• Munavvarqori boshchiligida Turkiston musulmon xalq dorilfununining tashkil etilishi.
  • Turkiston yoshlarining rivojlangan xorijiy mamlakatlarga yuborilishi




    Download 136,12 Kb.
    bet19/31
    Sana21.05.2024
    Hajmi136,12 Kb.
    #248337
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
    Bog'liq
    Jadid adabiyoti

    Turkiston yoshlarining rivojlangan xorijiy mamlakatlarga yuborilishi. Yuqorida keltirganimiz jadidlarninig ma’rifiy sohadagi ikkinchi vazifasi xayriya va maorif jamiyatlarini tuzish edi. Bu borada “Turon”, “Jamiyati xayriya”, “Tarbiyai atfol” kabi jamiyatlar ochildi. 1909-yil 12-mayda Toshkentda tuzilgan Turkiston jadidlarinig “Jamiyati xayriya” tashkiloti mahalliy yoshlarni chet ellarga o‘qitish, homiylik qilish ishiga rahbarlik qildi. Uning yordami bilan yoshlar Rossiyaning Peterburg, Saratov, Qozon, Ufa, Orenburg shaharlaridagi oliy maktab va madrasalarga, shuningdek, Istambul, Qohira kabi xorijiy shaharlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga yuborila boshladilar. Shuningdek, 1909-yil 18-iyulda Buxoro shahrida jadidlar tomonidan tuzilgan “Tarbiyai atfol” jamiyati shu yilning o‘zida Fitrat, Usmonxo‘ja Po‘latxo‘ja o‘g‘li, Atoxo‘ja, Mazhar Burxonov kabi yoshlarni Istanbulga o‘qishga yo‘llagan edi. Ushbu jamiyat orqali o‘qishga jo‘natilganlar soni 1911- yilda 15 nafar, 1912-yilda 30 nafarga yetgan.
    Munavvarqori boshchiligida Turkiston musulmon xalq dorilfununining tashkil etilishi. Madrasalar islohoti masalasi zamonaviy oliy ma’lumotli mutaxasislar tarbiyalab yetishtirish masalalari bilan bog‘lanib ketdi. Bu ishda, ayniqsa, Munavvarqori Abdurashidxonov, Maxmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitratlar katta faoliyat ko‘rsatdilar, ko‘plab iqtidorli yoshlarni taraqqiy etgan davlatlar oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga yuborishni rejalashtirdilar. Ammo ular bu yo‘l bilangina Vatanni chuqur bilim va malakaga ega bo‘lgan milliy kadrlar bilan ta’minlash masalasini hal qilib bo‘lmasligini yaxshi bilar edilar. Aslida, chet ellarda o‘qib kelgan yoshlar o‘lkada ochilajak oliy o‘quv yurtlarining birinchi o‘qituvchilari bo‘lishlari kerak edi. Jadid mutaffakkirlarining ulug‘ orzusi o‘z oliy o‘quv yurtlariga ega bo‘lish edi. Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniylar tomonidan ochilgan “Jamiyat xayriya”, “Turon” jamiyatlari nizomida “ovrupocha o‘quv muassasalari ochish” moddasi mavjud edi. 1917-yil fevral voqealari, ayniqsa, 1918-yilda Toshkentning yangi shahar qismida A.V. Popov boshchiligida rus xalq universiteti (rus bolalari uchun) tashkil qilish harakatlari Munavvarqori boshchiligida musulmon yoshlari uchun ham xalq dorilfununi tashkil qilish ishlarini tezlashtirib yubordi. 1918-yil 9-aprelda Munavvarqori eng faol safdoshlari – jadid maorifparvarlarini o‘z hovlisida to‘playdi va 9 kishidan iborat “Musulmon xalq dorilfununi tashkilot komissiyasi”ni tuzadi. Ular hammasi “Muallimlar jamiyati” ning (bu jamiyat Munavvarqori tomonidan 1916-yilda tuzilgan) faollari edilar. Bu haqda “Xalq dorilfununi” gazetasi quyidagilarni yozadi: “Shu vaqtda bu tarafda musulmon ziyolilaridan bir necha zotlar haqiqatda vaqtning muhimligini, fursatning g‘animat ekanligini e’tiborga olib, musulmon xalqi uchun bir umumiy o‘quv yurti ocharg‘a kerakligi haqinda mushovara qildilar ham xudoga shukr qilib, ishga kirisharg‘a qaror berdilar va birinchi o‘laroq 9-aprelda Munavvarqori Abdurashidxon afandining hovlisida yig‘ilib, musulmon xalq dorilfununi ochmoqg‘a sa’y etar uchun bir tashkilot hay’atini ta’sis etdilar”.
    9 kishidan iborat tashkiliy hay’at ishni boshlab yubordi. Ular Munavvarqori Abdurashidxonov, Burhon Habib, Muxtor Bakir, Murod Xo‘ja, Abdusame’ qori Ziyoboyev, Iso To‘xtaboyev, Sodiq Abdusattarov, Haydar Shavqiy, Kamol Shams edilar. Ushbu hay’at bir oy ichida o‘n marta yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilish hisobotlari “Xalq dorilfununi” gazetasining 1918-yil may-iyul sonlarida berilgan. Tashkilot hay’atining 3-may kuni bo‘lib o‘tgan majlisida dorilfunun rahbariyatiga saylov o‘tkaziladi. Unda Munavvarqori rais (rektor) Iso To‘xtaboyev raisning birinchi muovini, Burhon Habib ikkinchi muovini, Abdusame’qori Ziyoboyev xazinachi, Muxtor Bakir sarkotib etib saylanadilar. Munavvarqori va tashkiliy hay’atning jiddiy va tinimsiz mehnati natijasida 1918-yil 12-may kuni Musulmon xalq dorilfununi (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Dorilfunun millat ehtiyojlaridan, uning bilim saviyasidan kelib chiqqan holda uch: quyi, o‘rta, yuqori bosqichli bo‘lib, besh yillik o‘qituvchilar tayyorlaydigan dorilmuallimin ham mavjud edi.

    Download 136,12 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




    Download 136,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Turkiston yoshlarining rivojlangan xorijiy mamlakatlarga yuborilishi

    Download 136,12 Kb.