|
Usuli savtiya – zamonaviy o‘qitish usuli ekani
|
bet | 28/31 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 136,12 Kb. | | #248337 |
Bog'liq Jadid adabiyotiUsuli savtiya – zamonaviy o‘qitish usuli ekani. Ismoilbek Gaspiralining yaqin hamkori, “Tarjimon” gazetasida ham faoliyat ko‘rsatgan “usuli savtiya” maktablarining Qrimdagi tashkilotchilaridan Hasan Sabriy Ayvazov 1906-yilda “Usuli tadris va ta’lim-tarbiya” nomli metodikaga oid asar yaratdi. U “Usuli savtiya” ismindanda anglashildig‘i kabi savtiy usul demakdur. “Qor” kalimasini chujuqlara go‘stirajaqda” “qof”, “alif”, “ro” demayub, “q”, “o”, “r” deya go‘stirmalidur. “Usuli savtiya”ya daha ziyoda bilmak orzu edan afandilar “atarjimon” muharriri Ismoil Bek ta’lifkardasi o‘lan “Xo‘jai Sibyon”a murojaat etmalidurlar. “Xo‘jayi sibyon”da har darsning avvalinda “Muallimlara nasihat” sarlavhasi ostinda bir toqim ma’lumot va ixtirot go‘stirilmishdur. Orzu edanlar tadoruk etsunlar. “Xo‘jayi sibyonning qoidalaridan birisida o‘ttiz ikki harf bir karrada go‘stirmiyub, harflari bir toqim darslara taqsim edilur. Bu soyada mubtadiy chujuqlar 32 harfi o‘n darsda harflarning qochar shaklda yozildig‘ini va qulayliqla o‘qilmasini o‘rganiyilur.
Asl “usuli savtiya” ila harf go‘stirmek Imom A’zam Abu Hanifa hazratlari ila islom muarrixi, mashhur Abdurahmon ibn Xaldun o‘lmishlar esa-da, madrasalarimizdan usuli tadriz raf’i o‘lindig‘i kabi maktablarimizdanda “usuli savtiya” g‘oyib edilmishdir. Oxiran, yana ashobi aql va g‘ayrning sa’yila maydona gelmish esa-da, hanuz lozimi kabi ta’lim va intishor edilmadigina jiddiyad taassuf edilur” deydi.
Ushbu so‘zlardan ma’lumki, “usuli savtiya” metodi uzoq tarixga ega. Ammo XVI asrdan boshlab usuli savtiya metodi o‘qitish tizimidan olib tashlangan, faqat quruq yodlashga asoslangan usuli hijo asosiy o‘qitish metodi sifatida qolgan.
Usuli savtiya - tovush metodi tovushning grafik belgisi harf yordamida savodga o‘rgatiladi. Shuning uchun u tovush-harf metodi deb yuritiladi. Ushbu metodda dastlab so‘z tovushlarga, harflarga bo‘linib, tahlil qilinadi. So‘zni tovushlarga bo‘lish va ularni o‘qish orqali o‘rganilayotgan tovush - harflar o‘quvchilarga tanishtiriladi. Bu metod Yevropada birinchi bor XVI asrda polyak pedagogi Valentin Ikalzamer tomonidan ishlab chiqildi. Ammo katolik mutaassibligi bu metodning amalda qo‘llanishiga imkon bermadi. Ikki asr o‘tgach, Shvetsariyalik pedagog Iogann Genrix Pestolitstsi (1746-1827) tovush metodini amaliyotga tatbiq etdi. Bu usul talabiga ko‘ra o‘quvchilarga dastlab harflarning “alif, be, te, se, jim..” tarzidagi nomlari emas, balki harflarning “a, b, t, s, j, q)” tarzidagi savtlari, ya’ni ular ifodalaydigan tovushlari o‘rgatiladi.
Bu usulda o‘qitishga o‘rgatishdan oldin o‘quvchilarni bir oz tayyorlash kerak bo‘ladi. Buning uchun jumlalarni so‘zlarga, so‘zlarni hijolarga va hijolarni tovushlarga ajratishga o‘rgatiladi. Masalan, o‘qituvchi “Men kitob o‘qidim” jumlasini har bir so‘zdan keyin to‘xtab-to‘xtab o‘qiydi va bu jumlada 3ta so‘z borligini tushuntiradi. So‘ngra o‘qituvchi “men”, “ki-tob”, “o‘-qi-dim” tarzida ushbu jumladagi so‘zlarni hijolarga ajratdi. Keyin har bir hijoda nechtadan tovush borligini tushuntiradi. Shu zaylda so‘zlarni hijolarga, hijolarni tovushlarga ajratib, tovushlarning yozuvdagi belgilari - harflar bilan ifodalashni tushuntiradi. So‘zlarni hijolarga, hijolarni tovushlarga ajratishni usuli savtiyada “tahlil usuli” deb yuritiladi.
Bu o‘rinda 6-7 yoshli bolaning tushunishi ancha qiyin bo‘lgan bir jarayon mavjud: arab yozuvidagi o‘zbek imlosida harf bilan ifodalanmaydigan juda ko‘p qisqa unlilar mavjud, ular ko‘p hollarda harakatlar bilan ifodalanadi, nasta’liq xatida esa harakatlar umuman qo‘yilmaydi.
O‘quvchilar tahlil usulini yaxshilab o‘rganib, olganlaridan keyin tovushlardan hijolar, hijolardan so‘zlar yasashga o‘rgatiladi. Shunday qilib, tovushlarni harflar savtiga qo‘shib hijolar va hijolarni bir-biriga qo‘shib, so‘zlar hosil qilishga o‘rgatiladi. Bu usuli savtiyada “tarkibi usuli” deb yuritiladi.
Dars davomida o‘rgatilgan harflar bilan tuzilgan har bir so‘z, albatta, o‘quvchilarga yozdiriladi va shu bilan o‘quvchilarni yozuvga ham o‘rgatib boriladi. Demak, usuli savtiya metodida o‘qish va yozish bir-biri bilan bog‘liq holda baravar olib boriladi. Shuning uchun yozilishi osonroq harflar mumkin qadar oldinroq hamda shakllari bir-biriga o‘xshash harflar ketma-ket darslarda o‘rganilishi maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi qaysi harfni tushuntirayotgan bo‘lsa, keltirilgan so‘zlari oldin o‘tilgan harflardan tashkil topgan bo‘lishi kerak. O‘quvchilar lug‘at boyligini yangi so‘zlar bilan mukammallashtirish jarayonida har bir o‘rganilayotgan so‘zning ma’nosini, qo‘llanish o‘rnini puxta o‘zlashtirishga alohida e’tibor beriladi.
|
| |