• Didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tushunchalar tizimi
  • Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat




    Download 3,04 Mb.
    bet46/152
    Sana07.01.2024
    Hajmi3,04 Mb.
    #131775
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   152
    Bog'liq
    Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

    Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:

    Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o‘rganish, uning turli jihatlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir.


    O‘zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo‘naltirish, ta’limni jamiyat tomonidan qo‘yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qo‘llash me’yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me’yoriy hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi.
    Didaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tushunchalar tizimi. Muayyan fanga xos bo‘lgan tushunchalarda ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to‘plangan bilimlar aks etadi. Mavjud ilmiy tushunchalar ikki asosiy guruhga ajratiladi:
    1) falsafiy tushunchalar;
    2) xususiy ilmiy, ya’ni, muayyan fangagina xos bo‘lgan tushunchalar.
    Didaktika uchun “umumiy”, “alohida”, “mohiyat”, “hodisa”, “qarama-qarshilik”, “bog‘liqlik” kabi falsafiy tushunchalar ham muhim ahamiyatga ega. Didaktikada qo‘llaniladigan umumiy-ilmiy tushunchalar orasida “tizim”, “tuzilma”, “vazifa”, “element” kabilar alohida o‘rin tutadi. Pedagogikaga xos didaktik tushunchalar sirasiga quyidagilar kiradi:
    Asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik tizimi va ta’lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham qayd etish mumkin. Ta’lim nazariyasi mustaqil fan sifatida o‘z obyekti va predmetiga ega bo‘lganidek o‘z kategoriyalar tizimiga (ta’lim, ma’lumot, o‘qitish, o‘qish, bilim, malaka, ko‘nikma, hamda ta’lim maqsadi, prinsipi, mazmuni, metodi, shakli, natijasi) ega. So‘nggi paytlarda didaktik tizim va ta’lim texnologiyasi kategoriyalari ham qo‘llanilmoqda.
    Ta’lim — o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga ma’lum bir maqsadga erishish uchun, ushbu maqsad talab etgan mazmunni u yoki bu metodlar yordamida aniq shakllarda yetkazib beriladigan va natijaga ega bo‘lgan jarayondir.

    Download 3,04 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   152




    Download 3,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat

    Download 3,04 Mb.