O‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq muammolar




Download 136,12 Kb.
bet13/31
Sana21.05.2024
Hajmi136,12 Kb.
#248337
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
Jadid adabiyoti

Tayanch tushunchalar: jadid maktablari, usuli jadid, usuli qadim, o‘qitish usullari,”Tarbiyayi atfol”, xayriya jamiyatlari, yangicha usul, yangicha pedagogik qarashlar.
Turkistonda jadid maktablarining takomili uch bosqichda – shakllanishi, taraqqiyoti va tugatilishi tarzida kechgani. Jadidlar, birinchi navbatda, maorifni, maktab va madrasalarni, ularda o‘qitish usullarini tubdan isloh qilish, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirish, millatni ma’nan uyg‘otish uchun kurash olib bordilar. Ular o‘zbek xalqining ming yildan ortiq taraqqiyot tarixiga ega bo‘lgan tafakkur gulshanidan bahra oldilar, umuminsoniy qadriyatlarga asoslandilar, shu bilan birga, turk dunyosi xalqlarining ma’naviy rahbari Ismoilbey Gasprali o‘qish-o‘qitish, maktab va madrasa islohotiga oid fikrlari ta’sirida bo‘ldilar.
Mazkur holat Rossiya ichki ishlar vazirligining 1900-yil 31-dekabrda Turkiston o‘lkasiga yuborgan 13444-raqamli “mutlaqo maxfiy” farmoyishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Unda hukumat gubernatorlarni ogoh bo‘lishga da’vat qiladi: keyingi vaqtlarda tatar adabiyoti va matbuotida 14 millionli rus musulmonlarining ko‘p asrli turmush tarzini izdan chiqarish xavfiga sabab bo‘luvchi ruh paydo bo‘lganligi sezilmoqda. Bu ruh tatarlar hayotida katta burilishga tayyorgarlik jarayoni kechayotgani haqida taxmin qilish imkonini beradi. Vazirlik e’tiborni Gasprali faoliyatiga, yangi usuldagi maktablarda, uning darsligi asosida ona tilini o‘qitish masalasiga qaratadi. Tatarlar, deyiladi farmoyishda, islomiylik va turkiylik zaminida taraqqiyot uchun intilmoqda. Shuning uchun politsiya departamenti bu harakatni har tomonlama o‘rganib, shu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan mualliflar, ularning maqolalari, “yosh turklar” bilan aloqasi, chet el markazlarida, ayniqsa, Turkiyada ularni kimlar rag‘batlantirayotgani, kimlar tomonidan va qayerda yangi usul maktablari ochilgani, kimlar bunday maktablarda dars berayotgani, kimlar bu maktablarga rahbarlik qilayotgani kabi masalalar haqida keng ma’lumot so‘ragan. Gubernatorlik ma’murlari Turkiston o‘lkasidagi mahalliy ziyolilar faoliyatini, o‘lkada kechayotgan madaniy, ma’rifiy, siyosiy ahvolni o‘rganishni Nikolay Ostroumov zimmasiga yuklaydi. Chunki u o‘lkada 1879-yildan buyon faoliyat yuritayotgan edi va Turkiston haqida juda ko‘p ma’lumotlarni to‘plashga ham ulgurgan edi. Ushbu farmoyishga binoan u “siyosiy jihatdan ishonchsiz” deb hisoblagan, jadid maktablarini targ‘ib-tashviq qiluvchi maqolalar yozgan, yangi maktablar ochgan va ularda muallimlik, mudirlik qilgan Is’hoqxon Ibrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Siddiqiy-Ajziy, Abduqodir Shakuriy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy va boshqalar haqida ichki ishlar vazirligiga ma’lumotlar yuborib turgan.
Vazirlikning yuqoridagi farmoyishi munosabati bilan Olmaota (Verniy) shahrida o‘lka rus va rus-tuzem maktablari muallimlarining katta yig‘ini bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mo‘minjon Muhammadjonov quyidagilarni yozadi: “Shul chog‘da Tatariston, Ozarbayjon turklari bizdan burun ko‘z ochib, boylarining himmati bilan yangi maktablar, boshlang‘ich, yangi o‘rta, yuqori (oliy) uch bosqichda madrasalar solib, ming-ming xalq bolalarini ko‘zlarin Ovrupo bilimlari bilan ochmoqda edilar. Ufa shahrida “Oliya”, “Usmoniya”, Qozon shahrida “Muhammadiya”, Orenburgda “Husayniya”, Qafqazda biz otini bilmagan yana qancha maktablar, madrasalar ko‘p edi. Bul yangi madrasalarni solmoq uchun yuz minglab, millionlab aqchalar ketgan, Nikolayning to‘ralari, chinovniklari oldida necha dapqir so‘roqlar berilgan edi... Olmaota (Verniy)da o‘rus mullalarining katta yig‘ini bo‘ldi, shul yig‘inda: “Tatarlar qozoqlar bilan sart bolalarini o‘qitmasin! O‘qumushli tatarlarg‘a Turkiston o‘lkasida turish uchun yo‘l qo‘ymaslik kerak! Chunki ular sart, qozoqlarg‘a bilim tarqatib, ko‘zlarini va fikrlarini ochadurlar, so‘ngra bizga yemak uchun Turkistonda non qolmaydur. Ikkinchi, yangi tartib bilan o‘qituvchimuallimlar, purog‘ramlari, o‘qitadurg‘on kitoblarini kimlarning asari ekanligin “inespektur”larga yozib koʻrsatmaguncha, bola yig‘ib o‘qutolmaydurlar!” – deb qaror berdilar. Shuning uchun hukumatning o‘rus va musulmon ma’murlaridan ham imtihon ko‘rish bahonasi bilan kelib-ketib turmoqda edilar”.
Agar Ismoilbek Gasprali g‘oyalari mohiyatiga nazar tashlasak, ularning, ayniqsa, dastlabki davrda Rossiyaning ruslashtirish siyosatiga qarshi qaratilganligi, yuksak taraqqiyotga milliylikni saqlagan holda erishishga chaqirishi sezilib turishini ko‘ramiz. Jumladan u shunday yozadi: “Ovrupa bir keksa choldir, tajribasi ko‘pdir. Ulug‘ yoshiga hurmatimiz bor. Tajribasidan o‘rganamiz. Lekin xatolarini takrorla-maymiz. Maktablarini, universitetlarini biz ham quramiz. Ammo aqllarimizni qanchalik yoritsak, qalblarimizni ham shuncha haqqoniyat bilan to‘ldirmoqqa harakat qilamiz. Ovrupada nimani ko‘rsak, yosh boladek olib yugurmaymiz. Esli-hushli insonlardek “bu nimadir?, Oqibati nima bo‘ladi?, Vijdon va haqoniyatga uyg‘unmi?”, - deya aql tarozisiga tortib olamiz. Ovrupa madaniyati mulohazasiz qabul qilaverish mumkin bo‘lgan bir narsa emas”. Bundan ko‘rinadiki, jadidlar yevropaliklarning tajribasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki uni faqatgina ijobiy tomonlarini qabul qilganlar.
Rossiya hukumatining turkiy xalqlarga nisbatan qo‘llayotgan, ularni birlashtirish emas, aksincha, bir-biridan ajratish, parchalash siyosati Ismoilbey Gaspraliga ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi, u bu siyosatga o‘z munosabatini bildirdi: “Rusiyadan kelma musulmonlaring Oziyoyi Vusto (O‘rta Osiyo)da mulk olmasindan Rusiya davlatining foydasi nadur? Ikki taraf birlashmasun. Rusiyali musulmonlar turkistonlilara rahbar o‘lmasun kabi g‘alat bir fikr vor esa behudadir, besamardir. Musulmonlarning birligi bo‘yla qoziqlar ila ayrilmas, chunki bu birlik diniydir, tarixiydir, jinsiydir. Bo‘yla qoziqlarning hatto foydasi-da vordir: musulmonlarning fikrini ishlatur, ko‘zlarini ochar, himmata savq edar”.
Nima qilish kerak? Qora xalq ongini oqartirish, ilm-ma’rifat sari yetaklash, uni ilm, fan-texnika yangiliklariga oshno qilish lozim. Bunga esa maktab orqali, dastlab ibtidoiy maktab orqali erishish mumkin. Mana shunday o‘ta og‘ir ta’qib va tazyiqlar ostida Qrimda butun turk dunyosini tilda, ishda, fikrda birlikka chaqirgan Ismoilbey Gasprali faoliyatini Munavvarqori Abdurashidxonov Turkistonda davom ettirdi. U 1901-yilda dastlab Toshkentning Shayhontohur, keyinchalik shaharning boshqa dahalarida birinchi “usuli jadid” maktablari ochdi. Bu maktab 1893-yilda Samarqandda Ismoilbey Gasprali boshchiligida ochilgan va bir necha oygina faoliyat ko‘rsatgan maktabdan keyingi o‘zbeklar tomonidan ochilgan usuli jadid maktablarining birinchisi edi. Turkistonda yetishib chiqqan buyuk islohotchilardan biri bo‘lgan Munavvarqori Gaspralining hamma darslik va o‘quv qo‘llanmalari, badiiy va publitsistik asarlari bilan yaqindan tanish, siyosiy qarashlari ta’sirida bo‘ldi. U jadid maktablari uchun darsliklar yaratdi, zamonaviy o‘qituvchilar avlodini tarbiyalab yetishtirdi. Uning bevosita ta’sirida Mannon Uyg‘urdek buyuk san’at arbobi, aka-uka Husanxo‘ja va Eshonxo‘ja Honiylar, aka-uka Sobirjon va Shokirjon Rahimiylar, Same’qori, Salimxon Tillaxonov, Qayum Ramazon, Shorasul Zunnun, Majid Qodiriy kabi murabbiylar yetishib chiqdilar. Munavvarqori Toshkentda ochilgan jadid maktablari uchun o‘zi tuzgan dastur va darsliklarni joriy etdi, ular asosida jamoat oldida ochiq darslar va imtihonlar tashkil qildi. Bundan asosiy maqsad, birinchidan, usuli jadid maktablarini badnom qiluvchi mutaassib qadimchilarning da’volari asossiz ekanligini xalq oldida namoyish etish bo‘lsa, ikkinchidan, xalq o‘rtasida ilm-ma’rifatga, yangi o‘qitish usuliga, zamonaviy turmush tarziga rag‘bat uyg‘otish edi. Shuning uchun ham Munavvarqori imtihonlarga o‘quvchilarning ota-onalaridan tortib, shariat-din peshvolarigacha, hatto o‘lkada katta e’tibor qozongan olimu shoirlarni, ma’rifatli boylarni ham taklif qilgan. Qo‘limizda uning Is’hoqxon Ibrat va Hamza Hakimzodaga yuborgan “Da’vatnoma”si mavjud. Mana, ulardan biri:
“Hurmatlu Is’hoqxon hoji janoblarina! 1907-yil may oyindan Toshkendda Tarnovboshi mahallasinda “Xoniya” maktabinda talabalarning yillik imtihoni boshlanur. Siz hurmatludan rijo qilurmizki, tavobingizda bo‘lg‘on usuli jadidiya maktablari mudirlari ila imtihon majlislarina tashrif qilsangiz, muallim va shogirdlar Sizdan mamnun bo‘lur edilar. Muhibingiz Munavvar Qori. 15-mart 1907-yil”.

Download 136,12 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Download 136,12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq muammolar

Download 136,12 Kb.