beqiyos.
Metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o`quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni o`quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.
Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg‘u berishga e’tiborni qaratadi. Hikoya qisqa bo‘lishi hamda o`quvchilarda his-hayajon va mavzuga nisbatan qiziqishni uyg‘otishi kerak.
Suhbat metodi fanga qadimdan ma’lum, xatto undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko‘p funksiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o`quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
|