|
O‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq muammolar
|
bet | 3/31 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 136,12 Kb. | | #248337 |
Bog'liq Jadid adabiyotiВ1, В1+
Fonetika: fonemalar tasnifi va uslubiyatini tushuna oladi, fonetik o‘zgarishlarni orfoepik qoidalar nuqtayi nazaridan tahlil qila oladi, ohang va urg‘uni nutqda qo‘llay oladi.
Leksika: so‘zlarning ko‘chma ma’nosi, uslubiy xususiyatlari va atamalarni farqlay oladi, ulardan nutqda to‘g‘ri foydalana oladi. O‘zbek tili leksikasining rivojlanish, boyish manbalarini izohlay oladi.
Grammatika: so‘z turkumlari, undov, modal va taqlid so‘zlar, ularning otlashishi hamda uslubiy xususiyatlarini tushuna oladi va izohlay oladi. So‘z birikmasi, gap va uning grammatik belgilari, dialogik nutq belgilari, gap bo‘lagining tiplari, soda va qo‘shma gaplar ma’nodoshligini, sintaktik qurilmalarni, ko‘chirma gap, matnning o‘ziga xos xususiyatlarini farqlay oladi va muloqotda grammatik hamda sintaktik birliklardan o‘rinli foydalana oladi.
B1+
Fonetika: fonetik o‘zgarishlarni orfoepik qoidalar nuqtayi nazaridan tushuntira oladi, ohang va urg‘uning nutqdagi ahamiyatini, yozuv tamoyillarini izohlay oladi.
Leksika: o‘zbek tili leksikasining rivojlanish, boyish manbalarini tushuntira oladi.
Grammatika: so‘z turkumlari, gap bo‘laklarining uslubiy xususiyatlarini tushunib, izohlay oladi. Nutqda grammatik hamda sintaktik birliklardan o‘rinli foydalanadi.
1-savol: “Kompetensiya” so‘zining ma’nosini izohlab, tushuntiring.
2-savol: Ta’limda kompetensiyaviy yondashuvning joriy etilishidan maqsad nima? Ushbu she’rning nutqiy kompetensiyani shakllantirishdagi o‘rnini yoriting.
She’riyat muxlislariga
Erta tong shamoli sochlarin yoyib Yonimdan o‘tganda so‘rab ko‘ramen, Aytadir: “Bir ko‘rib, yo‘limdan ozib, Tog‘u toshlar ichra istab yuramen” Bir ko‘rdim men uni, shunchalar go‘zalOydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal! Ul ketgach, kun chiqar yorug‘lik sochib Undan-da so‘rayman sening to‘g‘ringda: Ul-da uyatidan bekinib qochib, Aytadir: “Bir ko‘rdim tushdamas, o‘ngda” Men o‘ngda ko‘rganda shunchalar go‘zalOydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal! Men yo‘qsil na bo‘lib uni suyibman.
Uning-chun yonibman, yonib kuyibman Boshimni zo‘r ishga berib qo‘yibman
Men suyib, men suyib kimni suyibman Men suygan suyukli shunchalar go‘zal – Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!
(Cho‘lpon)
3-savol: O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun ishlab chiqilgan tayanch kompetensiyalаr haqida nima bilasiz?
4. O‘zingiz yoqtirgan ijodkorning asaridan matn tanlang va nutqiy kompetensiyani shakllantirishdagi ahamiyatini yoriting.
Avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish jarayoni nafaqat ishlab chiqarishning turli sohalari, balki madaniyat va ta’lim sohalarini ham qamrab oldi. Kompyuter texnologiyalarining tez sur’atlarda rivojlanishi ta’lim jarayonini yangi bosqichga ko‘tardi, bu o‘z o‘rnida ta’lim mazmunini, metod va shakllarini qayta ko‘rib chiqish, uni yangi bilim hamda ko‘nikmalar bilan yanada boyitish zaruriyatini yuzaga keltirdi.
Xususan, ta’lim jarayonida bilimlarni diagnostika qilishning, xorijiy tillarni o‘rgatishning samarali avtomatik tizimi ishlab chiqilgan.
XX asr tarixga ilm-fan inqilobi davri, kompyuter, avtomatizatsiya asri sifatida kirdi. Bu davrda insoniyat og‘ir mehnatini o‘z aqli bilan osonlashtirishga erishdi. Ya’ni ishlab chiqarish jarayonida foydali ish koeffitsiyenti bir necha barobarga oshdi, mehnat unumdorligi o‘sdi. Insoniyat yirik zavod, fabrikalarni, korxonalarni avtomatlashtirishga erishdi.
“Avtomatizatsiya” so‘zi lotincha “o‘zi harakatlanadi” degan ma’noni bildiradi. Tizim mustaqil harakatlanishga asoslangan, turli operatsiyalar bajarishga yo‘naltirilgan va shu tamoyilda ishlashga moslab dasturlashtirilgan mexanizmlar yig‘indisidir. Hammaga ma’lumki, yirik korporatsiyalarda, masalan, avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodlarda avtomatizatsiya tizimi keng yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tizim optimalligi sababli jamiyatning boshqa sohalariga ham asta-sekinlik bilan tatbiq etilmoqda. Hozirda til o‘rgatishning avtomatik tizimlari ishlab chiqilgan. Til o‘rgatish maxsus o‘quv dasturlari yordamida amalga oshiriladi.
Til o‘rgatishda kompyuterdan foydalanish bo‘yicha dastlabki tajribalar XX asrning 60-yillarida Stenford (Russian Program) va Nyu-York universitetlarida (Das Deutche Program) o‘tkazildi. XX asrning 70 – 80-yillarida til o‘qitishda kompyuterdan foydalanishga bo‘lgan qiziqish kuchaydi va alohida “Computer Assisted Language Learning (CALL)” yo‘nalishining yuzaga kelishiga asos bo‘ldi.[1] CALL bo‘yicha 1-xalqaro konferensiya 1985-yil 12 – 13-noyabrda Budapesht shahrida o‘tkazildi. 2-xalqaro konferensiya 1989-yil 15 – 17-noyabrda bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiyalarda kompyuter yordamida xorijiy tillarni o‘rgatishning yangi metodlari taklif etildi, o‘qituvchi lingvistik avtomatlar xususida qimmatli mulohazalar o‘rtaga tashlandi, o‘qitishda audio va video vositalardan foydalanish samarali ekanligi ta’kidlandi.
Dunyo miqyosida kompyuter tizimini o‘quv jarayoniga tatbiq qilish bo‘yicha yetarli tajriba to‘plangan, bu borada olib borilgan muhim ilmiy-metodik tadqiqotlar, ko‘pgina ta’limiy-nazorat dasturlari, multimedia darsliklari yaratilgan.
Ingliz tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan quyidagi oquv dasturlari mavjud:
TOEFL tizimi – ingliz tilini avtomatik o‘qitishga mo‘ljallangan, eng rivojlangan xalqaro dastur. Inglizcha Testing Of English as a Foreign Language so‘zlari bosh harfidan olingan qisqartma bo‘lib, ingliz tilidan xorijiy til sifatida sinov standarti hisoblanadi. Dunyoning, deyarli, barcha mamlakatlarida amal qiladi. Bu tizim ingliz tilini o‘rgatish bilan birgalikda o‘zlashtirilgan bilimlarni diagnostika qila olish imkoniyatiga ham ega. Amerika universitetlari yoki kollejlariga kiruvchilar uchun sinov vazifasini o‘taydi.
IELTS – International English Language Testing System, ya’ni Xalqaro ingliz tili sinovi tizimi. TOEFL tizimiga o‘xshaydigan avtomatik til o‘rgatish va bilimlarni diagnostika qilish tizimi. U grammatika, lug‘at, o‘qib va tinglab tushunish, to‘g‘ri jumla qurish kabilar yuzasidan bilimlarni baholaydi.
IELTS – International English Language Testing System, ya’ni Xalqaro ingliz tili sinovi tizimi. Imtihonning maqsadi ingliz tilida o‘qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalarining qay darajada shakllanganligini baholash hisoblanadi.
TOEFL – Testing of English as a Foreign Language so‘zlarining bosh harflaridan yasalgan qisqartma so‘z bo‘lib, Amerika universitetlari yoki kollejlariga kiruvchilar uchun sinov vazifasini o‘taydi.
Mazkur dasturlarning bosh maqsadi ingliz tilini mukammal o‘rganishni ta’minlashdan iboratdir. IELTS tizimi Buyuk Britaniya ingliz tiliga asoslangan bo‘lib, aynan ingliz tili grammatikasiga tayangan holda o‘qitishni nazarda tutadi. TOEFL dasturi Amerikada foydalaniladigan ingliz tili qonun-qoidalariga asoslanadi. Ushbu ikki dastur test olinish usuli, vazifalari, turlari, baholash, test o‘tkazilish jarayoni bilan bir-biridan farqlanadi.
IELTS test dasturining 2 turi mavjud bo‘lib, Umumiy (IELTS General Training Module) va Akademik (IELTS Academic Module) test sinovi qismlaridan iborat.
Umumiy yo‘nalishda test topshirganlar o‘rta yoki o‘rta maxsus ta’lim asosida o‘quv faoliyatlarini davom ettirishi mumkin. Oliy ma’lumotga ega bo‘lish uchun esa Akademik test sinovini topshirish talab etiladi.
TOEFL o‘qishga kirish uchun yagona sinov-test tizimi emas. Amerika o‘quv yurtlarida TOEFLga qo‘shimcha ravishda o‘quvchining avval o‘qigan ta’lim muassasidan olgan baholari va ingliz tiliga bog‘liq biror dastur bo‘yicha qo‘lga kiritgan yutuqlari ham hisobga olinadi. Ingliz tilida amalga oshirilgan jamoaviy tadbirlardagi faoliyat ham nazarda tutiladi.
Har ikkala dasturda ham sinov tizimi to‘rt xil shaklda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Mazkur dasturlarning farqi bosqichlarni amalga oshirish usullari hamda baholash tizimida namoyon bo‘ladi. IELTS (2 soat 45 min):
listening (tinglash) –30-40 daqiqa davomida, ma’lum axborotni tinglab, unga tegishli bo‘lgan 40ta savolga javob berish;
reading (o‘qish) – 60 daqiqa davomida muayyan sohaga oid bo‘lgan matnni o‘qish hamda shunga oid 40ta savolga javob berish;
writing (yozish) – 60 daqidada umumiy mavzuda esse yoki insho yozish;
speaking (suhbat) – 10-15 daqiqa ichida shaxsiy hayoti, faoliyati, kelajakdagi rejalari haqida so‘zlab berish. TOEFL (4 soat 30 min):
reading (o‘qish) – 60-80 daqiqada 700 so‘zdan iborat, 3-4 fragmentli matnni
o‘qib tahlil qilish;
listening (tinglash) – ikki xil ko‘rinishda: 60-90 daqiqa davomida biror dialogdagi suhbat yoki axborotni tinglab tushunish;
speaking (suhbat) – 6 xil vazifadan iborat: 20 daqiqa ichida 2ta o‘zi istagan tanish mavzu, 4ta eshitgan yoki o‘qigan mavzularidan biri haqida so‘zlab berish;
writing (yozish) – 50 daqiqa mobaynida o‘qiganlari hamda eshitganlari bo‘yicha savollarga javob tarzida yoki o‘zi bilgan mavzuni dalillar, ma’lumotlarga tayangan holda yozma tarzda asoslab berish. Baholash tizimi:
IELTS → 9 ball, TOEFL → 450 (ba’zan 500-550) ball.
Ballar orasidagi tafovut katta. Buyuk Britaniyaning iqtisodiyot yo‘nalishidagi universitetlariga topshirish uchun kamida 6 ball, yuridik yoki gumanitar sohaga yo‘naltirilgan o‘quv yurtlariga topshirish uchun kamida 7.5ball to‘plash kerak. IELTS dasturida tanlangan institut yoki yo‘nalishdan qat’i nazar, hamma bir xil tartib va talab asosidagi sinovlardan o‘tadi. Farq faqat to‘plangan ballar va ularning qayerda, qanday tartibda qabul qilinishi bilan izohlanadi. Amerika magistratura mutaxassisligida o‘qish uchun TOEFL tizimidan to‘plangan ball 61-109 oralig‘ida bo‘lishi kerak. Masalan, Harvard hamda Kolumbiya universitetlariga shu talab asosida talabalar qabul qilinadi.
Bulardan tashqari, FCE (First Certificate in English), CAE (Certificate in Advanced English), GRE (Graudate Record Examinations), GMAT (Graduate Management Admissin Test) kabi til o‘rgatuvchi va sinov asosida chet elda o‘qishni ta’minlovchi maxsus dasturlar ham mavjud.
O‘zbekistonda o‘rta, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan ingliz tili ta’limi Buyuk Britaniya ingliz tili grammatikasiga asoslangan. Shuning uchun IELTS dasturi mavqeyi va bu tizimda sinov topshiruvchilar soni TOEFLga nisbatan ko‘pchilikni tashkil etadi.Bu dastur talablari asosida tayyorlanayotganlar soni tobora ko‘paymoqda. IELTS test tuzuvchilarining ta’kidlashicha, ushbu testlar sinovdan o‘tuvchining umumiy bilimini ham, uning maxsus tayyorgarligini ham tekshirmaydi. Test dasturining asosiy maqsadi test topshiruvchining ingliz tilini kelajakda yetarli darajada o‘zlashtirishini ta’minlashdir. Lekin, jarayon shuni ko‘rsatmoqdaki, sinov davomida talabgor savollarga to‘gri javob topish uchun mantiqiy fikrlashi, ma’lumotlarni analiz, sintez qilishi, o‘z ona tili ko‘nikmalari asosida anglab, qayta ishlashi va ularni xorijiy tilga o‘girib, to‘gr‘i ifodalay olishi kerak. Bu jarayon talabgordan muayyan bilimga ega bo‘lishni, maxsus tayyorgarlik ko‘rishni talab etadi. Demak, IELTS ingliz tilini mukammal egallash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilibgina qolmasdan, talabgorlarning ingliz tili bo‘yicha bilim darajalarini aniqlashga ham xizmat qiladi.
IELTS dasturi o‘qish, yozish, eshitish va gapirish ko‘nikmalarining qay darajada shakllanganligini aniqlashda ingliz tilida so‘zlovchi davlatlarda ta’lim olish jarayonining zarur qismi hisoblanadi. Shu bois IELTS sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishning eng asosiy yo‘nalishlari ingliz tilini kundalik turmushda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bo‘ladi. Ingliz tili muloqot tili bo‘lgan davlatlarda ta’lim olishni maqsad qilgan talabalar bilan ishlash maqsadida borayotgan fuqarolarning tilni bilish ko‘nikmalari farq qilishi mumkin, ammo IELTS sinovlaridagi topshiriqlarda bu farq belgilovchi rol o‘ynamaydi.
Ingliz tilida gaplashadigan davlatlarda ta’lim olish jarayonida quyidagi vaziyatlarga duch kelish mumkin:
Kitob va jurnallar o‘qish;
Yozma topshiriqlarni bajarish;
Ma’ruzalar tinglash; Seminarlarda qatnashish.
Ta’lim olish jarayonida sohaga oid turli adabiyotlarni o‘qish, aniq bir mavzuga doir ma’lumotlar berilgan gazeta va jurnallarni mutolaa qilish; matnlar, jadvallar va chizmalardan kerakli ma’lumotlarni olish;
olingan ma’lumotlarni tahlil qilish talab etiladi.
Yozma topshiriqlarni bajarish o‘rtaga tashlangan muammoli masalani analiz qilish; yozma ishning rejasini tuzish;
ijodiy yondashib yozish orqali mavzuni tushunarli tarzda ifodalash,
o‘z fikrini yozma ravishda tahlil qila olish uchun kerak.
Ma’ruzalarni tinglash davomida nutqni tinglab tushuna olish; turli sheva elementlari aralashgan nutqni idrok etish; ma’ruzaning asosiy qismlarini, urg‘u berilayotgan ma’nolarini anglash; zarur ma’lumotlarni yozib olish kerak. Bulardan tashqari radio va video orqali ifodalangan turli darajadagi tezlik va shevada gapirilgan nutqni tinglab tushuna olish, nutqning asosiy mazmunini anglay olish hamda zaruriy holatlarda ular orqali yetkazib berilayotgan ma’lumotlarni yozib olish ko‘nikmalarini shakllantirish lozim bo‘ladi.
Seminarlarda qatnashish tinglovchilardan matnlar muhokamasida ishtirok etishga tayyor bo‘lishni, ma’ruzachi va talabalarning berayotgan savollarini tushuna olishni, savollarni ingliz tilida tushunarli tazrda bera olishni talab etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, IELTS dasturi asosida ta’lim olishni ikki bosqichga bo‘lib amalga oshirish kerak:
1. Nutq, yozish, o‘qish va tinglab tushunishni uzviy o‘rgatish. Talabgorning so‘z boyligini imkon qadar oshirgan holda ingliz tili grammatikasining eng zaruriy va murakkab jihatlarini o‘rgatish. IELTS sinovini topshirishga oid yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish.
2. Nutq, yozish, o‘qish va tinglab tushunish ko‘nikmalarini keng miqyosda rivojlantirish; gazeta va jurnallar o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish, radio va audioeshittirishlar asosida tisnglab tushunish ko‘nikmasini mustahkamlash, imkon qadar jonli muloqotni amalga oshirish asosida og‘zaki nutq malakasini rivojlantirish.
IELTSni o‘rgatish kursi oxirida ta’lim oluvchilar quyidagi ko‘nikmalarni to‘liq egallagan bo‘lishlari zarur:
1) ingliz tilidan ona tili sifatida foydalanuvchilarning o‘rtacha tezlikdagi nutqida ifodalanayotgan ma’lumotni tinglab tushuna olish va qabul qilingan ma’lumotni yuqori darajadagi aniqlik bilan (diktant ko‘rinishida) eshitilganlarni aynan takrorlamasdan, mazmunini gapirib bera olish;
2) hujjatlarni tashkil etish (masalan, hisobotlar, rasmiy va norasmiy xatlar, chizma va diagrammalardagi ma’lumotlarni matn ko‘rinishida ifodalash, referatlar yozish), so‘rovnoma ko‘rinishidagi hujjatlarni to‘g‘ri to‘ldira olish. Hujjatlarni ma’lum cheklangan vaqt ichida aniq to‘ldirish hamda ma’lumotlarni yozish jarayonida kerakli bo‘lgan (rasmiy yoki norasmiy) uslubdagi ingliz tilidan foydalana olish;
3) ma’lum cheklangan vaqt ichida ijtimoiy darajasiga ko‘ra muhim bo‘lgan turli mavzularga asoslangan insholarni yoza olish;
4) ko‘rib chiqish, ma’lumot qidirish va o‘rganish usullari orqali anglash, talab darajasida o‘zlashtirish. Cheklangan vaqt ichida aytilayotgan (og‘zaki nutq) yoki yozilgan (matn) axborot ichidan kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni topa olish;
5) ma’lum bir mavzuning asosiy mazmunini og‘zaki tarzda bayon qila olish; mavzu asosida berilishi mumkin bo‘lgan savollarga javob berish va buni mos uslubdagi ingliz tili asosida amalga oshira olish;
6) ingliz tilida asosiy bilimlarning puxta o‘zlashtirilganligini namoyon eta olish (masalan, til grammatikasi, leksikasi, orfografiyasi va boshqalar).
IELTS test sinovi barcha ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun butun bir imkoniyatlar majmuyidir. Bu sinov tizimi ingliz tilining mavqeyini yanada oshiradi. IELTS va shu tipdagi test sinovlarini kuzatib, xulosa chiqarish mumkinki, o‘zbek tilini o‘rganishni xohlagan, shu tilda o‘qishni davom ettirmoqch bo‘lgan chet ellik talabalar uchun sinov turlari ishlab chiqilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Xorijiy tillarni o‘rganish kun tartibidagi dolzarb masalalardan biridir.
Yoshlar shuni anglashlari lozimki, xorijiy tilni o‘rganish milliy til imkoniyatlarini to‘liq o‘zlashtirish negizida amalga oshirish lozim.[2]
ENGLISH FOR ALL (“Hamma uchun mo‘ljallangan ingliz tili”) – O‘zbekistonda yaratilgan avtomatik o‘qitishga asoslangan dastur. Unda o‘quvchiga ingliz tilidagi tovushlar va ularning talaffuzi audioeffektlar yordamida tushuntiriladi, qisqacha ingliz tili grammatikasi bayon etiladi, mashqlar va testlar yordamida bilim tekshiriladi. Ushbu o‘quv dasturining afzal tomoni shundaki, unda o‘qitish tizimi videoeffektlar bilan ham boyitilgan, ingliz tilidagi multfilmlar kiritilgan va inglizcha qo‘shiqlar karaoke bilan ta’minlangan.
WAY TO PERFECTNESS (“Mukammallik uchun yo‘l”) – ingliz tilini avtomatik tarzda o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv dasturi bo‘lib, multimedia asosida ish ko‘radi. Dasturning yuqoridagilardan farqli tomoni shundaki, unda dastur “electron” (“virtual”) o‘qituvchi bilan ta’minlanganidir.
REWARD – bir necha yil davomida o‘qitishga mo‘ljallangan til o‘rgatish tizimi.
PROFESSOR HIOGTNS – Английский без акцента – fonetik tizim
asoslarini o‘rganishga qaratilgan dastur, ingliz tilida aksentsiz talaffuz me’yorlarini o‘rgatuvchi tizim.
REPETITOR ENGLISH – Moskvadagi ingliz tilini o‘rgatuvchi xalqaro markaz tashabbusi bilan yaratilgan. Mazkur tizim ingliz tilini turli xil zamonaviy metodlar va elektron metodik ishlanmalar paketi yordamida avtomatik tarzda o‘rgatishga mo‘ljallangan.
EURO PLUS – ingliz tilini uch yil davomida bosqichma-bosqich (Elementary, Intermediate, Upper intermediate, Advanced English), tizimli tarzda o‘rgatishga asoslangan avtomatik o‘qitish tizimi.
Bulardan tashqari, til o‘qitish dasturlari, videodarslari jamlangan internet saytlari ham mavjud:
BOND.UZ – ingliz tilini o‘rgatish dasturlari, videodarslari jamlanmasi. Masalan, mazkur saytdagi “O‘n kun ichida ingliz tilini o‘rganamiz” videodars jamlanmasi “Asosiy tushunchalar”, “Sodda gaplar”, “Noto‘g‘ri fe’llar”, “Kishilik olmoshlarining to‘ldiruvchi shakli”, “Savollar va so‘roq so‘zlar”, “To be fe’li”, “Qo‘shimchalar va so‘z yasalishi”, “Sifat va sifat darajalari”, “Predloglar”,
“Yakunlovchi qism” kabi o‘nta mavzudagi ixcamlashtirillgan, jadallashtirilgan kursni qamrab olgan.
Bugungi kunda o‘qitishni kompyuterlashtirish nazariyasini ishlab chiqish o‘quv faoliyatining samaradorligini oshiradigan, o‘rganilayotgan mavzuga nisbatan ijobiy munosabat, qiziqishni shakllantiradigan ta’limiy-elektron ishlanmalarni yaratishning umumiy va xususiy mezonlarini belgilash zarurati paydo bo‘ldi. Hozirgi paytda Rossiya, Fransiya, Yaponiya, Kanada va boshqa mamlakatlarda ta’limiy-elektron ishlanmalarni yaratish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-metodik tadqiqotlar olib borilmoqda. Konsepsiyada ishlanmalarning mohiyati, uiarni yaratish, tekshirish va qo‘llash tartibi belgilanadi. Mutaxassislarning fikricha, ta’limiy-elektron ishlanmalar, asosan, texnik, pedagogik, metodik talablarga javob berishi zarur.
Til o‘qitishning avtomatik tizimi yildan yilga rivojlanib, yangi effektlar bilan boyib bormoqda. Bu tizimni yanada rivojlantirish, kompyuter lingvodidaktikasini yangi dasturiy ta’minotlar va pedagogik texnologiya, bilimlar diagnostikasi bilan boyitish kompyuter lingvistikasi fanining dolzarb vazifalaridan sanaladi.
Yaratilgan dastur va boshqa elektron ishlanmalarning sifati, albatta, mualliflarning shaxsiy qarashlariga, ilmiy-metodik saviyasiga va umumiy madaniyatiga bog‘liqdir. Bu o‘ziga xos murakkabliklarga ega. Masalan, ba’zi ta’limiy – elektron ishlanmalar ko‘zlangan maqsadga to‘la-to‘kis erishishga xizmat qilsa, ba’zilari o‘ta qiziqarli, estetik jihatdan yuqori sifatli bo‘lishiga qaramay, muayyan mavzu bo‘yicha kerakli bilim va ko‘nikmalarni egallashga xizmat qilmaydi, informatika va informatsion madaniyat kursini o‘rganishgagina yordam beradi.
Ta’lim jarayoniga, ayniqsa, til o‘qitishga kompyuter texnologiyalarining joriy etilishi XX asr ta’lim tizimining muhim talablaridan biri sifatida maydonga chiqdi. XXI asr – axborot asrida kompyuter texnologiyasidan quyidagi maqsadlarda til o‘qitishda keng foydalanish yo‘lga qo‘yildi:
a) o‘zbek tilini ona tili sifatida, o‘zbek tilini chet tili sifatida va chet tillarini o‘qitish jarayonida kompyuter dasturlaridan foydalanish. Bu muammoni hal etish bo‘yicha mamlakatimizda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda;
b) kompyuter ma’lumotlaridan tilning grammatika tizimi, fonetikasi va leksikasini o‘qitishda foydalanish;
v) kompyuter dasturidan o‘zbek tili va chet tillari bo‘yicha olingan bilimlarni baholash maqsadida foydalanish kabilar.
Kompyuter lingvistikasi yordamida til o‘qitishni maqsadga muvofiq yo‘lga qo‘yish uchun, dastavval, o‘zbek tilidagi barcha so‘z shakllarini o‘z ichiga olgan kompyuter dasturlari yaratilishi lozim. Shu dasturni amalga oshirish maqsadida 2003-yilda Toshkentda “Dunyoviy o‘zbek tili” asari birinchi jildi yaratildi. O‘zbek tili negizidagi mashina tilini yaratish asoslari ishlab chiqilgan. Bu asarda o‘zbek, rus va ingliz tillarini qiyoslash orqali o‘zbek tili grammatikasidagi afzalliklar va ayrim ziddiyatlarni inobatga olgan holda ma’lumotlar bazasi keltirilgan.
O‘zbek tilidagi 500 dan ortiq fe’lni LSG (lug‘aviy semantik guruh)ga ajratib, har bir fe’lning grammatik xususiyatlari, valentlik imkoniyatlari ko‘rsatilgan holda dasturlar yaratish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilgan va ular hozirgi kunda til o‘qitishda sinovdan o‘tkazilmoqda. Masalan, M.Y.To‘xtamirzayev tadqiqoti milliy maktablarda rus tilini teleekran yordamida o‘qitish, A.N.Maxammatovning nomzodlik dissertatsiyasi esa musiqa darslarini modellashtirish muammolariga bag‘ishlangan. Sh.Yusupova nomzodlik dissertatsiyasida ona tili ta’limi samaradorligini oshirishda noan’anaviy usullar va EHMdan foydalanish haqida so‘z yuritiladi. Mazkur ishda umumta’lim maktablarida ona tili bo‘yicha noan’anaviy dars o‘tish metodlari keng ko‘lamda aks etgan bo‘lib, kompyuter texnologiyalarining birgina passiv, nofaol turi qisman yoritilgan. S.Adilova tadqiqotida rusiyzabon guruhlardagi o‘zbek tili ta’limi mazmuni uzviylik va uzluksizlik tamoyillariga amal qilingan holda belgilangan, bu fanni o‘qitishda mashg‘ulotlarni kompyuter vositasida tashkil etishning nazariy asoslari yaratilgan, o‘zbek tili dasturiga kirgan til sathlari bo‘yicha ta’limiy elektron ishlanmalarning loyihasi (maketi) ishlab chiqilgan.
O‘zbek tilini o‘qitishda quyidagi turdagi topshiriqlardan ham foydalansa bo‘ladi:
1. “Bo‘sh kataklarni to‘ldiring” topshirig‘í :
Masalan, Men til o‘rganish… yaxshi ko‘raman.
2. Elektron pochtadan foydalanib xabarlar jo‘natish;
Masalan, Dear students! You must send little story in uzbek language about you to this mail address: lobar. abduhamidova@mail.ru;
3. Matnlar tarjimasiga doir mashqlar:
Masalan, I promise you to come at this time tomorrow.
O‘zbek tilini o‘rganishga doir elektron lug‘аtlar va qo‘llanmalar mavjud.
Hozirgi kunga qadar o‘zbek tilini o‘rganuvchilar uchun ingliz tilidagi IELTS, TOEFL, ENGLISH FOR ALL kabi universal ekektron dasturlar yaratilmagan.
Quyida internet ma’lumotlaridan ayrimlarini keltiramiz:
|
| |