|
Pedagogika va psixologiya
|
bet | 24/116 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #105241 |
Bog'liq 18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024 5-MAVZU. SHAXSNING SHARTLI KASBIY TUZILMASI.
KASBIY MOTIVATSIYA
Reja
5.1. Shaxsninig shartli kasbiy tuzilmasi
5.2. Ilg’or xorijiy mamlakatlarda kasb tanlashga yo’llash tajribasi.
5.3. Muhandislik psixologiyasida motivlar va ularning mutaxassislar tayyorlashga ta’siri.
5.4. Yoshlarda kasb tanlash va kasb etikasi kategoriyalari
5.1. Shaxsninig shartli kasbiy tuzilmasi
Shaxsning psixologik tuzilishi yetarli darajada o‘rganilmagan. Uning psixologik tuzilishi quyidagi masalalarning hal qilinganligi darajasiga bog‘liq. Bizning davlatimizda bu masala yetarli darajada hal qilingan. Psixolog olimlar shaxsning psixologik tuzilishini quyidagicha talqin qiladilar. Masalan, atoqli rus psixologi S. L. Rubinshteynning fikriga ko‘ra, shaxs psixologiyasi quyidagi tuzilishga ega:
yo‘nalganlik, u ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi;
bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar hayot va faoliyat jarayonida egallanadi;
individual tipologik xususiyatlar temperament, irodada aks etadi.
K. K. Platonov ta’limotiga ko‘ra, shaxs psixologiyasining tuzilishi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Yo‘nalganlik kichik tizimi (ost tuzilish) shaxsning axloqiy qiyofasi va munosabatlarini birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik, ko‘lam (hajm) darajalarini farqlash lozim. Ijtimoiy tajriba kichik tizimi (ost tuzilishi) ta’lim vositasida, shaxsiy tajribada egallangan bilimlar, ko‘nikmalar va odatlarni qamrab oladi. Psixologik aks ettirish shakllari kichik tizimi (ost tuzilishi) ijtimoiy turmush jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlarini o‘z ichiga oladi. Biologik shartlangan kichik tizimi (ost tuzilishi) miyaning morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog‘liq bo‘lgan patologik o‘zgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik xosiyatlarini birlashtiradi. A.G.Kovalev talqiniga ko‘ra, shaxs psixologiyasi quyidagicha tuzilishga ega: yo‘nalganlik voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga o‘zaro ta’sir etuvchi har xil g‘oyaviy va amaliy yo‘nalishlar, qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi. Ustuvor yo‘nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini belgilaydi. Imkoniyatlar shaxs faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta’minlovchi tizim. O‘zaro ta’sir etuvchi va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan turlicha qobiliyatlarni qamrab oladi; iroda ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvorini aniqlaydi. Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo‘ladi. Iroda tizimida irodaviy va ma’naviy sifatlar ajratiladi; mashqlar tizimi hayotiy faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish (korreksiyalash), o‘zini o‘zi nazorat qilish, boshqarishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, inson shaxsining o‘zi endopsixik va ekzopsixik tizimga bo‘linadi, degan fikr ham ilgari surilgan. Shaxs psixologiyasining ichki tuzilishi sifatida endopsixika bamisoli kishining nerv psixik tuzilishiga o‘xshash bo‘lgan inson shaxsining ichki mexanizmi kabi psixik qismlar va funksiyalarning o‘zaro ichki bog‘liqligini ifoda etadi. Ekzopsixikaning tashqi muhitga munosabati, ya’ni shaxs qanday bo‘lmasin, baribir munosabatga kirishishi va shaxsga qarama-qarshi turadigan tizimlarning barchasiga nisbatan munosabati bilan belgilanadi.
Endopsixika moyillik, xotira, tafakkur, xayol, irodaviy zo‘riqish, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik kabi xislatlarni, ekzopsixika esa kishi munosabatlari tizimi va uning tajribasini, qiziqishlarini, moyilliklarini, his-tuyg‘ularini, shakllangan bilimlari va boshqa xususiyatlarini o‘z ichiga oladi. Tabiiy asosdagi endopsixika, ijtimoiy omil bilan belgilanadigan egzopsixikaga qarama-qarshi o‘laroq, biologik jihatlar bilan bog‘liq.
Psixolog olimlarning yuqorida bayon qilgan fikrlarini meto- dologik asos qilib olgan holda, ichki ishlar idoralari xodimlari shaxsining psixologik tuzilishi quyidagilardan iborat deb hisoblash mumkin:
kasbiy yo‘nalganlik xodimning ehtiyojlari, qiziqishlari, e’tiqodlari, faoliyati va xulqining ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarida ifodalanadi;
kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar xodimning hayotiy faoliyati jarayonida egallanadi;
individual tipologik xususiyatlar xodimning temperamenti, irodasi va qobiliyatida aks etadi;
mashqlar tizimi hayotni, faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish (korreksiyalash), o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi boshqarishni ta’minlaydi.
Kasb tanlashga yo’llashning asosiy maqsadi - yosh avlodni ongli va mustaqil ravishda ta’lim yunalishini tanlashiga yoki shaxsning psixofiziologik xususiyatlari, qiziqishi, qobiliyati, moyilliklari va jamiyatning kadrlarga bo’lgan extiyojidan kelib chiqqan holda mehnat qilish sohasini tanlashga tayyorlashdan iborat.
Kasb tanlashga yo’llash quyidagi ikki asosiy vazifani xal qilishga qaratilgan:
- mehnat imkoniyatlarini oqilona taqsimlash va foydalanish xisobiga mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustaxkamlash;
- shaxsni ijtimoiy va iqtisodiy himoyalash, chunki o’z qiziqishlari, moyillik va imkoniyatlariga mos kelgan kasbni tanlagan inson ham kasbiy, ham moddiy jihatdan tezroq uni o’zlashtiradi va sezilarli natijalarga erishadi.
Kasb tanlashga yo’llash ishining pirovard natijasi ijtimoiy - iqtisodiy omil bo’lib, shaxsga ham, davlatga ham real foyda keltiradi.
Kasb tanlashga yo’llashda quyidagi tamoyillar asos qilib olingan:
- kasb tanlashga yo’llash xizmatlarining majmuaviy xarakterdaligi;
- iqtisodiy rivojlanish va mehnat bozorini o’rganish va prognoz kilish orkali jamiyat va shaxs qiziqishlarini muvofiqlashtirish;
- shaxsni kasb tanlashga yo’llash va psixologik-pedagogik tashxis qilish shakli, uslublari va vositalarining ilmiy asoslanganligi;
- O’zbekiston fuqarolarining va (lozim bo’lganda) boshqa davlat fuqarolarining o’qish, ish joyi, yoshi, jinsi, millati va diniy dunyoqarashidan qat’iy nazar kasb tanlashga yo’llash xizmatlaridan foydalanishga teng xuquqligi;
- kasb tanlash yoki almashtirish, ta’lim turi va ishga joylashish imkoniyatlariga nisbatan kasbiy va boshqa axborotlarning tushunarliligi;
- kasbiy tashxis va maslahat berishning ixtiyoriyligi;
- kasbiy tanlov, tashxis va maslahat xulosalarining ob’ektivligi, maxfiyligi va tavsiyaviy xarakterda ekanligi;
- kasb tanlashga yo’llash xizmatlari kadrlarining kasbiy axloq normalariga rioya etishligi.
Kasb tanlashga yo’llash ishlarining asosiy ob’ekti:
- umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1 - 11 sinf o’kuvchilari;
- oliy o’kuv yurtlari talabalari va kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’quvchilari;
- ishdan bo’shashi kutilayotganlar;
- ish qobiliyati cheklangan shaxslar.
|
| |