|
Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika
|
bet | 57/152 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #131775 |
Bog'liq Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogikaNAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
Ta’lim jarayoni nima?
Ta’lim mazmuni nimalarda aks etadi?
8 -MAVZU: TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI
REJA:
1.“Ta’lim metodlari” va usullari haqida tushuncha
2. Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondoshuvlar
3. Ta’lim metodlarinining mohiyati
4.Interfaol ta’lim metodlari
5. Everestik metodlar
6. Ta’lim metodlarini tanlab olish shartlari
7. Ta’lim vositalari va ularning funktsiyalari.
Tayanch tushunchalar: metod, interfaol metod, evristik metod, ta’lim vositalari
8.1. “Ta’lim metodlari” va usullari haqida tushuncha
“Ta’lim metodlari” va usullari haqida tushuncha. “Metod” so‘zining yunoncha tarjimasi “tadqiqot”, “usul”, “maqsadga erishish yo‘li” kabi ma’nolarni anglatadi. Filofosiya lug‘atida ushbu tushuncha umumiy tarzda “maqsadga erishish usullari”( deya sharhlangan.
“Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo‘nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo‘ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o‘qituvchi va o`quvchilar faoliyatining o‘zaro tutashuvi, o‘qitish va o‘qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo‘lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o‘zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi”(.
Aksariyat mualliflar “ta’lim metodlari o`quvchilarning o`quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari” degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuidir.
Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o‘zlashtirish yo‘llari ifoda etiladi, o‘qituvchi va o`quvchilarning o‘zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod, birinchidan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo‘lsa, ikknchidan, ta’lim faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi.
|
| |