• Lingvodidaktika” terminining mazmun-mohiyati. Lingvodidaktika
  • Lingvodidaktika” modulining maqsadi, vazifalari.
  • Lingvodidaktika”da til ta’limining qadriyat sifatidagi talqini
  • “Lingvodidaktika”da til ta’limining qadriyat sifatidagi talqini




    Download 136,12 Kb.
    bet6/31
    Sana21.05.2024
    Hajmi136,12 Kb.
    #248337
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
    Bog'liq
    Jadid adabiyoti

    3. “Lingvodidaktika”da til ta’limining qadriyat sifatidagi talqini
    Tayanch so‘z va iboralar: pedagogika, umumiy psixologiya, oʻqitish psixologiyasi, psixolingvistikalingvodidaktika, didaktika metodologiyasi, taʼlim nazariyasi, ta’lim mazmuni, didaktika tamoyillari, shaxs omiliga yo‘naltirilganlik tamoyili, insonparvarlik tamoyili, yaxlitlik tamoyili, lingvomadaniy tayyorgarlik, aksiologik blok, davlat darajasidagi qadriyat, ijtimoiy qadriyat, shaxsiy qadriyat.
    Lingvodidaktika” terminining mazmun-mohiyati.
    Lingvodidaktika (lot. lingua “til”+ grek. didaktikos “ta’lim”) – til o‘rgatishning umumiy nazariyasi. Termin akad. N. M. Shanskiy tomonidan tilni o‘quv maqsadida tavsiflash jarayonida kiritilgan. Tillarning muvofiq keluvchi va farqli jihatlarini tadqiq qilish, o‘rganilayotgan til strukutrasini tahlil qilish, lingvistika va pedagogika chegarasida turgan muammolarni hal qilish lingvodidaktikaning asosiy vazifasidir.
    Lingvodidaktika ona tili va xorijiy tillarni o‘rganish jarayonini ifoda etish uchun qo‘llanmoqda. Lingvodidaktika va metodika terminlarini sinonim tarzda baholash hollari ham mavjud. 
    Lingvodidaktika rus tilshunosligida G.I. Bogin, I.I. Xaleeva, N.D. Galskova, G.I Boginalar qarashlari asosida shakllangan yangi soha bo‘lib, o‘zida lingvistika fani mohiyatini namoyon etadi. I.I. Xaleeva “Lingvodidaktika” terminini “ta’lim, o‘quv mazmuni komponentlarini asoslovchi, til tabiati va tilning sotsial fenomeni sifatidagi individning o‘zaro harakatlari mexanizmi” deb ta’riflaydi.
    O‘zbek tilshunosligida lingvodidaktika masalalari ilmiy adabiyotlarda boshqa mavzular atrofida yoritilgan bo‘lib, alohida yo‘nalish sifatida yaqin yillardan boshlab rivojlanmoqda.
    “Lingvodidaktika” moduli til o‘qitish jarayoni, usullari, vositalari, metodlari, metodikasi va metodologiyasining umumiy nazariyasi sifatida talqin etiladi.
    Lingvodidaktika termini lingvo hamda didaktikos so‘zlari ma’nosidan shakllangan umumiy tushunchani o‘z ichiga oladi.
    Avvalo, didaktika haqida to‘xtalsak. Didaktika yun. didaktikos soʻzidan olingan boʻlib, “oʻrgatuvchi”, “taʼlim beruvchi” ma’nosini bildiradi. Didaktika pedagogikaning tarmogʻi hisoblanadi. Didaktika taʼlim nazariyasi bilan shugʻullanadigan yoʻnalish hisoblanadi. Didaktika atamasi ilk bor Yevropada XVII asrda pedagogikaga doir adabiyotlarda qoʻllangan. Chex pedagogi Y. A. Komenskiy “Buyuk didaktika” asari (1657) da bolalar va oʻsmirlarni maʼlumotli qilish va ularga taʼlim berishning didaktik jihatlarini ishlab chiqdi. Nemis pedagogi
    A. Disterveg “Nemis oʻqituvchilarini maʼlumotli qilishga rahbarlik” (1834-35) asarida didaktikaning pedagogikada taʼlim nazariyasini bayon etuvchi alohida boʻlim ekanligini taʼkidlagan. Pedagogikaga doir adabiyotlarda didaktika, uning mohiyati haqida bir qator fikr-mulohazalar bayon etildi. Shundan keyin didaktikaga taʼlim nazariyasi haqidagi fan sifatida qarash keng yoyildi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida didaktikaga oid maxsus monografiyalar yuzaga keldi.
    Hozirgi zamon pedagogikasida didaktika taʼlim va maʼrifat berish nazariyasi bilan shugʻullanadigan alohida soha sifatida talqin etiladi. Taʼlim mazmunini aniqlash, taʼlim jarayoni qonuniyatlarini ochish hamda oʻqitishning eng samarali usul va yoʻllarini topish didaktikaning asosiy masalalaridir. Didaktikaning mohiyatini belgilash, yoʻnalishini aniqlashda falsafiy-nazariy asos hamda metodologiyaning oʻrni katta. Didaktika metodologiyasi davrlar osha oʻzgarib kelgani kuzatiladi. 
    Didaktika pedagogika, umumiy psixologiya, oʻqitish psixologiyasi, psixolingvistika hamda bilish nazariyasi bilan uzviy bogʻliq. Bu fanlarning har biri bilish faoliyati va uni amalga oshirilish jarayoni toʻgʻrisida alohida bilim beradi. Taʼlim mazmuni va usullarini belgilash borasida ham mazkur fanlar orasidagi integratsiya katta ahamiyatga ega. Didaktika har qanday alohida predmetni oʻqitish va uning mazmunini belgilash qonuniyatlarini aniqlaydigan fan sifatida taʼlim va tarbiya ishlarini samarali tashkil etishning umumiy usullarini koʻrsatishi lozim. Ayni vaqtda, alohida predmetlarni oʻqitish metodikasi maktab amaliyoti tajribalaridan kelib chiqqanligi uchun didaktika tamoyillari taʼlim jarayonida uchraydigan har xil favqulodda hodisalarning oʻziga xosligini hisobga olgan holda tuziladi.
    Oʻzbek milliy pedagogikasi tarixida ham didaktikaning asosiy xususiyatlarini aks ettirishga bagʻishlangan koʻpgina tadqiqotlar mavjud. Garchi turkiy mutafakkirlarning asarlarida didaktika hozirgi nom bilan atalmagan boʻlsada, ular taʼlim jarayonining qonuniyatlarini belgilash, uni tashkil etishning yoʻlyoʻriqlarini koʻrsatishi jihatidan katta ahamiyatga ega. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ahmad al-Fargʻoniy, Margʻinoniy, Navoiy, Munis singari mutafakkirlarning taʼlimni uyushtirish, uning samaradorligini oshirish, oʻqitish jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchi munosabatlari borasidagi qarashlari jahon pedegogikasi taraqqiyotining oʻziga xos bosqichini tashkil etadi. Muayyan yoshdagi bolalarni jamoa tarzida bir joyda oʻqitishning samaradorligi ilk bor Ibn Sino tomonidan koʻrsatib berilgan boʻlsa, muallimning oʻzida ezgu insoniy sifatlar boʻlmasa, bolalarda bunday xislatlarni shakllantirish mumkin emasligi Alisher Navoiy asarlarida aks etgan. Azaldan sharqda muallimga nisbatan “aytganiga amal qilish” talabi qo‘yilgan. 
    Margʻinoniy esa, bilimlarni oʻzlashtirish yuzasidan umumiy tavsiyalar beribgina qolmay, oʻrganilgan tushunchalarni bolalar xotirasida uzoqroq saqlash yuzasidan aniq metodik usullar ham tavsiya etgan.
    Oʻzbek milliy didaktikasining shakllanishida jadidchilik harakati, xususan, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abduqodir Shakuriy, M. Behbudiy, A. Avloniy, M. Soʻfizoda kabi maʼrifatparvar-pedagoglarning faoliyati alohida muhim bosqich boʻldi. XX asr boshlarida vujudga kelgan pedagogikasi milliy asos hamda jahon tajribasining so‘nggi yutuqlari negizida shakllangan bo‘lib, bugungi ta’lim tizimni takomillashtirishda ham poydevor vazifasini o‘tashi lozim. Jadid pedagoglari ta’lim-tarbiya borasida yuksak natijalarga erishdilar. Ular ta’lim-tarbiyaning amaliy jihatlari bilangina emas, balki nazariy masalalari bilan ham shug‘ullandilar. Maktablar ochdilar, o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar yaratdilar. Faqatgina ona tili va adabiyot emas, tarix, geografiya sohasidagi ta’lim jarayonini takomillashtirishga ham hissa qo‘shdilar.
    Lingvodidaktika” modulining maqsadi, vazifalari. Didaktikaning bir qator tamoyillari mavjud boʻlib, ularning ayrimlari borasida toʻxtalamiz. Negaki bu tamoyillar lingvodidaktika tamoyillarini belgilashda asos vazifasini oʻtaydi.
    Milliy didkatikaning asosiy tamoyillaridan biri ta’limning shaxs omiliga yo‘naltirilishidir. Mazkur tamoyil ta’lim uchun bilim emas, balki o‘quvchi shaxsi asosiy qadriyat ekanligini anglatadi. Bu tamoyilga ko‘ra o‘quvchi shaxsini shakllantirishga urg‘u beriladi. 
    Insonparvarlik tamoyili o‘zbek didaktikasining asosiy talablaridan biri bo‘lib, ta’lim jarayonida shaxs manfaatlari nuqtayi nazaridan yondashish maqsadini qoʻyadi. 
    Milliy didaktika taraqqiyotini ta’minlaydigan tamoyillaridan yana biri taʼlimning yaxlitligidir. Olamda narsa-hodisalarning bir butnligi, bir-biriga uzviy holda bog‘liqligi, uni o‘rganishda ham bir butunlikka, yaxlitlikka amal qilishni taqozo etadi. Oʻzbekiston ta’lim tizimidagi o‘quv rejalarida ta’limning asosiy yetti tarmog‘i belgilangan, oʻquv fanlari miqdorini zaruratga qarab oʻzgarib turish koʻzda tutilgan. 
    Taʼlim jarayonida oʻquvchilarning alohida, individual xuxusiyatlarini hisobga olish ham didaktikaning asosiy tamoyillaridan sanaladi. U oʻqitish jarayonini har bir oʻquvchiga xos xususiyatlarni koʻzda tutgan holda tashkil qilishni taqozo etadi. 
    Maʼlumki, har qanday shaxs muayyan geografik muhitda shakllanadi. Uning tabiatida oʻsha muhitga xos jihatlar muhrlangan boʻladi. Shuning uchun ham oʻqitish jarayonida mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olish tamoyili ham didaktikaning zarur talablaridan biridir. 
    “Lingvodidaktika” tarkibidagi “lingvo” “til” ma’nosidagi so‘z bo‘lib,
    lingvodidaktika “til ta’limi” demakdir.
    Lingvodidaktika, garchi ko‘p hollarda chet tillarini o‘rganish usullari hamda vositalariga urg‘u berilgan bo‘lsa-da, ona tili va o‘zga tillarni o‘qitishning mazmuni, vositalari hamda usullarini tahlil qiluvchi fandir. Lingvodidaktika – “ta’lim, o‘quv jarayoni mazmuni komponentlarini asoslovchi, til tabiati va tilning sotsial fenomeni sifatidagi individning o‘zaro faoliyati mexanizmi”ni o‘rganuvchi, til o‘qitish metodikasini pedagogika, didaktika, pedagogik psixologiya, lingvistika va yosh pedagogikasi bilan bog‘liq ravishda talqin qiluvchi, kompyuter lingvodidaktikasi, kompyuter dasturlari, o‘qituvchi lingvistik avtomatlarning til ta’limidagi ahamiyatini yorituvchi amaliy soha. 
    “Lingvodidaktika” modulining asosiy maqsadi fan mazmunini milliy til asoslarini o‘zlashtirishga yo‘naltirish, til o‘qitish jarayoni, mazmuni, yo‘nalishi, usul hamda vositalarini tahlil qilish, ta’lim subyektining imkoniyatlaridan kelib chiqib yondashish, til o‘zlashtirishning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-psixologik omillarini aniqlashdan iborat.
    Tilni o‘qitish maqsadida tavsiflash, tillar o‘rtasidagi universaliyalar va farqli jihatlarni tadqiq qilish, o‘rganilayotgan tilning tuzilishi va mazmunini, til minimumlarini aniqlash, til o‘zlashtirishdagi nuqsonlar tabiatini o‘rganish, til xususiyatlarini o‘rganuvchilarning ko‘p tillilik, ko‘p madaniyatlilik, yosh va individual belgilari kontekstida tadqiq qilish, tilni mukammal egallashni belgilovchi omillarni tahlil qilish, tillarni o‘rganish metodikasi, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq muammolarni aniqlash, til o‘rganishni o‘quv predmeti sifatida belgilash, turli o‘quv sharoitlarida o‘rganilayotgan tilni va til sohiblari idrok etgan olam lisoniy manzarasining o‘zlashtirilish darajasini izohlash, tilning aktual holati va taraqqiyoti bilan belgilanuvchi lingvomadaniy tajribani anglash va o‘zlashtirishni analiz qilish modulnning asosiy vazifalaridir. Ona tilini o‘zlashtirishda ham, chet tillarini o‘rganish jarayonida ham tilning grammatik xususiyatlari, grammatika negizida fonetik, leksik belgilari o‘ragniladi. Shu bois lingvistika va pedagogika chegarasidagi muammolarni hal qilish, o‘rganilayotgan til strukutrasini tahlil qilish, tillarning universal va farqli jihatlarini aniqlash ham lingvodidaktikaning vazifalari hisoblanadi.
    Qayd etilgan vazifalar lingvodidaktikaning asosiy masalalarini belgilab beradi. “Lingvodidaktika”ning obyekti til o‘rgatish amaliyoti, deb belgilangan bo‘lsa, til o‘qitish va o‘rgatish jarayoni haqida umumlashtirilgan tasavvur berish, til o‘zlashtirishga zamon talablari va shaxs idroki, qobiliyatidan kelib chiqib yondashish fanning predmetini tashkil qiladi.
    Fan doirasidagi asosiy masalalardan biri ta’lim doirasidagi o‘rganuvchilarning “lingvomadaniy tayyorgarlik” darajasiga asoslangan til siyosati kontekstida til o‘qitishning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari haqida tasavvur hosil qilishdir. O‘quvchilarning “Lingvomadaniy tayyorgarligi” ular tomonidan istalgan til va madaniyatni ona tili va chet tili sifatida ozlashtirishlari kirad. Til ta’limi ona tili va o‘zga tillarni va madaniyatlarni egallashadi. Ona tili va o‘zga tilni o‘zlashtirish doirasi metodlari, ta’lim tamoyillari, yondashuvlar o‘zaro faqrlandi. Ona tili va o‘zga til ta’limida umumiy tamoyillar, metodlar mavjud. Lekin ta’lim maqsadi, metod va usullarning qo‘llanishi ona tilini va o‘zga tillarni o‘qitishda o‘zaro farqlanadi. 
    Lingvodidaktikada til ta’limi ko‘p hollarda xorijiy tillar sohasida ta’lim bilan sinonim tarzda qo‘llanadi.
    Lingvodidaktika”da til ta’limining qadriyat sifatidagi talqini. Til ta’limi qadriyat sifatida qaraladi. 
    B. S. Gershunskiy talqiniga ko‘ra til ta’limi qadriyat sifatida uch aksiologik blokni namoyon qiladi:
    Til ta’limi davlat darajasidagi qadriyat sifatida;
    Til ta’limi ijtimoiy qadriyat sifatida;;
    Til ta’limi shaxsiy qadriyat sifatida1;
    Ko‘rinadiki, mazkur aksiologik bloklar o‘zaro uzviy bog‘langan.
    Mamlakatdagi til ta’limi taraqqiyotida davlat darajasidagi, ijtimoiy, shaxsiy manfaatlar uyg‘unligi, nafaqat davlat, jamiyat, ta’lim oldida turgan sotsialpedagogik muammollarni hal qilishda, balki sotsial-madaniy plandagi muammolar yechimida ham ahmiyatlidir. 
    Til ta’limini qadriyat sifatida anglash tilga dalat, jamiyat va shaxs munosabatini aks ettiruvchi ilmiy va amaliy faoliyatni ishlab chiqish va keng yoyishning ahamiyatini ko‘rsatadi. 
    Har qanday tilning o‘rni uning jamiyat va dalatdagi statusi bilan belgilanadi. Til xalqaro aloqa-aralashuv vositasi bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda globallashuv doirasida keng tarqalgan, umuminsoniy madaniyat qirralarini aks ettiradigan, maksimal hajmda ijtimoiy funksiya bajarayotgan xalqaro tillar nazarda tutiladi. Ingliz, rus, nemis tillari shunday tillar guruhiga kiradi. Agar tildan ma’lum bir regiondagi bir qator davlatlar muloqot vositasi sifatida foydalansa (masalan, nemis tilida so‘zlashuvchi davlatlardagi nemis tili) bu til davlatlararo til maqomini oladi. Til davlat tili va mahalliy til vazifasini bjarishi mumkin. Rossiyadagi rus tili millat vakillari o‘rtasidagi muloqotni ta’minlovchi rasmiy til sifatida qaralsa, aniq bir regionda, oblastda yoki okrugda qo‘llanadigan har qanday til (masalan, tatar, yoqut va boshqa milliy-davlat ta’limiga mos keluvchi boshqa tillar) lokal, ya’ni mahalliy til hisoblanadi. Hozirgi zamon shaxsining qadriyat nuqtai nazaridan shakllanishida ta’lim olishi va sotsial imkoniyatlarida global muloqot tillari muhi o‘rin tutadi. Ammo bu lokal tillarni o‘rganish kerak emas va jamiyat bu tillarini o‘rganish uchun yetarlicha shart-sharoit yaratmaydi, degani emas. 
    Davlat va jamiyat bir tushuncha emas. Jamiyat zamonaviy tillarni o‘rganishga muhtoj bo‘lishi mumkin. Keyingi yillarda xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojning ortib borayotgani bunga dalildir. Mamlakat ijtimoiy hayoti va uning yangi maqsadlar, g‘oyalar bilan bog‘liq bo‘lgan dinamik taraqqiyoti bir yoki bir necha zamonaviy xorijiy tillarni o‘rganishni taqozo etmoqda. Tillarni, birinchi navbatda, xalqaro muloqot vositasi maqomidagi tillarni bilish shaxsga ijtimoiy hayotning keng imkoniyatlarini bermoda. Bugungi kunda hozigi bozor iqtisodiyoti va informatsion texnologiyalar taraqqiyoti davrida iqtisodiy va sotsial taraqiyotning asosiy strategik omili sifatida maydonga chiqayotgan inson resurslari asosiy boylik bo‘lib yuzaga kelmoqda.

    Download 136,12 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 136,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Lingvodidaktika”da til ta’limining qadriyat sifatidagi talqini

    Download 136,12 Kb.