|
Muhandis kadrlar faoliyatiga psixologik tavsif
|
bet | 20/116 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #105241 |
Bog'liq 18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024 3.3. Muhandis kadrlar faoliyatiga psixologik tavsif
Ma’lumki, muxandis kadrlar kasbiy faoliyatining bir nechta xususiyatlari mavjud bo’lib, bu xususiyatlar kadrlarning ruhiy jihatdan tayyorgarligiga salmoqli ta’sir ko’rsatadi. Muxandis kadrlari faoliyatining asosiy xususiyatlaridan biri – kadrlar faoliyatining huquqiy jihatdan tartibga solinganligi. Muxandis kadrlar kasbiy faoliyatining normativ hujjatlar, yo’riqnomalar va buyruqlar asosida belgilab berilishi mehnatni samarali tashkil etish, faoliyatni erkin amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Bunday hokimiyat vakolati berilgan kadrning psixologik holatini avvalo yuksak darajadagi mas’uliyat belgilab beradi. Uning o’z vakolatlarini qo’llashi esa harakatlarining zarurligi va oqilonaligini, qonuniy asosga egaligini aniqlash imkonini beradigan bir qator masalalarni hal qilishni taqozo etadi. Ko’pincha bu holat qonunda belgilangan moddalardan birini tanlash zarurati bilan bog’liq bo’ladi, shu bois bu kadrdan juda katta hissiy-irodaviy zo’riqishni talab etadi. Berilgan vakolatdan oqilona va qonuniy ravishda foydalanish – muxandiskadrlariga qo’yiladigan juda muhim kasbiy talab- lardan biri. Hokimiyat vakolatidan foydalanishning qonunga va maqsadga muvofiqligi ko’p hollarda kadrning shaxsiy fazilatlariga bog’liq.
Muhandis kadrlari kasbiy faoliyatining o’ziga xos jihatlaridan biri keng doiradagi kishilar bilan muomala qila olish qobiliyatini bildiruvchi kommunikativlikdir. Kadr o’z faoliyati davomida turli yoshdagi, kasbdagi va turli huquqiy maqomga ega bo’lgan shaxslar bilan muomala qilishiga to’g’ri keladi. Bu esa kadrdan shaxs psixologiyasini, xususan muomalaning psixologik asoslarini bilishni talab etadi.
Albatta, kadrning kasbiy faoliyatiga yorqin ifodalangan bilish xususiyati xosdir. Bu esa turli xil qiyinchiliklarni, fikriy vazifalarni turlicha hal qilishnigina emas, balki ushbu qarorlarni amalga oshirishni tashkil etishni ham talab etadi. Shu nuqtai nazardan muxandis kadrlarining kasbiy faoliyatida quyidagi asosiy psixologik tizimlar mavjud: bilish faoliyati, konstruktiv, tashkilotchilik va kommunikativ faoliyat. Albatta, kadrlarning amaldagi faoliyatida ushbu tarkibiy qismlarning har biri sof holda uchramaydi, ularning hammasi uzviy birlikda namoyon bo’ladi.
Kadr kasbiy faoliyatining asosiy psixologik xususiyatlari va tarkibiy elementlarini ko’rib chiqish ham uning faoliyati qanchalik murakkab va serqirraligidan dalolat beradi. Kasbiy faoliyat kadrga ko’plab turli xil talablar qo’yadi, ular orasida eng muhimlaridan biri — shaxsda kasbiy muhim xislatlarning rivojlanganlik darajasi bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
– kadr shaxsiga xos xislatlarning kasbiy-psixologik yo’nal- ganligi;
kadrning psixologik tayyorgarligi;
rivojlangan irodaviy xislatlar;
noodatiy vaziyatlarda o’zini tuta bilish, jasurlik, mardlik, oqilona tavakkalga moyillik;
yaxshi rivojlangan kommunikativlik;
turli toifadagi shaxslar bilan tezda aloqaga kirisha olish, ishonchli munosabatlar o’rnata olish va sir saqlay olish;
turli tezkor xizmat vazifalarini bajarishda odamlarga psixologik ta’sir ko’rsata olish qobiliyati;
rolga, boshqa qiyofaga kira olish;
rivojlangan, kasbiy jihatdan muhim bilish xislatlari: kuzatuvchanlik va diqqatlilik, rivojlangan xotira, ijodiy tasavvur;
rivojlangan mantiqiy tafakkur, murakkab aqliy ishga moyillik, farosat, rivojlangan intuitsiya;
ziyraklik, murakkab vaziyatdan chiqib keta olish.
Ushbu xislatlar insonga avvaldan xos emas. Ularni shakl- lantirish va rivojlantirish davomli va qiyin jarayon, ammo u ichki ishlar organlari kadrining kasbiy shakllanishi uchun zarur va shartdir.
Ushbu xislatlarning kadr shaxsida bo’lmasligi yoki etarli rivojlanmaganligi uning o’z funktsional vazifalarini to’g’ri va aniq bajarishiga xalaqit beradi, shaxsning o’z kasbiga moslasha olmasligi va kasbiy buzilishiga olib keladi. Shu bois ham kadrlarda ushbu xislatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan kasbiy-psixologik tayyorgarlik katta ahamiyat kasb etadi.
|
| |