• Jadidlarning zamonaviy milliy oliy ta’lim tizimi haqidagi g‘oyalari.
  •  Munavvarqori boshchiligida Turkiston musulmon xalq dorilfununining tashkil etilishi




    Download 136,12 Kb.
    bet17/31
    Sana21.05.2024
    Hajmi136,12 Kb.
    #248337
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
    Bog'liq
    Jadid adabiyoti

    4. Munavvarqori boshchiligida Turkiston musulmon xalq dorilfununining tashkil etilishi, dorilfunun va uning Samarqand sho‘basi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi.
    5. Ma’rifatparvar jadidlar zamonaviy oliy ta’limga doir faoliyatining tugatilishi
    Tayanch tushunchalarmilliy oliy ta’lim tizimi, Turkistonning tanazzuli, milliy kadrlar, xorijiy mamlakatlarga yuborish, xalq dorilfununi, Samarqand sho‘basi, o‘qitish tizimi.
    Jadidlarning zamonaviy milliy oliy ta’lim tizimi haqidagi g‘oyalari. Ma’lumki, madrasalar qadimdan oliy o‘quv yurti maqomida bo‘lgan. Ularning paydo bo‘lishi o‘qitishda yangi usullarning vujudga kelishi bilan uzviy bog‘liqdir. VIII-IX asrlarda, talabalar asosan, masjidlarda o‘qitilar, ularda musulmon dini aqidalari, islomiy ilmlar (naqliy ilmlar) bilan bir qatorda, aniq fanlar (aqliy ilmlar) o‘qitilar edi. Talabalarga o‘qitish jarayonida aytib turilgan, ular yozganlar. Bu usul imlo usuli deb yuritilgan. X asrdan boshlab o‘quv muassalarida “imlo” usulidan voz kechildi. Shvetsariyalik arabshunos olim Adam Mess quyidagilarni yozadi: “O‘qitishda yangi usullarning vujudga kelishi, o‘z navbatida, yangi turdagi o‘quv muassasalarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Avval aytib turib yozdirish, ya’ni “imlo” usuli o‘qitishda eng yuqori daraja hisoblangan bo‘lsa, X asrdan boshlab, “tadris” (“sharh” “izoh”) usuli yetakchi bo‘lib qoldi. “Tadris” usuli o‘sha davrda qabul qilingan ilmiy munozara bilan uzviy bog‘liq edi. Natijada, bu davrga kelib madrasa vujudga keldi”.
    “Usuli tadris” ko‘proq madrasalarda qo‘llangan. Natijada, yangicha o‘qitish usullari: munozara, tafsir, sharh usullari talablariga javob beradigan madrasa vujudga keldi va masjiddan ajralib chiqdi, maktablar esa masjidlarda qoldi. Madrasalar uchun maxsus binolar qurila boshlandi. Musulmon shaharlaridagi eng yirik madrasalar amirlar, shohlar, xonlar, beklar yirik mulkdorlar, shariat, din peshvolari tomonidan qurdirilgan, sharq me’morchilik san’atining eng go‘zal an’analari madrasalarda o‘z ifodasini topgan.
    Samarqanddagi Ulug‘bek, Sherdor, Tillakori; Buxoradagi Mir Arab, Abdullaxon; Toshkentdagi Ko‘kaldosh; Xivadagi Olloqulixon, Islomxo‘ja madrasalari va minoralari musulmon sharqi me’morchilik san’atining eng noyob namunalaridir. Madrasalar va masjidlarga yopishtirib nihoyatda baland va salobatli minoralar ham qurilgan. Mullavachchalar yashab o‘qishi uchun 2-4 kishilik hujralar, mudarrislar, mutavali, masjid imomi uchun xona va bir necha darsxonalar mavjud bo‘lgan. Davlat ahamiyatiga molik katta madrasalar qoshida boy kutubxona, qiroataxona, ularning ishini nazorat qiluvchi lavozim ham bo‘lgan. Masalan, Buxorodagi Mir Arab madrasasida yuzdan ortiq talaba yashashi uchun hujralar bo‘lgan. Davrning eng ulug‘ ulamolari uchun ham madrasadan bir xona (hujra) berilgan. Buyuk mutaffakkir Ahmad Donishning Mir Arab madrasasida, xorazmlik shoir, tarjimon Muhammad Yusuf Rojiyning Olloqulixon madrasasida o‘ziga alohida hujrasi bo‘lgan.
    Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasi Mavarounnahr va Xurosonning eng e’tiborli madrasalaridan biri bo‘lgan. U ikki qavatli bo‘lib, 55 nafar hujrasi bo‘lgan. Har bir hujra 2 nafar talaba uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uch xonadan yotoqxona, darsxona, qaznoq (oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar uchun xona) dan iborat bo‘lgan. Ulug‘bek madrasayi oliysida 100 nafar talaba ta’lim olgan. Talabalarga Samarqandning deyarli hamma ulug‘ olimlari Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug‘bek, Shamsiddin Muhammad Havofiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Alovuddin Ali Qushchi, aniq fanlar (ilmi aqliya)dan dars berganlar va Ulug‘bek rasadxonasida ham ilmiy-tadqiqot ishlari olib borganlar. Umuman, Ulug‘bek madrasasi bilan rasadxona faoliyati o‘rtasida yaqin aloqa bo‘lgan. Mantiq, fiqh, adabiyotshunoslik, tilshunoslik tafsir hadis ilmlaridan Fazlulloh Abulaysiy, Abulqosim Samrqandiy, Abdurahmon Jomiylar dars bergan.
    O‘qitiladigan ilmlar tasnifi, o‘qitish saviyasi, mudarrislar mavqeyiga ko‘ra madrasalar ikki bosqichga bo‘lingan: birinchisi umumiy ta’lim beruvchi o‘quv maskani, u madrasa deb yuritilgan. Ushbu guruh madrasalarda ilmi naqliya - diniy ilmlar ancha chuqur o‘rganilgan, shu bilan birga, ilmi aqliya – tabiiy fanlardan umumiy ma’lumot berilgan. Bunday madrasalar kichikroq shaharlarda, tumanlarda, ba’zan katta mahallalarda ham bo‘lgan. Umumiy ta’lim madrasalarini bitirgan talabalar, asosan, ibtidoiy maktablarda o‘qituvchi, masjidlarda imom, qozixonalarda mufti va boshqa lavozimlarda ishlaganlar, ba’zan qobiliyatli, iqtidorli yoshlar madrasayi oliyda o‘qishni davom ettirganlar.
    Ikkinchisi madrasayi oliya deb yuritilgan va ta’lim tarbiyaning eng oliy bosqichi hisoblangan. Unda yuksak ilmiy maratabaga erishgan allomalar faoliyat ko‘rsatgan, bunday madrsalar asosan poytaxtlarda, ilm-fan, madaniyat rivojlangan, Bag‘dod, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlarda bo‘lgan. Bunday madrasalar haqida ulug‘ mutaffakkir Mahmudxo‘ja Behbudiy, “Oyna” jurnalida e’lon qilgan maqolalarida ham ma’lumot bergan.
    Madrasalarning har ikkala guruhida arab tili sarfi (morfologiyasi), nahvi, (sintaksisi) ancha chuqur va uzoq vaqt o‘qitilgan. Chunki madrasalarda boshqa fanlar bo‘yicha o‘qitiladigan asarlar va ularning sharhlari deyarli hammasi arab tilida bitilgan va arab tilini mukammal bilish talab etilgan. Madrasalarning qanday fanlarga mo‘ljallanganligidan qat’iy nazar, ulumi naqliya ( Qur’on, hadis, fiqh, tasavvuf) va u bilan bog‘liq bo‘lgan ilmlar ta’lim dasturining asosini tashkil etgan. Ba’zi madrasalarda, ularning ixtisosiga ko‘ra, ulumi aqliya, ulumi ma’muriya, ulumi harbiya ilmlari o‘qitilgan. Chunki ularda, asosan, davlat ma’muriyatida xizmat qiluvchi, elchilik ishlari bilan shug‘ullanuvchi davlat arboblari yoki lashkarboshilar tayyorlangan. Shunga ko‘ra, bunday madrasalarda Unsurulmaoliy Kaykovusning “Qobusnoma”, Nizomulmulkning “Siyar ul-muluk” (“Siyosatnoma”), Shayx Sa’diyning “Guliston” va “Bo‘ston” asarlarini ancha chuqur o‘rganganlar.

    Download 136,12 Kb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




    Download 136,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Munavvarqori boshchiligida Turkiston musulmon xalq dorilfununining tashkil etilishi

    Download 136,12 Kb.