|
Noinstitutsional paradigma
|
bet | 49/152 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #131775 |
Bog'liq Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika6. Noinstitutsional paradigma ta’limni ijtimoiy institutlar, ya’ni, maktab va oliy ta’lim muassasalaridan tashqarida tashkil etish g‘oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim Internet va kompyuterlar vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o‘qitish) muvofiq o‘qitishni samarali deya hisoblaydi.
6.3. Ta‘lim jarayonining mohiyati.
Ta’lim tushunchasi va mohiyati. Ta’lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki tomonlama aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlar ham ega. Ta’lim o‘qituvchi tomonidan boshqariluvchi o‘ziga xos anglash jarayonidir. O‘qituvchining yo‘naltiruvchi sifatidagi roli o‘quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘liq o‘zlashtira olishlarida ko‘rinadi.
Ta’lim o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi. U o‘quvchilarga o‘quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko‘rsatadi. Har qanday ta’lim o‘zida o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati, ya’ni, o‘qituvchining o‘rgatish hamda o‘quvchining o‘rganishga yo‘naltirilgan faoliyati, boshqacha aytganda to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita va nisbiy munosabat( aks etadi.
Ta’lim jarayoni mohiyatini tushunish uchun ta’lim nazariyasining asosiy tushunchalarini: ta’lim, ta’lim jarayoni, o‘qish, o‘qitish farqlash zarur. Ta’lim nazariyasida ushbu tushunchalarga berilgan yagona ta’riflar mavjud emas.
«Ta’lim — bu maqsadga yo‘naltirilgan, boshqariladigan jarayon «bunda» o‘qituvchi bilimlarni uzatadi, topshiriqlar beradi, bilimlarni ongli o‘zlashtirish, mustahkamlash va qo‘llash metod va usullarini o‘rgatadi, bilim, ko‘nikma, malaka sifatini tekshiradi. U hamisha o‘quvchilarni bilish qobiliyatlarini rivojlantirish uchun qayg‘uradi.» (B. P. Yesipov).
«Ta’lim deganda biz o‘qituvchilarni o‘quvchilar bilan bilimlarini mustahkamlash va o‘zgartirishga asoslangan tizimli va rejali ishlarini tushunamiz» (V. Okon).
«Ta’lim — o‘quvchilarni ilmiy bilim, ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtirish, ijodiy qobiliyatlari, dunyoqarashlari, axloqiy-estetik qarashlari bo‘yicha faol o‘quv-biluv faoliyatini stimullashtirish va tashkil etish jarayoni» (E.S.Rapatsevich).
Ta’lim tushunchasi turlicha talqin qilinishiga qaramasdan, uning umumiy xususiyatlari mavjud. Krivshenko tomonidan ta’limga quyidagicha ta’rif berilgan. Ta’lim deganda, biz o‘qituvchi rahbarligidagi o‘quvchining maqsadga yo‘naltirilgan faol bilish faoliyatini tushunamiz. Buning natijasida o‘quvchilar ilmiy bilimlar tizimini o‘zlashtirib, o‘quvchilarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari shakllanadi, bilish va ijodiy qobiliyat va ehtiyojlari hamda o‘quvchilar shaxsini axloqiy fazilatlari rivojlanadi.
Ta’lim jarayoniga mutaxassislar turlicha ta’rif beradilar.
«Ta’lim jarayoni — bu o‘quvchini o‘qituvchi rahbarligida bilimlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi harakati» (N. V. Savin).
«Ta’lim jarayoni - o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma, malakalar bilan qurollantirish va ularni rivojlantirish hamda tarbiyalash maqsadiga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining birligini ifodalaydi» (G. I. Shukina).
«Ta’lim jarayoni —bu o‘quvchilarni o‘qitish vazifalarini hal etiladigan o‘qituvchi va o‘quvchining maqsadga yo‘naltirilgan aloqadorligidir» (Yu.K.Babanskiy).
Ta’lim jarayonini turlicha talqin etilishi ushbu jarayonni murakkab jarayon ekanligidan dalolat beradi. Agar yuqoridagi ta’riflarni umumlashtirsak, ta’lim jarayonida o‘quvchi o‘qituvchi rahbarligida o‘zining bilish faoliyati motivlarini anglashi, borliq to‘g‘risidagi ilmiy bilimlar tizimini o‘zlashtirishi natijasida ilmiy dunyoqarashlari shakllanishi, har tomonlama aqliy va axloqiy jihatdan kamol topishini ifodalanishini ko‘ramiz. Ta’lim jarayoniga tegishli bo‘lgan quyidagi xususiyatlarni uchratishimiz mumkin a) maqsadga yo‘nalganlik; b) bir butunlilik; d) ikkitomonlamalik; e) o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining birligi; f)o‘quvchilarni rivojlanishi va tarbiyasini boshqarish; g) ushbu jarayonni boshqarish va tashkillash.
Ta’lim jarayoni o‘quvchining o‘qish va o‘qituvchining o‘qitish faoliyatlaridan tashkil topgan. O‘qish — bu o‘quvchini o‘qituvchi vazifalari va shaxsiy bilish ehtiyojlari asosi bo‘yicha ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishini ifodalovchi maqsadga yo‘nalgan, faol, ongli, bilish faoliyati hisoblanadi.
O‘qitish — bu o‘qituvchining o‘quvchilarda ijobiy o‘qish motivlarini shakllantirish, holdisa va jarayonlarni o‘zlashtirishlarini tashkil etish, o‘zlashtirgan bilimlarini qo‘llay olishlarini, bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishlarini ta’minlash bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati.
Shunday qilib ta’lim jarayoni quyidagi vazifalarni bajaradi:
O‘quvchilarni o‘quv-biluv faolligini stimullashtirish;
Bilish ehtiyojlarini shakllantirish;
O‘quvchilarni ilmiy bilim, ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtirish bo‘yicha bilish faoliyatini tashkil etish;
O‘quvchilarni bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
I jodiy faoliyat va o‘z-o‘zini o‘qitish uchun ko‘nikma va malakalarni shakllantirish axloqiy estetik madaniyatni tarbiyalash va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Ta’lim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi. Ta’lim jarayonining “yaxlitligi” “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, ta’lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog‘liq.
Ta’lim yaxlit tizim sifatida ko‘plab o‘zaro bog‘liq quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o‘quv axborotlari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini boshqarish usullari.Ta’lim jarayonining negizini o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatlari tashkil etadi.
|
| |