|
Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika
|
bet | 45/152 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #131775 |
Bog'liq Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogikaBirinchi bosqich — Ya.A. Komenskiygacha bo‘lgan davr. Bu davr ilmiy asoslanganlik davrigacha sifatida xarakterlanadi.
Ikkinchi bosqich — L.A.Komenskiydan kibernetikani (jarayonlarni boshqarish nazariyasi) paydo bo‘lgungacha bo‘lgan davr. Bu davr asosiy qonun va qonuniyatlarni shakllanganligi bilan, pedagogik va didaktik nazariyalarni rivojlanganligi bilan xarakterlanadi.
Uchinchi bosqich—1960-yillardan bugungi kungacha bo‘lgan davr.
Mutaxassislar o‘rtasida didaktika mustaqil fanmi? yoki pedagogikaning bir qismimi? —degan savol tortishuvlarga sabab bo‘lmoqda. Masalan, M.A.Danilov, V.Okon, M.N.Skatkinlar didaktikani pedagogikaning bir bo‘lagi sifatida qaraydilar. Bir guruh mutaxassislar didaktikani mustaqil fan sifatida qaraydilar.Hali-hanuz mutaxassislar bu masalada yagona fikrga kelganlari yo‘q.
Yillar o‘tishi bilan barcha atamalar eskirgani kabi didaktika atamasi ham eskirganini guvohi bo‘ldik. XX asrning oxirlariga kelib mutaxassislar ichida «Didaktika» atamasi o‘rnida «Ta’lim nazariyasi» atamasini qo‘llash urf bo‘ldi.
6.2. Didaktikaning maqsad va vazifalari..
Didaktika predmetini aniqlash bo‘yicha turli qarashlar ilgari surilgan. Ko‘pchilik olimlar ta’lim obyekti deb o‘qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko‘rsatadilar.
Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etiladi. Ta’limiy faoliyatni tashkil etishda o‘qituvchi – o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quv materiali, o‘quvchi – boshqa o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi.O‘qish, o‘rganish ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ijtimoiy tajribani o‘rgatish jarayoni sifatida ta’lim ikki shaxs (o‘quvchi va o‘qituvchi) o‘rtasidagi munosabatlarga asoslanadi. Didaktikaga ta’limning mazmunli va jarayonli jihatlarini birgalikda o‘rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan holda didaktika ta’limni faqatgina o‘rganish obyekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish obyekti sifatida qaraydi.
|
| |