• Nutqiy kompetensiya
  • O‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq muammolar




    Download 136,12 Kb.
    bet1/31
    Sana21.05.2024
    Hajmi136,12 Kb.
    #248337
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
    Bog'liq
    Jadid adabiyoti


    O‘QITUVCHI FAOLIYATI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR
    O‘qituvchi, ayniqsa, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarining vazifasi murakkab va mas'uliyatlidir. O‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, bilimni oshirib borishi, faoliyatini takomillashtirishi talab qilinadi. O‘qituvchi faoliyati savodxonlik darajasini oshirishda muhimdir. O‘quvchilar savodini ta'minlash uchun o‘qituvchining o‘zi og‘zaki va yozma nutq me’yorlarini o‘zlashtirishi, anglashi, xatolarga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
    Attestatsiya, tekshiruv jarayonlari ona tili va adabiyot o‘qituvchilari faoliyatida muammolar mavjudligini ko‘rsatdi. Bu holatning sababi ona tili ta'limi jarayonining tizimli tahlili asosida ma’lum bo‘ladi. savodsizlik ildizlarini oliy ta'lim muassasasidan emas, umumta'lim jarayoni, boshlang‘ich ta'lim asoslaridan izlash kerak bo‘ladi.
    Sohaning yetuk mutaxassislarini tayyorlash boshlang‘ich ta'lim jarayonidagi bilim, ko‘nikma, malaka sifati bilan bog‘liq. Savodxonlikni ta'minlash keyingi bosqichlardagi jiddiy nazoratni talb qiladi.
    Ta’lim jarayonida o‘qituvchining og‘zaki va yozma nutq savodxonligi, ayniqsa, katta ahamiyatga ega.
    Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
    A1
    Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi; matnni tushunib o‘qiy oladi; og‘zaki nutqda so‘z va gaplar talaffuziga rioya qiladi; 65 – 70 so‘zdan iborat diktant yoza oladi; xabar, tasvir asosida 5-6 gapdan iborat matn yarata oladi, xatboshi, husnixatga amal qiladi; imlo, tinish belgilarini ishlatish qoidalariga amal qiladi; do‘sti, ota-onasi, ustoziga tabriknoma yoki xat yoza oladi.
    A1+
    Sodda matnning asosiy mazmunini tushunadi va tushuntira oladi; matn mazmunini tushunib, ifodali o‘qiy oladi; 70 – 75 so‘zdan iborat diktant yoza oladi; 8 – 10 gapdan iborat xabar yoki rasm asosida matn tuza oladi.
    A2
    Tinglangan matn, ko‘rilgan lavhadagi asosiy axborot, voqea-hodisalarni tushuna oladi; so‘z, ibora va atama (termin)larning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy oladi; so‘z va gaplarni bog‘lagan holda fikrini aniq va ravon yozma bayon qila oladi; 140 – 160 so‘zdan iborat diktant yoza oladi, 20 – 25 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) yoza oladi, bayonga reja tuza oladi, epigraf tanlay oladi; matnda badiiy tasvir vositalaridan o‘rinli foydalana oladi; husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qiladi; ish qog‘ozlarini (ariza, ma’lumotnoma, xat, tarjimayi hol, e’lonlarni) yoza oladi.
    A2+
    Ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb mavzularga doir xabar va ma’lumotlarni tushuna oladi; turli janrga oid matnlardagi so‘z, ibora va atama (termin)larning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri va ravon o‘qiy oladi; tanish mavzuda taqdimot qila oladi; 160 – 180 so‘zdan iborat diktant yoza oladi; o‘qib eshittirilgan matn yoki mavzu asosida 26 – 30 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) yarata oladi; ish qog‘ozlarini (ariza, ma’lumotnoma, xat, tarjimayi hol, e’lonlarni) yoza oladi.

    Download 136,12 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 136,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq muammolar

    Download 136,12 Kb.