Ta’lim islohi va millat ma’rifati masalalarining uyg‘unligi




Download 136,12 Kb.
bet10/31
Sana21.05.2024
Hajmi136,12 Kb.
#248337
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Bog'liq
Jadid adabiyoti

Ta’lim islohi va millat ma’rifati masalalarining uyg‘unligi. XX asr Turkiston o‘lkasida milliy uyg‘onish shabadasini kuchaytirdi: o‘lkada “Tarjimon”, “Mulla Nasriddin”gazeta va jurnallarining mushtariylari soni oshib bordi. Ulardagi islohotchilik harakatiga bag‘ishlangan maqolalar o‘lka pedagoglarini o‘z faoliyat-lariga tanqidiy qarashga majbur etdi, ilk usuli jadid maktablari vujudga keldi, ona tili, tabiiy fanlarni o‘qitish masalasiga ehtiyoj va e’tibor kuchaydi. Ismoilbek Gaspiralining “Xo‘jai sibyon” alifbo darsligi, “Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo‘ldosh” metodik qo‘llanmasi usuli jadid muallimlari qo‘lida tez-tez ko‘rina boshladi.
Rossiya hukumatining turkiy xalqlarga nisbatan qo‘llayotgan ularni birlashtirish emas, balki, bir-biridan ajratish siyosati Ismoilbek Gaspiraliga ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
Yosh Munavvarqori 1892-yilda Toshkentda yuz bergan “Vabo qo‘zg‘aloni”ni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Panshaxa, ketmon, tosh ko‘targan xalq mustamlakachilar tomonidan zamonaviy qurollar bilan qarshi olindi, minglab olomon Kaykovus daryosiga g‘arq qilindi. 1898-yilda Andijon qo‘zg‘aloni qonga botirildi, o‘nlab Mingtepa kabi qishloqlar to‘pga tutildi, kultepalarga aylantirildi. Munavvar qori qalbida chor mustamlakachilariga nisbatan nafrat tuyg‘usi mavj urdi. Ammo chor Rossiyasidek makkor, dahshatli saltanatga va uning zamonaviy artilleriyalariga qarshi nochor olomonni qarshi qo‘yish mumkin emasligini Munavvarqori va maoriflar tushunib yetdilar.
Munavvarqori 1901-yilda dastlab Toshkentning Shayhovand Taxur, keyinchalik shaharning boshqa turli dahalarida birinchi “usuli jadid” maktablari ochdi. Bunday maktab 1893-yilda Buxoro va Samarqandda Ismoilbek Gaspirali boshchiligida ochilgan va bir necha oy faoliyat ko‘rsatgan maktablardan keyingi o‘zbeklar tomonidan ochilgan “usuli jadid” maktablari ning birinchisi edi.
Turkistonda yetishib chiqqan buyuk islohotchilardan biri bo‘lgan Munavvarqori Abdurashidxonov Ismoilbek Gaspirali bilan uchrashmagan bo‘lsa ham uning hamma darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan, badiiy va publitsistik asarlari bilan yaqindan tanish, siyosiy qarashlari ta’sirida bo‘ldi, unga ergashib “usuli jadid”maktablari ochdi, o‘qituvchilik qildi, darsliklar yaratdi, usuli jadid maktablari uchun o‘qituvchilar tayyorladi. Uning bevosita tarbiyasida Mannon Uyg‘urbek buyuk san’at arbobi, aka-uka Husanxo‘ja va Eshonxo‘ja Honiylar, aka-uka Shokirjon va Sobirjon Rahimiylar, Same’ qori, Salimxon Tillaxonov, Qayum Ramazon, Shorasul Zunnun, Majid Qodiriy kabi pedagoglar yetishib chiqdilar.
Munavvarqori Toshkentda ochgan usuli savtiya maktablarida o‘zi tuzgan o‘quv dasturlari asosida jamoat oldida ochiq imtihonlar tashkil qilgan. Ilk o‘zbek jadid pedagoglaridan Abduqodir Shakuriy 1901-yilda Samarqanddan kelib, Salohiddin Sirojiddinovning maktabi bilan maxsus tanishib ketgani ma’lum. Bu hol Buxoro amirligi va Xiva xonligida ham ko‘zga tashlanadi.
Turkiston o‘lkasidagi bunday ma’rifatparvarlik faoliyatiga usuli jadid maktablarining keng tarmoq yozishiga gubernatorlik ma’murlari keskin qarshi chiqqanlar va hukumat farmoni bilan yopishga muvaffaq bo‘lganlar.
Abdurauf Shaxidiy, Husayin Makayevlar ham usuli jadid maktablari ochgani uchun o‘z vatanlaridan quvg‘in qilingan, Namangan va Qo‘qonda faoliyatlarini davom ettirgan tatar pedagoglaridir. To‘raqo‘rg‘on qozisi Is’hoqxon Ibrat maktab ochib muallimlik qilish huquqidan mahrum qilingan bu ikki pedagogni 1906-yilda To‘raqo‘rg‘on va Namanganda ochgan maktablarida o‘qituvchi etib tayinladi. Keyinchalik ular Is’hoqxon Ibrat tashkil etgan “Matbayi Is’hoqiya” da noshir sifatida ham faoliyat ko‘rsatdilar.
1905-yil voqealari jadidchilik harakatining yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilishiga, ko‘lamining kengayishiga, milliy ong, milliy tafakkurning rivojiga turtki bo‘ldi. Turk, tatar, ozarbayjon, boshqird mutafakkirlari bilan aloqalar yanada mustahkamlandi. Yangi “usuli jadid” maktablari soni mahalliy maktabdorlar, hur fikrli ziyolilar sa’y-harakatlari hisobiga ancha ortdi.
“Usuli jadid” maktablarini butunlay yopib qo‘yish yoki taqiqlashdan gubernatorlik ma’muriyati qo‘rqar edi, chunki bu ish bunday maktablarni yashirin ravishda tashkil qilishga, ayniqsa, mahalliy xalqning qattiq norozilik harakatiga olib kelar, ko‘plab yoshlarning chet elga, birinchi navbatda, Turkiyaga borib o‘qishiga yo‘l ochilar edi.
Mahalliy pedagoglarning “usuli savtiya” maktablarini ochishi gubernatorlik ma’muriyati tomonidan qattiq nazorat ostiga olindi. Shu munosabat bilan 1909-yilda Turkiston o‘quv okrugi qoshida maxsus komissiya “Farmoyish” ishab chiqdi.
Endi dunyo yuzini ko‘rayotgan “usuli jadid “ maktablarida qo‘llash uchun mahalliy mualliflarning darsliklari hali yo‘q darajada yoki yetarli emas edi. Atoqli maorifchi Saidrasul Saidazizovning “Ustodi avval” alifbo darsligi nihoyatda kam miqdorda nashr qilinib, hatto rus-tuzem maktablari uchun ham yetishmas edi. “Usuli jadid” maktablarida Majid Qodiriy tomonidan yaratilgan va u 1910-yilda nashr etilgan “Hisob” darsligiga qadar Qozonda, Turkiyada nashr qilingan matematika bo‘yicha turli darsliklardan foydalanilar edi. Buning ustiga “Farmoyish”ga binoan tatarlar tomonidan yaratilgan va “usuli jadid” maktablarida muvaffaqiyat bilan o‘qitilayotgan hamda Turkiyada nashr etilgan darsliklardan foydalanish man etildi. Bu ham jadid maktablarining keng ko‘lamda faoliyat ko‘rsatishiga katta to‘siq edi. Shuning uchun ham jadid pedagoglaridan Hoji Muin Shukrullayev ko‘plab “usuli jadid “ maktablarining yopilib qolayotganini mahalliy o‘qituvchilarning, birinchidan, “usuli savtiya” metodidan xabarsizliklari bo‘lsa, ikkinchidan bunday maktablar uchun maxsus darsliklarning yo‘q darajada ekanligidan, deb ko‘rsatadi: ”1901-yildan e’tiboran Qo‘qon va Toshkentda, 1903-yildan Samarqandda yangi maktablar ochila boshladi. Bu maktablar Turkistonning katta shaharida son jihatidan bir daraja ko‘paygan bo‘lsa ham, 4-5 yildan keyin yana kamayib, faqat tuzuklari davom etdi. Buning birinchi sababi kitobsizlik bo‘lsa, boshqa sababi o‘qituvchilarning usuli ta’limdan xabarsizliklari edi.
Dunyoda o‘qituvchilik ishidan ham og‘irroq, shu bilan birga, sharafliroq, undan ham buyukroq ish bo‘lmasa kerak. Chunki o‘qituvchi inson farzandini haqiqiy kamolot sari yetaklaydi. Har qanday jamiyatning inqirozi-yu tanazzuli, ravnaqi-yu istiqboli, uning maktabga, ta’lim-tarbiyaga va ayniqsa, o‘qituvchiga bo‘lgan munosabat bilan o‘lchanadi.

Download 136,12 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Download 136,12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim islohi va millat ma’rifati masalalarining uyg‘unligi

Download 136,12 Kb.