Pedagogik - psixologik faninio’qitish metodikasi fanining vazifalari




Download 105.45 Kb.
bet3/9
Sana08.05.2023
Hajmi105.45 Kb.
#57417
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Rayhona-1
1 Mavzu Kirish Fanning maqsad va vazifalari va boshqa fanlar b (2), 10 - маъруза (4), fizika amaliy 02, Otaniyozov.O.O-1
Pedagogik - psixologik faninio’qitish metodikasi fanining vazifalari.
1997 yil 29 avgustda O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni qabul qilindi.
Bu qonunda ta’kidlanishicha, ta’limning mazmuni har bir o’sib kelayotgan yosh avlodni hayotiy va dunyoviy demokratik jamiyat baxt – saodati yo’lidagi yuqori unumli mehnatiga barkamol avlod qilib tayyorlash bilan belgilangan.
Ushbu qonun fuharorlarga ta’lim, tarbiya berish, kasb – hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilash va har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga haratilgan.
Ta’limning asosiy mazmunini uning vazifalarida oydinlashtiriladi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bilan bog’liq bo’lgan vazifalar kiradi. Bu vazifalar ichida ilmiy va texnikaviy bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish, ajdodlarimiz qoldirgan tarixiy va madaniy qadriyatlarga hayotning ma’nosi, jamiyatda insonning tutgan o’rni, ta’lim-tarbiyasi, odob-axloqi haqida hikmatli fikrlar borki, ular bugungi xalq ta’limi taraqqiyoti uchun va milliy maktab yaratish borasida yoshlarimizda insonparvarlik, poklik, iymon-e’tiqod, muruvvat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, millatlararo do’stlik munosabatlari, qahramonlik, mardlik singari tuyg’ularni tarbiyalaydi. 3
SHu bilan birga ta’lim-tarbiya muassasalari uchun alohida vazifalar qo’yilgan bo’lib, ularning mazmuni ham «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun bilan mushtarakdir.
Ta’lim muassasalarida beriladigan ma’lumot mazmuni tarixiy xususiyatga ega. Kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida yosh avlodga beriladigan ma’lumot mazmuni, uning hajmi, muayyan ijtimoiy tuzumning iqtisodiy talabi va ehtiyoji, fan-texnika taraqqiyoti darajasi, madaniyati holati bilan belgilanib kelingan. Fan-texnika va texnologiya taraqqiyoti yuqori darajada bo’lgan bugungi kunda ta’lim muassasalarida beriladigan ma’lumot mazmuni o’quvchilarga ilmiy bilimlar berish, ularning faol ijtimoiy faoliyati tashkil etishlari yo’lida ko’nikma va malakalarini shakllantirishni ifodalaydi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim (ma’lumot) ning mazmuni, avvalo, komil inson va malakaviy mutaxassisni tayyorlash jarayoni mazmuni bilan belgilanadi.
Ushbu maqsadni o’zida aks ettirgan ma’lumot mazmuni quyidagi davlat ta’lim standarti, o’quv dasturlari, o’quv rejasi va darsliklar mazmunida namoyon bo’ladi.
Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo’lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo’lib, uning umumiy mohiyatini to’laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqati nazardan pedagogik - psixologik fanlari bilan quyidagi fanlar o’rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:4
1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g’oya, harash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.
2. Iqtisod – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, o’quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.
3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo’lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
4. Etika- shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o’rin tutuvchi nazariy g’oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o’rin tutadi.
5. Estetika – shaxs tomonidan go’zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo’nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.
6. Fiziologiya- o’quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang’ich asoslarni beradi.
7. Gigiyena – o’quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularning jinsiy jihatdan to’g’ri shakllantirishda nazariy va amaliy g’oyalari bilan yordam beradi.
8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.
9. Tarix – pedagogik - psixologik fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogik - psixologiksi g’oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo’naltiriladi.
10. Madaniyatshunoslik – o’quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.
11. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to’g’ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo’layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o’qitish hamda tarbiyalash muammolarini o’rganishda ko’maklashadi.


Download 105.45 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 105.45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik - psixologik faninio’qitish metodikasi fanining vazifalari

Download 105.45 Kb.