• REJA: 1.
  • “Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari”
  • Tushunarlilik tamoyili “Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari”
  • Tizimlilik va izchillik tamoyili
  • “Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari”
  • Nazariya va amaliyotni bog’lash tamoyili
  • Onglilik va faollik tamoyili
  • Thank you for listening
  • Pedagogika universiteti fizika matematika fakulteti matematika va informatika ta




    Download 432.43 Kb.
    Sana02.04.2024
    Hajmi432.43 Kb.
    #185679
    Bog'liq
    Parmonova Sevara
    Xayitboyev Bekzod (2), 2-seminar mashg\'uloti, Мустақил иш мавзулари, irratsional tenglamalar

    NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
    PEDAGOGIKA UNIVERSITETI FIZIKA-
    MATEMATIKA FAKULTETI
    MATEMATIKA VA INFORMATIKA” TA’LIM
    YO‘NALISHINING MI 403-GURUH TALABASI
    PARMONOVA SEVARA

    MAVZU: 5-sinf: “Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari” mavzusini o’qitishda didaktik tamoyillar.
    REJA:
    1. Ilmiylik tamoyili
    2.Tushunarlilik tamoyili
    3.Tizimlilik va izchillik tamoyili
    4. Ko’rgazmalilik tamoyili
    5. Mustahkamlik tamoyili
    6. Nazariya va amaliyotni bog’lash tamoyili
    7. Onglilik va faollik tamoyili
    Ilmiylik tamoyili
    Ilmiylik tamoyili - berilayotgan bilim hozirgi zamon ijtimoiy va ilimiy-taraqqiyot darajasiga mosligi bilan hamda tuzilgan dastur va ishchi rejaga mos bo’lishligi bilan belgilanadi.
    Shuning uchun ham 5- sinflar uchun “Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari” mavzusini o’qitish jarayonini ilmiy asoslangan maktab darsligiga tayangan holda va darslikda keltirilgan rejalar asosida tashkil qilish kerak. Dars vaqti chegaralanganligini hisobga olgan holda munozarali va tasdiqlanmagan nazariyalarni istisno qilish darslikka qo‘yiladigan asosiy talablardan biridir.

    Tushunarlilik tamoyili
    “Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari” mavzusini o'qitish jarayonida sinf o’quvchilarining yoshi va psixologik xususiyatlarini hisobga olish kerak bo’ladi. Murakkab tushunchalar bilan to'yinganlik ham, ataylab soddalashtirilgan til ham o'quvchining motivatsiyasi va qiziqishining pasayishiga olib keladi, shuning uchun ham kompyuterning qo’shimcha qurilmalari bo’lgan printer, skaner, modem, ovoz kuchaytirgich, quloqchin va shu kabi yana bir qancha qurilmalar haqida berilayotgan tarif hamda malumotlarning murakkablikning kerakli darajasini topish muhim hisoblanadi. Asosiysi o'quv materialining mazmunini o'quvchilar o'zlaridagi bilimlar bilan bog'lay olishsin va uni tushunishda qiynalmasin.
    Tizimlilik va izchillik tamoyili

    O'qitishda tizimlilik va izchillik tamoyili o'qitishni shunday tashkil etishni talab etadiki, bunda o'quv fanlarini o'qitish qat'iy mantiqiy tartibda olib boriladi. Ta’lim jarayonida tizimlilik va izchillik tamoyilini amalga oshirishda ta’lim beruvchi o‘quv materiallarini oldingisini keyingisi uchun asos bo‘lishi, keyingisi esa, oldingisining davomi va oldingisi bilan mustahkam bog‘liq bo‘lishini ta’minlashi lozim. Ya’ni 5-sinf informatika kursida “Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari” mavzusini o’qitishdan oldin o’quvchilar “Informatika fani haqida”, “Kompyuter tuzilishi” va “Kompyuterning asosiy qurilmalari” mavzulari yuzasidan fundamental bilimga ega bo’lishlari kerak bo’ladi. Darsning tizimli va izchil bo‘lishida quyidagilarga e’tibor berish, ya’ni ma’lumdan – noma’lumga, osondan – qiyinga, oddiydan – murakkabga, yaqindan – uzoqqa, yakkadan – umumiyga, o‘tish tavsiya etiladi. 


    Ko’rgazmalilik tamoyili
    Darslar ko'rgazmali qurollar yordamida berilsa, o'quvchilarning o'zlashtirishlari osonlashadi.
    Mavzuni tushuntirish jarayonida slayd hamda audiovizual vositalardan foydalanish o’quvchilarda mavzuga doir bilim va ko’nikma hosil qilishda katta yordam beradi.
    Printer, USB modem, videoproyektorlarning ishlash texnikasi bilan amaliyot dars jarayonlarida tanishish ham o’quvchilar ongida chuqur saqlanib qolishiga sabab bo’ladi.
    Mustahkamlik tamoyili
    Mavzu yuzasidan berilgan topshiriqlarni amaliyot, labaratoriya mashg’ulotlarida bajarish natijasida bilimlar yanada mustahkamlanadi.
    Egallangan bilimlar albatta mustahkamlanishi shart.
    Mustaqil ravishda bajarish uchun mo’ljallangan topshiriqlarni bajarish o’quvchilarning o’z ustida ko’proq ishlashiga turtki bo’ladi.
    Nazariya va amaliyotni bog’lash tamoyili
    Nazariy bilim doim kasb-hunar amaliyoti bilan bog'lanishi lozim. Amaliy ta’lim ham o'z navbatida nazariy bilimlarga asoslangan bo'lishi kerak. “Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari” mavzusidagi nazariy bilimlar amaliyotda qay darajada kerak va muhim rol o’ynashi haqida o’quvchilarga ta’kidlab o’tilishi lozim.
    Hozirgi kunda biror ish yurituvchini yoki korxona ish faoliyatini printer, skaner, faks, modem (router), veb-kamera, ovoz kuchaytirgich, quloqchin kabi vositalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu qurilma va vositalar kompyuterning asosiy qurilmalari hisoblanmasa-da, insonlarning kundalik hayotida ularga ehtiyoj juda katta. Zamonaviy – texnologiyalar hozirgi rivojlangan davrda har bir sohada keng qo’llaniladi. Masalan, ta’lim sohasida darslar samarali tashkil qilinishi uchun taqdimotlarni namoyish qilishda kompyuter va uning bir qancha qo’shimcha qurilmalaridan foydalaniladi, marketologiya va reklama beznisini esa printer va skayner kabi qurilmalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
    Onglilik va faollik tamoyili
    Buning uchun o'quvchi-talabalar darsga faol qatnashishi lozim.
    O'quv jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, ularning o'zlari fanga qiziqsin, uni bilishga harakat qilib, intilsin.
    Inson ta’lim olishining haqiqiy, chinakam mohiyati o‘zining aqliy faoliyati natijasida bilimning yangi-yangi sir-asrorlarini mustaqil ravishda anglab olishidir.
    o'quvchi o'z harakati bilan fanlarni yaxshiroq o'rganadi va o'zlashtiradi.
    Thank you for listening
    Download 432.43 Kb.




    Download 432.43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogika universiteti fizika matematika fakulteti matematika va informatika ta

    Download 432.43 Kb.