• 3. Xiva xonligida usuli jadid maktablari. 4. Usuli jadid maktablarining har bir hududga xos xususiyatlari to‘g‘risida munozara tashkil etish.
  • Qo‘qon xonligida va Toshkentda usuli jadid maktablarining yuzaga kelishi va xususiyatlari.
  • O‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq muammolar




    Download 136,12 Kb.
    bet24/31
    Sana21.05.2024
    Hajmi136,12 Kb.
    #248337
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
    Bog'liq
    Jadid adabiyoti

    2 - AMALIY MASHG‘ULOT:
    USULI JADID” MAKTABLARI RIVOJINING HUDUDIY O‘ZIGA XOSLIGI
    REJA:
    1Qo‘qon xonligida va Toshkentda usuli jadid maktablarining yuzaga kelishi va xususiyatlari.
    2 . Buxoro amirligida jadid maktablari rivojining o‘ziga xosligi.
    3. Xiva xonligida usuli jadid maktablari.
    4. Usuli jadid maktablarining har bir hududga xos xususiyatlari to‘g‘risida munozara tashkil etish.
    Tayanch tushunchalar: Qo‘qon xonligi, Toshkent, Buxoro amirligi, Xiva xonligi, jadid maktablari, hududiy o‘ziga xoslik, “Usuli jadid”ning o‘qitish tizimi.
    Qo‘qon xonligida va Toshkentda usuli jadid maktablarining yuzaga kelishi va xususiyatlari. Asr boshida jadidlar ziyolilarning butun bir vatanparvar avlodini tarbiyalab berishdek og‘ir ishga fidoiylik bilan kirishdilar. Ularning boshida M. Behbudiy, A. Avloniy, S. Ayniy, A. Fitrat, Munavvar Qori, Bobooxun Salimov va boshqa koʻplab taraqqiyotparvar insonlar turgan edi. Ular doimo quvg‘in, qamoq, surgun kabi xavf-xatarlar boshida charx urib turgan holda ish olib borishga majbur bo‘ldilar.
    Shulardan Toshkent jadidlarining otasi sifatida ziyolilar orasida katta obro‘-e’tibor qozongan Munavvar Qori Abdurashidxonovning xizmatlari juda katta bo‘ldi.
    XX asr boshlarida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona vodiysi shaharlarida o‘nlab “usuli jadid” maktablari ochildi. Uni bitirganlar orasida Turkiston ma’naviy-ma’rifiy dunyosini milliy uyg‘onishiga kuchli ijobiy ta’sir qiladigan zabardast namoyondalar ajralib chiqdi. Uning birinchi qaldirg‘ochlari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Siddiqiy Ajziy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ashurali Zohiriy, Lutfulla Olimiy, Muhammadsharif So‘fizoda, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, H.H. Niyoziy kabi o‘nlab ulug‘ zotlardir. Jadidlar maktab va ma’rifatdan boshlangan faoliyatini siyosiy qiyofa kasb etgunga qadar davom qildirib, Turkistonda milliy mustaqil davlat barpo etishga urinish bilan eng yuqori pog‘onaga ko‘tarildilar.
    Turkistonda yangi usul maktablari ochilib, ma’rifatparvar, ilg‘or pedagoglar bu maktablar uchun turli darsliklar, o‘qish kitoblari, qo‘llanmalar yarata boshladilar. Behbudiy, Munavvar Qori, Fitrat, Abdulla Avloniy, Ibrat, Hamza kabilar bu sohada jonbozlik ko‘rsatdilar va bu ishda faol ishtirok etdilar. Jadidlar boshqa o‘lkadagi ma’rifatparvarlik harakatlari bilan ham aloqa o‘rnata boshladilar.

    Download 136,12 Kb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




    Download 136,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq muammolar

    Download 136,12 Kb.