|
Dorilfunun va uning Samarqand sho‘basi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi
|
bet | 20/31 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 136,12 Kb. | | #248337 |
Bog'liq Jadid adabiyotiDorilfunun va uning Samarqand sho‘basi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi. Tez orada viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan jadid pedagoglari boshchiligida xalq dorilfununining sho‘balari ochildi. Bunday ishlarda, ayniqsa, Samrqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Siddiqiy-Ajziy, Namanganda Is’hoqxon Ibrat, Qo‘qonda Ashurali Zohiriylar katta faoliyat ko‘rsatdilar. Dorilfunun ishiga qisqa muddatda 299 muallim jalb etildi. Hatto 1918-yil 31-maydan “Xalq dorilfununi” (hozirgi “O‘zbekiston Milliy universiteti) nomida Muxtor Bakir muharrirligida muntazam gazeta chiqarila boshlandi.
Ma’rifatparvar jadidlar zamonaviy oliy ta’limga doir faoliyatining tugatilishi. Zamonaviy o‘qituvchilarga ehtiyoj juda katta edi, shuning uchun ham Munavvarqori dorilmuallimin faoliyatiga e’tiborni kuchaytirdi, unga rahbarlikni o‘zining sobiq o‘quvchisi, jadid pedagogi Shokirjon Rahimiy zimmasiga yukladi. Dorilmuallimin qoshida o‘nlab zamonaviy maktablar tashkil etildi. Ammo Turkiston maorif komissari Uspenskiy kabi shovinistik ruhdagi arboblar Xalq dorilfununi faoliyatiga katta to‘siq bo‘ldilar: dorilmuallimin 1918-yilning sentabridayoq tugatildi. Buning ustiga, 1920-yil 7-sentabrda Turkiston o‘lkasida universitet ochish haqida (universitet 1918-yildan faoliyat ko‘rsatmoqda) sho‘ro hukumatining rahbari Lenin dekretga imzo chekdi va butun dunyoga jar soldi. Bu bilan Turkiston xalq dorilfununi faoliyatini yo‘qqa chiqardi, hamma lavozimlar markazdan kelgan mutaxasislar tomonidan egallandi. Rus tilini talab darajasida bilmaydigan mahalliy millat yoshlari oliy ta’limdan mahrum bo‘lib qolaverdilar. Munavvarqori Abdurashidxonov 1918-yilda bir yilga yetar-yetmas dorilfunun rektori vazifasini bajardi, 1921-yilning 31-martida safdoshlari bilan birga sho‘ro hukumatiga qarshi kurashda gumon qilinib, qamoqqa olinadi va yil oxirida ayblov tasdiqlanmagach, ozod qilinadi. Uni va safdoshlarini endi universitet ishga yaqinlashtirmaydilar. 1923-yilda universitetning besh fakultetida 2453 talabaning 50 nafarigina, ya’ni ellikdan bir-ikki foizga yaqini o‘zbek bolalari edi. Amalda mazkur universitet ruslar va rusiy zabonlar uchun xizmat qildi. Bu holga partiya va davlat arbobi Akmal Ikromov ham qattiq taassuf bildirgan edi. Bunday sharoitda Munavvarqori umidni yana chet el oliy o‘quv yurtlariga talabalar yuborishda ko‘rdi. 1920-1923-yillarda uning tashabbusi bilan 70 ga yaqin talaba Germaniyaga o‘qishga yuborildi. Bu ishda Munavvarqori, Abdurauf Fitrat va Fayzulla Xo‘jayevlar bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatdi. Chet el oliy o‘quv yurtlarini bitirib kelgan yoshlar taqdiri jadid mutaffakkirlari qismati kabi fojia bilan yakunlandi: ularning hammasi sovet hukumati tomonidan mahf etildi. Xalqimizning ulug‘ farzandlari sho‘rolar hukmronligining hamma bosqichlarida ham Millat, Vatan istiqboli uchun kurashganlar. Bu sohada Habib Abdullayev, Ibrohim Mo‘minov, Obid Sodiqov, Sa’di Sirojiddinov kabi mutaffakkirlarning hayot yo‘li va faoliyati yoshlarimiz uchun hayot maktabidir.
|
| |