Darslarning turlari: axloqiy va fanniy darslar




Download 136,12 Kb.
bet31/31
Sana21.05.2024
Hajmi136,12 Kb.
#248337
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Jadid adabiyoti

Darslarning turlari: axloqiy va fanniy darslar. XX asr boshlarida jadid maktablari uchun ham ko‘proq Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘li zimmasiga tushdi. Darsliklar yaratish pedagogika ilmini chuqur bilish, o‘qitish metodlaridan keng ko‘lamda ma’lumotga ega bo‘lish bilan birga, ilmning turli sohalaridan, ayniqsa, psixologiya ilmidan katta bilimga ega bo‘lishni talab qilar edi. Munavvarqori aynan shundy pedagoglardan edi. U 1907-1920-yillar orasida o‘nga yaqin turli fanlar bo‘yicha darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yaratdi.
Munavvarqorining “Adibi soniy” darsligi “usuli jadid” maktablarining ikkinchi sinflari uchun o‘qish kitobi sifatida yaratildi. Muallif darslikning muqaddimasida quyidagilarni yozadi:” Maktabi ibtidoiyya shogirdlarina alifbodan soʻng (ikkinchi sinfda) o‘qitmak uchun mumkin darajada ochiq til va oson tarkiblar ila yozilmish qiroat kitobidir”. Ushbu darslik 1907-1916-yillar oralig‘ida besh marta nashr qilindi. Darslik ikki yo‘nalishdan tashkil topgan.
1. Ahloqiy darslar. 2. Fanniy darslar.
Har qaysi “fanniy dars”ga muallif metodik tavsiyalar, ko‘rsatmalar beradi, ko‘rgazmali vositalardan foydalanish masalasiga o‘qituvchilar e’tiborini qaratadi. “Ushbu darslarni bir kurrayi masna” yoki xaritalardan ko‘rsatub, dengiz va qit’alarni tushundurmak muallim afandilarining vazifayi lozimalaridir” (“Adibi soniy” 10-bet) deydi.
Munavvarqori har bir dars uchun berilgan nasriy matndan keyin qissadan hissa chiqarib, nazm rukni ostida, axloqiy mazmundagi nasriy matnga mos keladigan she’rlar beradi. Masalan, 3-darsda “Ilm” nasriy matnda ilmning inson hayotidagi ahamiyati, bolalarning ilm egallashi shart ekanligi haqida gapirib, shunday she’riy hissa beradi:
Ilmdur dunyoda eng yaxshi hunar,
Ilmsizdan yaxshidur gung ila kar.
Har kishi ilm-la bo‘lsa oshni,
Izzat-u davlatda bo‘lg‘ay doimo.
Ilmsiz odam zalil-u xor o‘lur,
Ilmsizdin hama bezor bo‘lur.
(“Adibi soniy”, 5-bet)
“Ahloqiy darslar” rukni ostida ta’lim-tarbiyaga oid bir qancha bolalarbop matnlar berilgan.
“Adibi soniy” o‘qish kitobidagi “Fanniy darslar” uchun berilgan matnlar bir muncha siyrakroq bo‘lib, ilm-fan haqidagi bolalarbop matnlar berilgan. “Ahloqiy darslar” bilan “Fanniy darslar” almashinib turadi. Muallif fanga oid hodisalarni o‘quvchilarbop misollar bilan tushuntirishga alohida e’tibor beradi. Masalan, “fanniy darslar” rukni ostida berilgan “Havo” matnida havoni shunday tushuntiradi. Dunyo yuzi “havo” ismlik bir jism ila to‘la bo‘ladur. Suv ila to‘lg‘on bir hovuz ichida suv kirmag‘on hech bir o‘rin qolmaydir. Shunga o‘xshash dunyo yuzida ham havo kirmagan bo‘sh o‘rin yo‘qdir. Havo o‘zi rangsiz, tiniq, yumshoq bir jism bo‘lg‘onlig‘i uchun bizim ko‘zimizg‘a ko‘rinmaydur. Bir yelpig‘ich ila kishi o‘zini yelpisa, yuzig‘a sovuq bir narsa kelib tegadur. Mana shu yuzga tekkan narsa yelpig‘ichning harakati ila qimirlag‘an va to‘lqinlang‘an havodur. Bir olmaning dumidan ip boylab, boshdan tez aylanturulsa, “g‘uv-g‘uv” degan bir tovush chiqadur. Mana bu tovush olmadan chiqqani yo‘q. Balki shul olma ila havoning bir-biriga tegmoq va suykalmog‘idan paydo bo‘lg‘on tovushdir..” (“Adibi soniy”, 46-bet).
“Ahloqiy darslar” rukni ostida ta’lim-tarbiyaga oid bir qancha bolalarbop darslik kitoblar yaratishda Abdulla Avloniyning ham xizmati katta bo‘ldi.
A.Avloniy 1906-yildayoq Mirobid mahallasida yangi usuldagi maktab ochadi. uning bu maktabida diniy bilimlar bilan bir qatorda bir qator amaliy fanlardan ham saboq berilardi. A.Avloniy bolalarning axloqiy tarbiyasiga alohida e’tibor beradi va shu sababdan o‘z maktabida “axloq” darsini o‘ta boshlaydi. Avloniy Turkiston maktablarida axloq – odob to‘g‘risidagi bilimlar berilishi lozimligini quyidagicha tushuntiradi: “…Turkiston maktablarida o‘z shevamizda yozilishi mukammal “axloq” kitobining yo‘qligi ofrodi millatining shunday bir asarga tashna va muhtoj ekanligi o‘zim muallimlar jumlasidan bo‘lganligimdan manga ham ochiq ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun ko‘p vaqtlar tajriba so‘ngidan adibi muhtaram shayx Sa’diy usulida yozmoqni, garchi og‘ir ish bo‘lsa–da o‘zimga muqaddas bir vazifa ado qilaroq va bu kamchilikni orodin ko‘tarmakni munosib ko‘rdim”.
Pedagog maktablarda “axloq” darslarini tashkil qilishni o‘z zimmasiga olgan holda, 1913-yilda “Turkiy guliston yoxud axloq” nomli ta’lim – tarbiya masalalarini chuqur bayon qiluvchi asar yaratadi. Uning bu asarida xulqiga qarab kishilarning ikkiga bo‘linishlari (“yaxshi xulq” va “yomon xulq”), tarbiya turlari, tarbiyani to‘g‘ri tashkil etish va boshqa qimmatbaho fikrlar berilgan. Jumladan, A.Avloniy tarbiya sarlavhasi ostida tarbiya turlariga alohida to‘xtalib, tarbiyani to‘rt turga bo‘ladi: tarbiyaning zamoni; badan tarbiyasi; fikr tarbiyasi (aqliy tarbiya); axloq tarbiyasi.
Abdulla Avloniy tomonidan tarbiyaning yuqoridagi tartibda aniqlanishi uni bolalarga xos xususiyatlardan chuqur xabardor ekanligidan darak beradi. U “Tarbiyaning zamoni” mavzusidagi bolalarga tug‘ilgan kunidan boshlab tarbiya berish zarurligini hamda tarbiyani to‘g‘ri tashkil qilish uchun tarbiyachi, ota – ona, muallimlarning o‘zlari ham tarbiyalangan kishilar bo‘lishi lozimligini qayd qilib o‘tadi. “Badan tarbiyasi” mavzusida insonning salomat bo‘lishi uchun hamisha badan tarbiyasi zarurligini ko‘rsatib, “… o‘qimoq, o‘qitmoq va o‘rganmoq uchun insonga kuchlik kasalsiz jasad lozimdur”, – deydi. Qolgan ikki – aqliy va axloqiy tarbiya mavzularida esa A.Avloniy o‘qitishda ta’lim – tarbiyaning birligiga, tarbiyada esa o‘qituvchilarning ibrat – namunasiga ahamiyat berish shartligini ta’kidlab o‘tadi.
A.Avloniy ham o‘sha davriy faoliyat ko‘rsatgan boshqa ziyolilar qatori tashkil qilgan maktablari uchun darsliklar ham yozadi. Uning “Birinchi muallim” va “Ikkinchi muallim” kabi darsliklari shular jumlasidandir. Bundan tashqari A.Avloniy o‘z zamondoshlari orasida pedagogika fanini birinchi bo‘lib tilga olgan va o‘zining “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida pedagogika “Pedagogika” – bola tarbiyasining fani demakdir, deb to‘g‘ri ta’rif bera olgan buyuk pedagog hamdir. Shu jihatdan ham uni o‘zbek pedagogikasi taraqqiyotini yuqori bosqichga ko‘targan olimlar qatoriga kiritsa bo‘ladi.
Jadidlar orasida dastlabki paytlarda sovet hokimiyatiga xayrixoh bo‘lib, lekin tez orada o‘zlarining bu hokimiyat to‘g‘ridagi fikrlari xatoligiga iqror bo‘lishib, to‘g‘ri yo‘lga kirib olgan ziyolilar ham mavjud edi. Bunday ziyolilarga Xo‘ja Xoniy, Hasan Qori, Salimxon Tillaxoniy, Mir Geydilarni kiritish mumkin.
Jadid maktablarning vujudga kelishi. Jadidlar tuzgan maktablarda aholiga ilmiy – ommabop bilim berish muhim pedagogik vazifa hisoblanar edi. Shu bilan birga bu maktablardagi bilimlar sodda va tushunarli holda ifoda etilardi. Bu maktablarda diniy bilimlar bilan birga hayotda eng zarur bo‘ladigan ilmiy bilimlar, ya’ni ona tili, riyoziyot, jug‘rofiya fani, asosan o‘lkashunoslik materiallari asosida o‘rganilardi. Bolalar intizomiga jadid maktablarida alohida e’tibor berilar, bolalarga ta’lim – tarbiya berishda dinning tarbiyaviy ahamiyatidan samarali foydalanilar edi. Katta moddiy qiyinchiliklarga qaramasdan iqtidorli bolalar tahsil olish uchun chet ellarga yuborilardi.
Jadid maktablarida amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya ishlari milliy maktab yaratish va unda pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishda bo‘lajak o‘qituvchilarimiz uchun dasturul amal vazifasini bajaradi.

Download 136,12 Kb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Download 136,12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Darslarning turlari: axloqiy va fanniy darslar

Download 136,12 Kb.