• O‘qish
  • 2. Lingvistik kompetensiya
  • O‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq muammolar




    Download 136,12 Kb.
    bet2/31
    Sana21.05.2024
    Hajmi136,12 Kb.
    #248337
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
    Bog'liq
    Jadid adabiyoti

    B1
    Tinglab tushunish: sohaviy ilmiy-ommabop nutqni tushunadi, tinglangan matndagi asosiy axborotni ajratib oladi, ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb axborotlar mazmunini, maqsadini idrok etadi, tinglab tushunadi. Nutqning to‘g‘riligi, mantiqiy izchilligi, sofligi va ta’sirchanligini anglaydi, barqaror atamalar, kasb-hunar so‘zlarining ma’no xususiyatlarini farqlaydi.
    Gapirish: nutqini ifodali va ravon, mazmunli va ta’sirchan ifoda eta oladi, leksik, grammatik va stilistik me’yorlarga amal qiladi, nutqda mantiqiy urg‘uni o‘rinli va to‘g‘ri tuyadi.
    O‘qish: turli janrdagi matnlarni ifodali va ta’sirchan o‘qiy oladi, gapning ifoda maqsadi, his-hayajon, sodda va qo‘shma gaplar ohangiga rioya qilib o‘qiydi.
    Yozish: fikr ifodasi matnidan izchil, tinish belgilari, nutqda kirish va kiritmalar, ko‘chirma gaplar, tilning ifoda vositalari, fikr ifodasida qo‘shma gapning oddiy va murakkab turlaridan foydalanadi. Ijodiy matnlar yarata oladi.
    Imlo va uslubiy qoidalarga amal qiladi. Rasmiy va shaxsiy xatlarni farqlaydi. 30 – 35 gapdan iborat ijodiy matn (bayon) yoza oladi.
    B1+
    Tinglab tushunish: ilmiy manbalardagi o‘rtacha murakkablikdagi ma’lumotlarni tinglab tushunadi. Nutq uslubiga xos xususiyatlarni anglaydi.
    Gapirish: nutqini ifodali va ravon, mazmunli va ta’sirchan ifoda eta oladi, leksik, grammatik va stilistik me’yorlarga amal qiladi, nutqda mantiqiy urg‘uni o‘rinli va to‘g‘ri qo‘yadi.
    O‘qish: turli janrdagi matnlarni ifodali hamda ta’sirchan o‘qiy oladi, ulardagi uslubiy vositalarning ahamiyatini his qiladi
    Yozish: fikr ifodasida qo‘shma gapning oddiy va murakkab turlaridan foydalanadi, bir fikrni turli shaklda ifodalay oladi. Ijodiy va badiiy matnlar yarata oladi. Imlo va uslubiy qoidalarga amal qiladi. Ixtisoslikka oid matn tuza oladi, bunda til birliklaridan o‘rinli foydalanadi. 35 – 40 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) yoza oladi.
    2. Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyatga oid): A1 o‘zbek tilidagi nutq tovushlarini farqlay oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qiladi; mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
    A1+
    so‘zlarning tovush tarkibini orfoepik jihatdan to‘g‘ri shakllantira oladi; gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini farqlay oladi va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi.
    А2
    Talaffuz va imloda tovush almashishi, tovush orttirilishi, tovush tushishi kabi hodisalardan o‘rinli foydalana oladi; o‘zlashtirilgan leksik birliklarni gap tarkibida qo‘llay oladi; fonetik, leksik va grammatik tahlil qila oladi; fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay oladi; matnda tilning ifoda vositalaridan foydalana oladi.
    А2+
    Tovushlar talaffuzida orfoepik me’yorlarga amal qila oladi; leksik birliklarning ma’nosini farqlashda lug‘atlardan unumli foydalana oladi. Lingvistik kompetensiya (fonetika, leksika, grammatika):

    Download 136,12 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 136,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq muammolar

    Download 136,12 Kb.