|
O‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq muammolar
|
bet | 9/31 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 136,12 Kb. | | #248337 |
Bog'liq Jadid adabiyotiRus-tuzem maktablari. Turkistonning birinchi general-gubernatori K.P.Kaufman o‘lka maorifini o‘rganib chiqqach, yerli aholini ruslashtirish uchun N .I .Ilminskiy (1822-1891) ning Qozon tatarlarini ruslashtirish borasidagi faoliyatini Turkiston o‘lkasi maorifiga tatbiq qilish maqsadida uni Toshkentga taklif qildi. Ilminskiy arab, fors, turk tillarini ancha mukammal bilgan, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarini tarjima qilgan va faksimilesi bilan 1857-yilda Qozonda nashr ettirgan turkshunos edi. U Qozon diniy akademiyasining professori, turkiy xalqlarni ruslashtirishga qaratilgan maorif tizimini ishlab chiqqan, tatarlarni ruslashtirishda katta tajriba orttirgan missioner edi. Turkiston o‘lkasida ochila boshlagan rus-tuzem maktablari ham Ilminskiy tizimi asosida vujudga kelgan edi. Chor Rusiyasining mustamlaka Markaziy Osiyo xalqlari maorifiga munosabati aniq edi: Volgabo‘yi, Ural, Kavkaz, Qrimdagi turkiy xalqlar maorifi tizimiga qo‘llagan ruslashtirish siyosatini Turkiston xalqlari maorifiga ham tatbiq qilish edi. Gubernatorlik ma’murlari rus-tuzem maktablarida islohot o‘tkazib, uning o‘zbek sinflaridagi ta’lim-tarbiya ishlarini bir oz bo‘lsa-da, milliylashtirishdan V. Bartold so‘zi bilan aytganda: “Mahalliy xalqqa o‘z ona tilida ko‘proq ma’lumot berishdan va bu bilan mahalliy xalqni ruslashtirish ishiga zarar yetkazib, mahalliy adabiyot va madaniyatning qattiq o‘rnashib qolishidan qo‘rqar edilar.
Rus-tuzem maktablarining ochilishiga hukumat ma’murlari, missionerlarining o‘zlari katta shubha va hadik bilan qaraganlar, rus ma’murlarini bunday maktablarda yerli aholi farzandlarini jalb qilish katta tashvishga soldi. Bu maktablarni ochishdan rus ma’murlarining ko‘zda tutgan maqsadlaridan qat’iy nazar, yerli aholining ko‘zi ochilishi mumkin, degan tashvish ularni bezovta qilgan, hatto bunday maktablarni ochmaslik, yerliklarni iloji boricha zamonaviy ma’rifatdan, ma’naviyatdan uzoqda saqlash kerakligini qayta-qayta ta’kidlovchilar oz emas edi. O‘zbek, fors, arab tillarini, adabiyotini ancha mukammal bilgan, o‘zbek mutafakkirlari Havoiy, Umidiy, Xo‘jajon qozi Rojiy, Furqatlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan, sharq qo‘lyozmalaridan katta kolleksiya vujudga keltirgan va Sankt-Peterburg Sharq qo‘lyozmalari institutiga topshirgan, 20 yil davomida Rusiyaning Qoshg‘ardagi bosh konsuli lavozimida ishlagan, missioner I.Ostroumovning yaqin hammaslagi I.Petrovskiy rus va rus-tuzem maktablarining ochilishiga keskin qarshi chiqqan edi. U 1887-yil 23-iyunda I.Ostroumovga yo‘llagan maktubida Turkiston o‘lkasida birin-ketin ochilayotgan rus, va rus-tuzem maktablaridan tashvishlanib, quyidagilarni yozadi: “Hamma yerda musulmonlar uchun ochilayotgan maktablar (rus-tuzem maktablari ko‘zda tutilmoqda ) nima o‘zi? Ma’nilik ishmi, behuda ishmi? Xo‘ja ko‘rsingami yoki jiddiy narsami? Bilishni istardim. Birinchisi to‘g‘ri bo‘lsa kerak, degan xavotirdaman. Agar maktablar oldindan ko‘zlangan maqsadsiz, oqibati nimaga olib kelishini o‘ylamasdan ochilayotgan bo‘lsa, ularni ochmaslik ma’qul. Keyin borib pushaymon bo‘lib qolmaylik”.
Gubernatorlikning bu faoliyati XIX asrdayoq rus siyosatchilari tomonidan rejalashtirilgan edi. Bu haqda D.A.Tolstoyning 1870-yilda yozgan so‘zlarig‘a e’tibor bering: “Bizning vatanimizda yashovchi barcha begona (rus bo‘lmagan) xalqlarning ma’lumotli bo‘lishining oxirgi maqsadi, shubhasiz, ularni ruslashtirish va rus xalqi bilan birlashtirishdan iborat bo‘lishi kerak”.
Rus-tuzem maktablarining o‘ta reaksion mohiyatini hatto rus siyosatdonlarining o‘zlari ham e’tirof etganlar. Turkistonda 43 yil faoliyat ko‘rsatgan, rus-tuzem maktablarining birinchi o‘qituvchisi V.P.Nalivkin so‘zlariga e’tibor bering: “O‘lkada rus-tuzem maktablari deb nomlanuvchi, o‘ta foydali deb bilgan muassasalar tarmog‘ini kengaytirishga qaratilgan proektni amalga oshirishga kirishganimizga 20 yildan oshdi. Bu sohada biz qo‘limiz bilan bo‘lmasa-da, ammo bizning xohishimiz bilan juda ko‘p iflos va axloqqa zid ishlar amalga oshirildi. 20 yil davomida bu maktablardan bir necha ming mahalliy bolalar chiqdi: ularning bir qismi maktabni bitirmay qochib ketdi, qochib ketyapti. Natija shu bo‘lyaptiki, ulardan na rus hukumati uchun va mahalliy jamiyat uchun biror foydali ish chiqayotgani yo‘q.
Gubernatorlik ma’murlar ushbu boshlang‘ich rus-tuzem maktablarini har qancha rag‘batlantirmasinlar, ular xalq hayotiga singib keta olmadi. Ayniqsa, usuli jadid maktablarining faoliyati keng ko‘lam kasb etgach, unga ehtiyoj ham yo‘qolib bordi. Buning asosiy sababi bu maktablarning “sut bilan kirgan”, ming yillar davomida millatning qon-qoniga singib ketgan ma’naviyatini, tarixini, tilini yo‘q qilishga qaratilganligidadir.
|
| |