Usuli jadid maktablari uchun Munavvarqori tuzgan yo‘riqnomaning ahamiyati




Download 136,12 Kb.
bet30/31
Sana21.05.2024
Hajmi136,12 Kb.
#248337
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Jadid adabiyoti

Usuli jadid maktablari uchun Munavvarqori tuzgan yo‘riqnomaning ahamiyati. Munavvarqori Abdurashidxon o‘gli usuli jadid maktablari muallimlari uchun maxsus yo‘riqnoma ishlab chiqdi. Unda:
1. Maktabga qabul qilingan bola 8-1- yoshda bo‘lishi kerak.
2. Ibtidoiy sinfga yilda bir marta - o‘quv yili boshida qabul qilinadi.
3. Muallimlar har bir sinf uchun talabalarning ismi shariflari yozilgan maxsus daftar yurgizmoqlari kerak.
4. Muallim har bir talaba ismi sharifi ro‘parasiga mavjudlik, mavjudmaslik, darsni qay darajada o‘zlashtirishi, tartibni buzganligi haqida maxsus belgilar qo‘yib borishi lozim.
5. Har kuni ertalab dars soat 8. 30 da boshlanib, soat 15.00 da tugatilishi kerak.
6. Muallimning ruxsatisiz, yoki uzrli sababsiz dars qoldirilmasin.
7. Har soat darsdan so‘ng o‘n daqiqalik tanaffus zarur.
8. Har soatlik darsni 50 daqiqa qilib belgilash maqsadga muvofiqdir kabi 16ta talablar berilgan.
Bundan tashqari talabalar bo‘ysunushi shart bo‘lgan 11ta moddadan iborat “Nizomnoma”ni ham ilova qildi. Ulardan ba’zilari quyidagilar.
1. Shogirdlar o‘z vaqtida maktabga kelishlari shart.
2. Bemorligi yoki biror uzrli sabablari bo‘lmagan hollarda dars qoldirish man etiladi.
3. Maktabda, darsda va darsdan tashqari vaqtlarda ovozini ko‘tarib gapirish ta’qiqlanadi.
4. Muallimning ruxsatisiz biror tarafga ketish yoki biror ish bilan mashg‘ul bo‘lish man e’tiladi kabi.
Har bir o‘quv yili uchun maxsus darslik kitoblar belgilangan: 1- o‘quv yili uchun Saidrasul Saidazizovning “Ustodi avval”, ikkinchi sinfda Ali Asqar Bayramali Kalininning “Adibi Soniy”, 1907-yildan e’tiboran Munavvarqorining “Adibi avval”, “Adibi Soniy” darslik kitoblari; 2-o‘quv yilida Munavvarqorining “Adibi avval”, “Adibi Soniy”, A.Avloniyning “Ikkinchi muallim”; 3-o‘quv yilida Mo‘minjon Muhammadjon o‘g‘lining “Nasoyih ul-atfol” (“Bolalarga nasihatlar”) biri juzi o‘qitilgan. 4-o‘quv yilida Mulla Ahmadxo‘ja Eshonning “Nasoyih ul-atfol”, ifodali o‘qish, qiroat darslari uchun A.Avloniyning “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” o‘qish kitobining birinchi va ikkinchi juzlaridan foydalanilgan. 5-o‘quv yilida A.Avloniyning “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” o‘qish kitobining uchinchi va to‘rtinchi juzlari, ”Sabzavor” majmuasida, “Turkiston viloyatining gazeti”, ”Sadoyi Turkiston” gazetalarida faol ishtirok etgan, jaholatni, mutaassiblikni keskin fosh qiluvchi, zamonaviy ilm-ma’rifatga da’vat etuvchi Kamiy, Avloniy, Tavallo, Sidqiy, Miskin, Fikriy, Hamza kabi zamonaviy shoirlarning sara she’rlaridan foydalanilgan. Shu nuqtayi nazardan Munavvarqori yuqorida nomlari tilga olingan jadid shoirlarini birinchi bo‘lib, maktab darsliklariga olib kirdi.
Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘li ham ba’zi hollarda, mutaassiblar, eski maktab tarafdorlari - qadimchilarning ta’qib va tazyiqlariga yon berishga majbur bo‘lgan. U maktabiga bir muncha vaqt asosiy o‘quv predmeti sifatida gimnastika-badantarbiya predmetini kiritgan. Ammo ba’zi bir mutaassiblar qutqusiga berilgan ota-onalar “o‘g‘limizni soldatlikka tayyorlayabdi” degan qo‘rquv bilan bolalarini maktabdan qaytib ola boshlaydilar. Munavvarqori ushbu predmetni jadvaldan vaqtincha olib tashlashga majbur bo‘ladi.
Munavvarqori Abdurashidxonov tomonidan tuzilgan yo‘riqnoma nafaqat talabalar uchun, balki jadid pedagoglari uchun ham tuzilgan o‘z davrining mukammal yo‘riqnomasi edi. Bu bilan Turkistondagi jadid maktablarida tartib-qoida, ilm olish va berish mashg‘ulotlari tartibga solindi.

Download 136,12 Kb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Download 136,12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Usuli jadid maktablari uchun Munavvarqori tuzgan yo‘riqnomaning ahamiyati

Download 136,12 Kb.